Informatika o’qitish metodikasi fan: Informatikani o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish


Informatika ta’limida oʻquvchilar bilish faoliyatini faollashtirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish



Download 118,85 Kb.
bet2/2
Sana20.06.2022
Hajmi118,85 Kb.
#683177
1   2
Bog'liq
Laboratoriya3.Boltayeva

Informatika ta’limida oʻquvchilar bilish faoliyatini faollashtirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish.
1. Pedagogik innovatsiya quyidagi tamoyillarga asoslanadi: - ta`lim-tarbiyaning yagona tizimdan iborat ekanligi, undagi uzluksiz ta`lim tizimi va tarkibining yaxlitligi, birligi hamda bir-biri bilan uzviy bog’langanligi; - ta`lim-tarbiya jarayonini olib borishda optimal variantlarni topishga erishish; - zamonaviylik, ya’ni ta`lim-tarbiya uslubiyatini zamonaviy fan-texnika yutuqlari bilan boyitib borish; - ilmiylik, ya’ni ta`lim-tarbiya tizimini muntazam ravishda rivojlantirib borish maqsadida uzluksiz ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar olib borish; - moddiy-texnika bazani zamon talabi asosida yaratish, pedagogik jarayonda axborotlashtirish muhitiga e`tibor berish; - axborot texnologiyalari va texnikalaridan foydalanish samaradorligini oshiruvchi elektron darslik va oʻquv qoʻllanmalarini ishlab chiqish, shuningdek masofaviy ta`lim va “Internet” dan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish; - talabalar bilimini baholashni avtomatlashtirish hamda bilim monitoringini muntazam ravishda nazorat qilib borish va shu kabilar. Pedagogik innovatsiyani rivojlantirish mexanizmlari: - ta`lim muassasasida ijodiy muhit yaratish, bu boradagi tadbirkorlik va tashabbuskorlikni qoʻllab-quvvatlash; - ta`lim innovatsiyalari boʻyicha olib borilayotgan izlanishlarga shartsharoitlar yaratish va ularning ommaviy tatbig’iga koʻmaklashish; - ilmiy – izlanuvchanlikni rag’batlantirish, tanlovlar oʻtkazish hamda ularni iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash; - istiqbolli ishlanmalarni, samarali ta`lim uslublari, shakllari, yoʻllarini uzluksiz ta`lim tizimiga kiritishga koʻmaklashish, yangiliklarni muvofiqlashtirish, toʻplash va shu kabilar. Pedagogik innovatsiyalarni hayotga tadbiq etishning tashkiliy asoslari: - pedagogik innovatsiyalarni yig’ishda innovatsiyalar boʻyicha aniq ma`lumotlar bazasini tashkil qilish va ta`lim-tarbiya sohasining me`yoriy hujjatlari boʻyicha ma`lumotlar omborini yaratiladi; - pedagogik innovatsiyani tanlashda quyidagtlarga e`tibor beriladi: pedagogik innovatsiyaning pedagogik samaradorligini muntazam ravishda oʻrganib, tahlil qilib borish; - pedagogik innovatsiya boʻyicha tajriba-sinov ishlarini tahlil qilib borish, umumlashtirish. Ommalashtirishlar boʻyicha tavsiyalar tayyorlash; - pedagogik innovatsiyani joriy qilishda uni joriy etish jarayonini muntazam ravishda kuzatib borish, pedagogik innovatsiyaning rivojlanish mexanizmlariga alohida e`tibor berish va shu kabilar. Pedagogik innovatsiyadan foydalanishga uslubiy tavsiyalar: - ta`lim-tarbiya sohasidagi davlat me`yoriy hujjatlariga e`tibor berish; - pedagogik innovatsiya sohasidagi ma`lumotlarni toʻplash, saqlash, qayta ishlash va uzatishga tayyorlash orqali axborot holiga keltirish; - pedagogik innovatsiyaning joriy etilishi boʻyicha axborot tizimini yaratish; - pedagogik innovatsiya boʻyicha kompyuter tarmog’ida saytlar ochish va undan foydalanish koʻlamini kengaytirish va h.k. Pedagogik innovatsiyalarni joriy etishda boʻlajak oʻqituvchilarda shakllanadigan innovatsion xislatlar: - talabaning ijodkorligi xislati, bunga talaba oʻzining intellektual