Termiz Davlat Unversitetining Pedagogika Institutining Aniq va tabiiy fanlar fakulteti “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi
“Informatika o’qitish metodikasi” yo’nalishi
301-GURUH TALABASI
O’roqov Orifning
Malakaviy pedagogik amaliyotdan
H I S O B O T I
Men 3-bosqich Informatika o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi 301-guruh talabasi O’roqov Orif 2024-yil 4-apreldan 15-maygacha Termiz shahar xalq ta’lim bo’limiga qarashli 13-sonli umumiy ta’lim maktabida malakaviy pedagogik amaliyotida bo’ldim.
Fakultetimiz dekani va kafedramiz o’qituvchilari ___________________ tomonidan 3-bosqich talabalariga malaka amaliyoti haqida tushuntirish berishdi.Har bir talaba shartnoma asosida buyrug’i chiqqan maktabga amaliyotini o’tash haqida aytildi.
Termiz shahridagi xalq ta’lim bo’limiga qarashli 13-sonli umumiy ta’lim maktabiga malakaviy pedagogik amaliyotini oldim. 4-apreldan boshlab Termiz shahridagi xalq ta’lim bo’limiga qarashli 13-sonli umumiy ta’lim maktabiga malakaviy pedagogik amaliyotini o’tash uchun bordim. Maktab direktori D.R.To’rayeva 1-o’rinda maktab tarixi, qachon tashkil topganligi, maktabda 200 dan ortiq pedagogik xodimlar, 50 dan ortiq jamoat tashkilotchilari va ishchi xodimlar faoliyat yuritishi shuning bilan birgalikda, meni maktabdagi tartib-qoida bilan tanishtirdi va bo’lajak o’qituvchi amal qilishi kerak bo’lgan jarayonlarni tushuntirib berdilar. Bundan tashqari menga ta’lim jarayonlarini, dars o’tishni yaqindan o’rganishim uchun S.Q. Allasheva maktab amaliyot rahabari etib tayinlandi.
Men amaliyotning birinchi kuni maktabga bordim. Men u yerda maktabdagi amaliyot rahbarim S.Q. Allasheva bilan birgalikda menga biriktirilgan 6-“A” sinf bilan tanishdik va amaliyot jarayonida sinf o’quvchilari bilan ishlab, ularning dars jarayonlarini tahlil qilib kuzatdim va kerarlicha bilim ko’nikma hosil qildim.
Dars jarayonini to’g’ri tashkil etishga va bollarni darsga qiziqtirib yangi mavzuni zamonaviy ped texnologiyalar asosida o’tish va o’quvchilarga tushunarli qilib yoritib berish, o’quvchilarga to’g’ri yo’nalish berish haqida ham o’z ko’rsatmalarini berdi. Amaliyotning birinchi haftasida tashkiliy ishlar bilan shug’ullandim ma’naviyat va ma’rifat bo’yicha S.Q. Allasheva o’qituvchi ko’magida tadbir rejalari tuzish va o’quvchilar bilan birgalikda ishlash tamoillarini o’rganib chiqdim. Kundalik va tahlil daftarga dars jarayonini va qilingan ishlarni yozib ketish haqida ham tushuncha berildi.
Malakaviy pedagoglarning dars jarayoniga kirib dars o’tish texnologiyasi, bola bilan ishlash texnologiyasini o’rgandim va dars jarayonini tahlil qildim.Informatika o’qituvchilari Xolto’rayeva Ruqiya va Nuraliyeva Faridalarning dars o’tish jarayonlarini kuzatdim va dars davomida keraklicha bilim ko’nikmaga ega bo’ldim, AKT lari va xona ko’rgazmali qurrollar bilan boy etilgan,dars davlat ta’lim standartlari asosida olib borildi, vaqt taqsimoti me’yorda. Amaliyotning birinchi haftasida dasturda belgilangann tadbirlarni to`liq bajardim.
Amaliyot davrida S.Q. Allasheva ustoz ko’magida “bir million dasturchi” loyihasida ishlashni o’rgandim, o’quvchilar bilan bu dastur bo’yicha ishladik, amaliyotning so’ngi kunlarida “bir million dasturchi” loyihasi bo’yicha sertifikat ham oldim, bundan ustozlarim ham men ham xursand bo’ldik.
Amaliyotning uchinchi haftasida 6-sinflarga informatika darsidan ochiq dars tashkil qildim. Ochiq dars mavzusi “Trigonometrik ayniyatlar” ochiq darsni tahlil qilish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari matematika fan o’qituvchilari ________________va Informatika fan o’qituvchisi ______________ ustozlar kirishdi.Ochiq dars boshlandi.
Bugungi ochiq darsda sinf o’quvchilarini ____ guruhga bo’lib oldim va darsni o’tishda “charxpalak ”, “sirli maktub ”, “sehrli tayoqcha” metodlardan keng foydalandim. “CHarxpalak” metodida har bir guruhdan bittadan o’quvchiga trigonometric ayniyatdan berdim. Ayniyatlarni isbotlashga 2 daqiqa vaqt berdim, o’quvchilar ayniyatlarni isbotlab bo’lgandan so’ng soat strelkasi bo’yicha aylanadilar va bir- birlarining isbotlagan ayniyatlarini tekshiradilar.To’g’ri ishlagan guruhga “rag’bat ” xato ishlagan jamoaga “jarima ” berildi.
Undan so’ng “sirli maktub” va “sehrli tayoqcha” metodlaridan foydalanib guruhlarni baholadim. Shu bilan bir soatlik ochiq darsimiz tugadi.Dars yakunida o’qituvchilar darsda erishgan yutuq va kamchiliklarim haqida gapirdi.
2021-yil 8-may kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahar xalq ta’lim bo’limiga qarashli ____-sonli umumiy ta’lim maktabida o’tkazilgan 9-May “XOTIRA VA QADRLASH KUNI” munosabati bilan “G’alabaning 76 yilligi ” tadbirini Surxondaryo viloyati MILLIY GVARDIYA bosh qo’mondoni tadbirni ochib berdi va bayram bilan tabrikladi, so’ng tadbirda so’z navbati maktab direktoriga berildi, tadbir qatnashchilarini tabrikladi va tadbirni ochiq deb e’lon qildi.
Shu yo’sinda bizning bir yarim oylik malakaviy pedagogik amaliyotimiz ham o’z yakunini topdi.
XULOSA:
Men bir yarim oylik malakaviy pedagogik amaliyoti davrimda maktab ichki qonun, tartib bilan yaqindan tanishdim va o’qituvchilik kasbi qanchalik sharafli va masuliyatli ekanligini anglab yetdim.Xalqimizda “Ustoz otandek ulug’ ” degan hikmatli naql bejizga aytilmagan ekan.Dunyoda kasblar ko’p, ammo ularni ichida eng ulug’ va sharaflisi o’qituvchilikdir.Maktab jamoasi juda axil va inoq, shu o’rinda ustoz shogird an’anasi hali hamon o’z kuchida.O’quvchilarni har doim maktab formasida, dars jarayonlarini kuzatib ota-onalari bilan hamkorlik yo’lga qo’yilgan.Maktabda barcha fanlardan to’garaklar , har xil fanklar aro musobaqalar, sport musobaqalari ham tez-tez o’tqazilib turar ekan.
Amaliyot rahbari: _____ ______________________
(imzo)
Amaliyotchi: _____ ______________________
(imzo)
Do'stlaringiz bilan baham: |