qobiliyati hamda muntazam ravishda oʻz ustida ishlashi orqali erishadi; - talabaning kompyuter savodxonligi va axborot madaniyati yuksakligi hislati; - talabaning yangilikni joriy etishdagi faoliyatni oxirigacha yetkaza olish hislati; - talabaning innovatsion faoliyatda ilg’or boʻlish xislati; - talaba shaxsining g’ayrat-shijoatlik xislati; - yetakchi kasbiy pedagogik mahoratga ega boʻla olishlik mahorati. Bu qayd etilgan pedagogik innovatsiyani ishlab chiqish joriy etishning zaruriy ketma-ketligini amalga oshirish orqali ta`lim tizimida sezilarli sifat oʻzgarishlariga va yuqori samaradorlikka erishiladi. Albatta bu zaruriy ketma-ketlikni amalga oshirish borasida keng miqyosda katta ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishi mumkin. Ta`lim jarayoniga pedagogik innovatsiyalarni ishlab chiqish va qoʻllash yaqin oʻttiz yillik tarixga ega. Bu davrda rivojlangan xorijiy davlatlarda yangi pedagogik texnologiyalar, yangi axborot texnologiyalari ishlab chiqildi. Bu borada respublikamizda ham sezilarli ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida ham yuqorida qayd etilgan pedagogik innovatsiyalarni ishlab chiqish joriy etishning zaruriy ketma-ketligi boʻyicha diqqatga sazovor ishlar qilinmoqda. Jumladan, oliy ta’lim muassasalarida “Innovatsion uslublarni yaratish va joriy etish markazi” tashkil etilgan. Uning tarkibida quyidagi boʻlimlar mavjud: - innovatsion uslublar ishlab chiqish, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosidagi ilg’or pedpgogik texnologiyalarni va ijodkor oʻqituvchilar ish tajribalarini oʻrganish, ularni toʻplash va ommalashtirish boʻlimi; - iqtidorli talabalar bilan ishlash boʻlimi; - pedagogik innovatsiyalar asosidagi oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni tayyorlash va nashr qildirish boʻlimi va shu kabilar. Demak, pedagogik innovatsiyalar keng qamrovli, koʻp qirrali, murakkab va ijodiy tashkiliy-pedagogik faoliyat boʻlib, uning yordamida ta`lim-tarbiya jarayonining istiqbolli va samarali uslubiyatini yaratish mumkin hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da qayd etilgan raqobatbardosh zamonaviy mutaxassislarni tayyorlashni kafolatlaydi. *Maqsad: Ta`lim texnologiyalari va uning tashkil etuvchilaritoʻg’risidagima`lumotlarni tushunish. *Vazifalar: - boʻlajak oʻqituvchilarda ta`lim texnologiyalari va uningtashkil etuvchilari haqidagi koʻnikmalarini shakllantirish; - muammolarni maqsad, vazifa va fanning mazmuni boʻyichaumumlashtirish; - bilimlarni tekshirish va mustaxkamlash. *Mazmun: talabalarning egallashi lozim boʻlgan bilim. Oʻqituvchi 2. Darsni tashkil etish bosqichi: Uslub: Og’zaki bayon qilish. Shakl: ma`ruza mashg’uloti, kichik guruhlar va jamoadaishlash. Vosita: tarqatma va taqdimot materiallari. Usul: tayyor yozma materiallar. Nazorat: og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish. Baholash: rag’batlantirish, reyting tizimi asosida baholash. Oʻqituvchi 3. Mustaqil ishlash bosqichi: - munozara, aqliy hujum,mikroguruhda ishlash va boshqa metodlar orqali nazorattopshiriqlarini yechishga yoʻnaltiriladi. - talabalar nazorat topshiriqlarini hal qilish toʻg’risidagifikrlarini oʻzaro muhokama qilishadi. - oʻzi va mikroguruh uchun yagona javobni tanlaydi. Talaba 4. Natijalarni eshitish va tahlil qilish bosqichi: - talabalar va mikroguruh fikri tinglanadi, ulargaaniqlashtiruvchi savollar beriladi. - mikroguruhlarning javoblari toʻg’risida talabalar fikrianiqlanadi. - javoblar tahlil etiladi. Oʻqituvchi -Talaba 5. Yakuniy va baholash bosqichi: - talabalarning berganjavoblaridan koʻpchilik fikriga mos kelgani alohida ajratibolinadi; - talabalarning nazorat topshiriqlarini yechishdagi faolligi,intilishlari hisobga olingan holda amaldagi reyting tizimiorqali baholanadi; - yakuniy fikr aytiladi; - mustaqil ish topshiriqlari beriladi. Oʻqituvchi 1-asosiy savol boʻyicha darsning maqsadi: Ta`lim texnologiyalari va uning tashkil etuvchilari tushunchalarini talabalarda shakllantirish. Identiv oʻquv maqsadlari: 1. Ta`lim texnologiyalari toʻg’risidagi tushunchalarga ega boʻladilar. 2. Ta`lim texnologiyalari toʻg’risidagi tushunchalarni farqlay oladilar. 1-asosiy savol bayoni: Zamonaviy ta`lim tizimi, fan-texnika taraqqiyoti, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish va uning kelajagini belgilab borishdagi kishilar intellektual salohiyati haqidagi axborot bilan muntazam ravishdaboyitib borishni talab etmoqda. Bugungi kunda ta`lim metodlari, usullari va texnologiyalari zamon bilan hamnafas boʻlib kengayib bormoqda. Bu borada dastlab ta`limni axborotlashtirish va texnologiyalashtirishga oid ba`zi tushunchalarga qisqacha izoh beraylik. Usul – nazariyada olgan bilimni amaliy ahamiyatga ega boʻlgan muammoni hal qilishdagi ishlatish yoʻli. Oʻrganiladigan fanning xususiyatiga qarab usullar turli xil koʻrinishda boʻladi. Uslubiyat – oʻquv jarayonini toʻg’ri tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar majmuasidir. Metod – biror jarayondagi nazariya va amaliy bilimlar sohasini egallashga yoʻnaltirilgan harakatlar, usullar majmuasidan iborat. Metodologiya – metodlar haqidagi ta`limot. Metodologiya muayyan fan uchun ilmiy bilish nazariyasini ifodalovchi ta`limotdir. Ta`lim metodikasi – aniq bir oʻquv predmetini oʻqitishga mos qonun, qoida, metod va uslublar majmuasidir. Bu ta`lim jarayonida oʻqituvchi va talaba faoliyati uyg’unligini ta`minlovchi pedagogik faoliyatdir. “Texnologiya” – yunoncha ikki soʻzdan – “texnos” (techne) – mahorat, san`atva “logos” (logos) – fan, ta`limot soʻzlaridan tashkil topgan. Texnologiya soʻzi zamirida rejalashtirilgan jarayonlarni amalga oshirish usul va vositalari haqidagi bilimlar yig’indisi, shuningdek manbada sodir boʻladigan sifat oʻzgarishlari mujassamlashgan boʻladi. Ta`lim texnologiyalarini tadqiq etishda avvalo, quyidagilarga e`tibor berishlozim: - rejalashtirilgan ta`lim texnologiyasiga ijtimoiy - pedagogik asoslar nimalardan iboratligini aniqlash; - ta`lim texnologiyasining jarayon sifatida bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan qat`iy ketma-ketligi mavjudmi, ularning funktsional tuzilmasi nimalardan iboratligini belgilash; - bu texnologiya bugungi kun talabiga va jahon ta`limi talablariga mos kelishligini oʻrganib chiqish; - ta`lim texnologiyasining maqsadini oʻrganilayotgan oʻquv predmetining maqsadlari bilan mos keltirish. Bunda joriy va oraliq natijalar muntazam ravishda nazorat qilinib boriladi va shu yoʻsinda ta`lim jarayoni boshqariladi. Agar rejalashtirilgan maqsad bilan olingan natijabir-biriga mos tushsa, pedagogik jarayon oxiriga etgan hisoblanadi, ya`ni pedagogik texnologiya jarayoni tugallangan deyiladi. Pedagogik texnologiyaning bosh muammosi talaba (oʻquvchi) shaxsini rivojlantirish yoʻli bilan oʻqitishga qoʻyilgan maqsadga erishishdan iborat. Pedagogik texnologiyaga YUNESKO ta`rifi: - Pedagogik texnologiya ta`lim berish va oʻzlashtirish usullarini yaratish, qoʻllash, ularni yagona tizimga keltirish yoʻli bilan inson salohiyati va texnik vositalarining barcha imkoniyatlaridan muvofiq foydalanib, bilimlar oʻzlashtirilishining eng maqbul jarayonidir. Ta`rifdan koʻrinib turibdiki, pedagogik texnologiya asosan tizimli yondashuvdan iborat boʻlib, pedagogik tadqiqotlarda “tizimiy yondashuv“ tadqiqot usuli boshqa yondashuvlardan keskin farq qiladi va manbani har tamonlama chuqur oʻrganish imkonini beradi. Ta`lim texnologiyalarini oʻquv jarayoniga joriy etishning dolzarbligi quyidagi beshta shartlarning barcha talablariga javob beradigan ta`limiy tadbirdir: - “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” maqsadi va vazifalarini roʻyobga chiqarish uchunta`limni jadallashtirish zarurligi; - ta`lim-tarbiya jarayonida oʻqituvchi va oʻquvchi rolini oʻzgartirish zarurligi; - fan-texnika taraqqiyotining oʻta rivojlanganligi natijasida axborotlarning keskinkoʻpayib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi; - kishilik jamiyati oʻz taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega boʻlgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga oʻtib borayotganligi; - barkamol avlodni tarbiyalash talabi ularga eng ilg’or bilim berish usuli hisoblangan ob`ektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishi. Oʻzbekistonlik pedagog-olim L. V. Golish ta`lim texnologiyasini quyidagicha ifodalab bergan: “Ta`lim texnologiyasi – pedagogik texnologiyaning ilmiy aspektini belgilash uchun ishlatiladi. Bu, texnik va inson resurslarini hamda ularni, oʻz oldiga ta`lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qoʻyuvchi hamkorligini hisobga olgan holda dars berish va bilimlarni oʻzlashtirishning barcha jarayonlarini yaratish, qoʻllash va belgilashning tizimli usuli”. Ta`lim texnologiyasi tushunchasi oʻqitish va oʻrganish jarayoniga tizim sifatida qarashni anglatar ekan, avvalo tizim tushunchasini tushunib olish zarur. 2-asosiy savol boʻyicha darsning maqsadi: Tizim va tizimiy yondashuv tushunchalarini talabalarda shakllantirish. Identiv oʻquv maqsadlari: 1. Tizim va tizimiy yondashuv toʻg’risidagi tushunchalarga ega boʻladilar. 2. Ta`lim texnologiyalari toʻg’risidagi tushunchalarni farqlay oladilar. 2-asosiy savol bayoni: Tizim deb, tartiblangan, oʻzaro uzviy bog’langan va birgalikda umumiy funktsiyani bajaruvchi elementlar toʻplamiga aytiladi. Umuman olganda tizim tushunchasi “element” , “aloqadorlik”, “bir butunlik”, “yaxlitlik”, “birlik”, “ierarxiya”, “elementlar oʻrtasidagi aloqadorlik qonuniyatlari” va shu kabi terminlar (tushunchalar) bilan bog’liq holda ifodalanadi. Tizimning tashkil etilishi, uning elementlari va qism tizimlari hamda ulardagi umumiy qonuniyatlar asosida olib boriladi va ob`ektlar (qism tizimlar va elementlar) yagona tizim sifatida ishlaydi. Bunday jarayonlar mazmun - mohiyat jihatidan ierarxik tizimni tashkil etadi. Qism tizim – yagona yaxlit tizim va uning funktsional vazifasi boʻyicha qoʻyilgan maqsad yechimi sari yoʻnaltirilgan oʻzaro bog’langan elementlar majmuasi. Ierarxik tizim – u ixtiyoriy tabiatli ( texnik, iqtisodiy, biologik, ijtimoiy, texnologik, metodologik va h.k.) tizim boʻlib, uning amal qilish jarayoni (funktsional vazifasi) koʻp bosqichli tuzilmadan iborat boʻladi. Demak, tizimlar elementlar va qism tizimlardan hamda ular boʻyicha umumiy qonuniyat asosida ierarxik (koʻp bosqichli) holatda tashkil topar ekan. Tizimlarning bunday tashkil etilishida uning elementlari soni koʻpayib yoki kamayib borishi mumkin. Tarkibidagi elementlar sonini koʻpaytirish yoki kamaytirish boʻlganda ham tizimning maqsad-vazifasi (funktsional vazifasi)ni oʻzgartirmay saqlab qola olgan tizimga ochiq tizim deb ataladi. Tizimiy yondashuv tadqiqot usulini qoʻllash samarasini aniqlashda uning tizim va tizim elementlarining manbani nechog’liq toʻliq ifodalanganligiga bog’liq boʻladi, chunki tizim elementlari, qism tizimlar va ular orasidagi uzviy aloqadorliklar ham dinamik oʻzgarishlar asosida – yaxlit tizim hosil boʻladi. Tizimiy yondashuv (TYo) – ilmiy bilishdagi metodologik yoʻnalish boʻlib, umanbani tizim sifatida oʻrganadi va tadqiqotchiga tizim maqsad – mazmunini ifodalash imkoniyatini hamda elementlar va qism tizimlar orasidagi turli bog’lanishlardan bitta maqsad sari foydalanishga sharoitini beradi. Uzluksiz ta`lim tizimiga qoʻyilgan bugungi talab TYo tadqiqot usulini qoʻllashda quyidagi asoslarga tayanish lozimligini koʻrsatmoqda: - oʻrganilayotgan manba boʻyicha nazariy va amaliy ma`lumotlar bankini tayyorlash; - tayyorlangan ma`lumotlar bankini ta`lim texnologiyasi va maqsadiga qarab tizimlarga ajratish; - TYo ning manbaga nisbatan maqsadini aniqlash; - TYo tuzilishiga qarab elementlar va qism tizimlarni aniqlab chiqish; - TYo vazifasini aniqlash; - TYo yordamida oʻqitishga koʻrsatma va uslubiy tavsiyalar tayyorlash; - olingan natijalarni baholash mezonini ishlab chiqish; - maqsadga erishganlik darajasini aniqlash mezonini ishlab chiqish; - TYo yordamida ta`limni boshqarish toʻg’risida xulosa chiqarish va metodologiyadanamaliyotda foydalanishga tavsiyalar tizimini tayyorlash. Tizimiy yondashuv tadqiqot usuli “elementlar – qism tizimlar – tizim” aloqadorligidagi ma`lumotlar bilan ish koʻradi. Bunday koʻrinishdagi ishlarni bajarish esa ma`lumki, ma`lumotlarni qayta ishlash bilan bog’liq boʻlib, juda katta hajmdagi ma`lumotlar va ularning turli koʻrinishdagi bog’lanishlarni e`tiborga olishga toʻg’ri keladi. Bunday hollarda tadqiqotchiga kompyuterlashtirishdan foydalanish yuqori samaralar beradi. Tizimning faoliyati uni tashkil etuvchi har bir elementga va oʻz navbatida har bir element bir – biriga chambarchas bogʻliq. Bundan shunday xulosa kelib chiqadi. Ta`lim jarayonini bir tizim deb qaralsa, uning tashkil etuvchilari, yani elementlariga quyidagilar kiradi: ta`lim maqsadi, oʻquvmaqsadlari (kutilayotgan natijalar), ta`lim beruvchi, tahsil oluvchi, ta`lim mazmuni, ta`lim metodi, ta`lim shakli, ta`lim vositalari, nazorat va baholash. Ta`lim jarayonini loyihalashtirishda yuqorida sanab oʻtilgan elementlardan birortasi e`tibordan chetda qolsa yoki notoʻg’ri tanlangan boʻlsa tizim ishlamaydi, demakki, ta`lim jarayoni oldiga qoʻyilgan maqsadga erishilmaydi. 1-asosiy savol boʻyicha darsning maqsadi: Oʻqitishda YaPT ni qoʻllashning samaradorligini aniqlash mezonlari tushunchalarini talabalarda shakllantirish. Identiv oʻquv maqsadlari: 1. Talabalar oʻqitishda YaPT ni qoʻllashning samaradorligini aniqlash mezonlari toʻg’risidagi tushunchalarga ega boʻladilar. 2. Talabalar oʻqitishda YaPT ni qoʻllashning samaradorligini aniqlash mezonlari toʻg’risidagi tushunchalarni farqlay oladilar. 1-asosiy savol bayoni: Ta`limni texnologiyalashtirishning asosini, ta`lim jarayonini, uning samaradorligini oshirish va ta`lim oluvchilarni, berilgan sharoitlarda va ajratilgan vaqt ichida loyihalashtirilayotgan oʻquv natijalarga erishishlarini kafolatlash maqsadida toʻliq boshqarish g’oyasi tashkil etadi. Bunday yondashishning mohiyati, ta`lim jarayonini tizimlashtirishdan – uni, aniq rasmiylashtirilgan va detallari boʻyicha aniq elementlarga boʻlib tashlash yordamida maksimal shakllantirishdan iborat. Oʻqituvchining dars jarayonida YaPT larni qoʻllashdagi ta`lim samaradorligini aniqlash ta`limni toʻg’ri olib borayotganligi baholashda muhim omil boʻlib hisoblanadi. Shu sababli oʻqitishda YaPT ni qoʻllashning samaradorligini aniqlash mezonlarini keltirib oʻtamiz. Bunda birinchi navbatda quyidagicha dars bloklarining maqsadi va vazifalari qaraladi.
1. Dars bloklari maqsadi va vazifalari toʻg’ri aniqlanganligi. Bunda asosan gumanitar va ijtimoiy fanlar bloki, matematik va tabiiyilmiyfanlar bloki, umumkasbiy fanlar bloki, maxsus fanlar bloki va qoʻshimcha fanlar bloklaridagi oʻquv fanlari mazmuniga qoʻyilgan umumiy talablarga e`tibor beriladi.
2. Dars bloklariga qoʻyilgan maqsad va vazifalarni tanlab olingan oʻqitish metodlariga mosligi aniqlanadi. Bunda mavjud YaPT va yaratilishi lozim boʻlgan YaPTlar oʻrganiladigan fanlar bloklariga qoʻyilgan maqsad va vazifalarga mos boʻlib, tayyorlangan mutaxassislarning kasbiy faoliyatini takomillashtirishga moʻljallangan boʻlmog’i kerak.
3. Ta`lim berish jarayonida tarbiyani ham amalga oshirilishi koʻzdatutiladi. Bunda ta`lim va tarbiya uyg’unligiga e`tibor beriladi. Ayniqsa, boʻlajak mutaxassislarning kasbiy fazilatlarini shakllantirish hamda amaliy faoliyatga tayyorlash ta`lim berish jarayoninig asosiy omillaridan biri boʻlmog’i lozim, aks holda ta`limdaham tarbiyada ham yuqori samaradorlikka erishib boʻlmaydi.
4. Mavzuni yoritishda ma`naviy-ahloqiy tarbiyaga e`tibor berish. Bunda har qanday fanni oʻqitishda milliy-ma`naviy qadriyatlarni talabalar ongiga singdirishga e`tibor berish lozim.
5. Darsda YaPT ni qoʻllash jarayonida foydalaniladigan metod vavositalarning xilma-xilligi hamda ular ichidan samaralisini tanlash. Bunda oʻrganilayotgan fan(mavzu) xususiyati asosiy rolni oʻynaydi. Fan (mavzu) mazmuni va oʻqitish jarayoniga mos YaPT lar toʻplanadi va ular ichidan pedagogik samarani kafolatlovchisi tanlab olinadi. Tanlash muammosi oʻrganilayotgan fan (mavzu) va ta`lim oluvchilarga mos qilib tanlanadi. Aks holda eng samarali hisoblangan YaPT ham ta`lim oluvchining intellektual salohiyatiga mos kelmasa ahamiyatsiz boʻlib qolaveradi.
6. Ta`lim oluvchilarni mustaqil ravishda bilim olishga oʻrgatish. Bunda oʻquv rejasidagi mustaqil ta`lim va mustaqil ishlarga hamda ularning oʻquv uslubiy ta`minotiga qat`iy e`tibor berilishi lozim. Ayniqsa mustaqil ta`lim olishda talabalarga ta`limning oʻquv – axborotli ta`minoti qoʻl keladi. Oʻquvaxborotli ta`minotni har bir fan(mavzuga mos holda tayyorlash mumkin va ulardan foydalanishga talabalarning EHM bilan muloqoti ta`minlanadi.
7. Ta`limning faol usullarini tanlash koʻnikmasiga egalik darajasi. Bunda ta`limning faol samarali usullari tadqiqot manbai va maqsadiga mostanlanadi hamda shu asosidagi YaPT joriy etilib, rejalashtirilgan natijaga erishishning optimal varianti kafolatlanadi.
8. Ta`lim jarayonida dunyoviy bilim asoslarini tadbiq qila olishi. Bunda har qanday fanni oʻqitishda ham dunyoviy va diniy ilm natijalaridan foydalanish mumkin. Ular ta`limda ijobiy sifat oʻzgarishlari qilib, yuqori samaradorlikka erishishni kafolatlaydi. Ayniqsa Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan qousiy olimlarimiz bugungi kunda Er kurrasidan tortib Samogacha ma`lum va mashhurdir, ya`ni ulug’ allomalarimiz Al-Farg’oniy va Mirzo Ulug’beklar nomiga osmondagi yulduzlardan ikkitasining nomi qoʻyilgan. 2-asosiy savol boʻyicha darsning maqsadi: Talabalarning mustaqil va ijodiy fikrlashida bilimning shakllanganligini aniqlash tushunchalarini talabalarda shakllantirish. Identiv oʻquv maqsadlari: 1. Talabalarning mustaqil va ijodiy fikrlashida bilimning shakllanganligini aniqlash toʻg’risidagi tushunchalarga ega boʻladilar. 2. Talabalarning mustaqil va ijodiy fikrlashida bilimning shakllanganligini aniqlash toʻg’risidagi tushunchalarni farqlay oladilar. 2-asosiy savol bayoni: Ikkinchi navbatda talabalarning mustaqil va ijodiy fikrlashida bilimning shakllanganligi quyidagi tartibda aniqlanadi:
Mustaqil ish topshiriqlari.
1. YaPT larni qoʻllashda oʻqituvchilarning tayyorgarlik darajasiga qoʻyilgan talablar haqida xulosalaringizni yozing.
2. Ta`lim oluvchilarning axborot madaniyatini shakllanganlik darajasini aniqlash mezonlariga doir ma`lumotlar toʻplang . 1. “Innovatsion texnologiyalar” tushunchalari. 2. Darsning texnologik xaritasi tushunchalari. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: innovatsiya, interfaol uslublar (innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari), oʻquv jarayonini texnologiyalashtirish, yangi pedagogik texnologiya yoʻnalishi, oʻqitishning interfaol uslubiyatlari, darsning texnologik xaritasi Mashg’ulotning tafsiloti: Mashg’ulot bosqichlari vaqt mashg’ulot mazmuni metod kirish 5 daqiqa 10 daqiqa Mashg’ulot mavzusi, maqsadi, 1.1. “Innovatsion texnologiyalar”tushunchasi mazmunini ochib bera oladi. 1.2. “Innovatsion texnologiyalar”tushunchalarini farqlay oladi. 1-asosiy savolning bayoni: “Innovatsion texnologiyalar”tushunchasi. Shu vaqtgacha an`anaviy ta`limda talaba(yoki oʻquvchi)larni faqat tayyor bilimlarni egallashga oʻrgatib kelingan edi. Bunday usul talaba(yoki oʻquvchi)larda mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, tashabbuskorlikni soʻndirar edi. Hozirgi kunda ta`lim jarayonida interfaol uslublar (innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta`limning samaradorligini koʻtarishga boʻlgan qiziqish, e`tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qoʻllanilgan mashg’ulotlar talaba(yoki oʻquvchi)lar egallayotgan bilimlarni oʻzlariqidirib topishlariga, mustaqil oʻrganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham oʻzlarikeltirib chiqarishlariga qaratilgan. Oʻqituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan birqatorda, boshqaruvchilik, yoʻnaltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday oʻquvjarayonida talaba(yoki oʻquvchi) asosiy figuraga aylanadi. Pedagog – olimlarning yillar davomida ta`lim tizimida Nega oʻqitamiz? Nimani oʻqitamiz? Qanday oʻqitamiz? savollariga javob izlash bilan bir qatorda Qanday qilib samarali va natijali oʻqitish mumkin? – degan savoliga ham javob qidirdilar. Bu esa, olim va amaliyotchilarni oʻquv jarayonini texnologiyalashtirishga, ya`ni oʻqitishni ishlab – chiqarishga oid aniq kafolatlangan natija beradigan texnologik jarayonga aylantirishga urinib koʻrish mumkin, degan fikrga olib keladi. Bunday fikrning tug’ilishi pedagogika fanida yangi pedagogik texnologiya yoʻnalishini yuzaga keltiradi. Bugungi kunda ta`lim muassasalarining oʻquv-tarbiyaviy jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishga alohida e`tibor berilayotganining asosiy sababi quyidagilardir: Birinchidan, pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta`limni amalga oshirish imkoniyatining kengligida. “Ta`lim toʻg’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da rivojlantiruvchi ta`limni amalga oshirish masalasiga alohida e`tibor qaratilgan. Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar oʻquv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi. Uchinchidan, pedagogik texnologiya oʻqituvchini ta`lim-tarbiya jarayoninig maqsadlaridan boshlab, tashhis tizimini tuzish va bu jarayon kyechishini nazorat qilishgacha boʻlgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi. Toʻrtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qoʻllashga asoslanganligi sababli, ularning qoʻllanilishi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini amalga oshirishni ta`minlaydi. Oʻquv - tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning toʻg’ri joriy etilishi oʻqituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa talaba (yoki oʻquvchi)dan koʻproq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi. Har qanday pedagogik texnologiyaning oʻquv-tarbiya jarayonida qoʻllanilishi shaxsiy xarakterdan kelib chiqqan holda, talaba(yoki oʻquvchi)ni kim oʻqitayotganligi va oʻqituvchi kimni oʻqitayotganiga bog’liq. Pedagogik texnologiya asosida oʻtkazilgan mashg’ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga oʻz munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, oʻz nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. Hozirgi davrda sodir boʻlayotgan innovatsion jarayonlarda ta`lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni oʻzlashtirish va oʻzlashtirgan bilimlarini oʻzlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikirlaydigan shaxslar kerak. Shuning uchun ham, ta`lim muassasalarining oʻquv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy oʻqitish uslublari – interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning oʻrni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta`limda qoʻllanishiga oid bilimlar, tajriba talaba (yoki oʻquvchi)larni bilimli va etuk malakaga ega boʻlishlarini ta`minlaydi. Innovatsiya (ingilizcha innovation ) – yangilik kiritish, yangilik demakdir. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda oʻqituvchi va talaba (yokioʻquvchi) faoliyatiga yangilik, oʻzgarishlar kiritish boʻlib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi. Interfaol (“Inter”-bu oʻzaro, “act”-harakat qilmoq) – oʻzaro harakat qilmoqyoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida boʻlishni anglatadi. Boshqacha soʻz bilan aytganda, oʻqitishning interfaol uslubiyatlari – bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli boʻlib, unda ta`lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan boʻladilar, ular biladigan va oʻylayotgan narsalarini tushunish va fikrlashim koniyatiga ega boʻladilar. Interfaol darslarda oʻqituvchining oʻrni qisman talaba (yokioʻquvchi)larning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yoʻnaltirishga olib keladi. Bu uslublarning oʻziga xosligi shundagi, ular faqat pedagog va talaba (yoki oʻquvchi)larning birgalikda faoliyat koʻrsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib,ularga: - talaba (yoki oʻquvchi)ning dars davomida befarq boʻlmaslikka,mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga majbur etilishi; - talaba (yoki oʻquvchi)larning oʻquv jarayonida fanga boʻlganqiziqishlarining doimiyligini ta`minlanishi; - talaba (yoki oʻquvchi)larning fanga boʻlgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirilishi; - pedagog va ta`laba (yoki oʻquvchi)larning hamkorlikdagi faoliyatini- doimiy ravishda tashkil etilishlari kiradi. Pedagogik texnologiya masalalarini va muammolarini oʻrganayotgan ba`zi oʻqituvchilar, tadqiqotchilar va amaliyotchilarning fikricha, pedagogik texnologiya –faqat axborot texnologiyasi bilan bog’liq hamda oʻqitish jarayonida qoʻllanishi zarur boʻlgan oʻqitishning texnik vositalari, kompyuter, masofali oʻqish yoki turli xil texnik vositalar. Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi – oʻqituvchi va talaba (yoki oʻquvchi)ning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiyalariga bog’liq. Oʻqitish jarayonida, maqsad boʻyicha kafolatlangan natijaga erishishda qoʻllaniladigan har bir ta`lim texnologiyasi oʻqituvchiva talaba (yoki oʻquvchi) oʻrtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, oʻquv jarayonida talaba (yoki oʻquvchi)lar mustaqil fikrlab,ijodiy ishlab, izlanib, tahlil etib, oʻzlari xulosa qila olsalar, oʻzlariga, guruhga, guruh esaularga baho bera olsa, oʻqituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat vasharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, ana shu – oʻqitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, oʻquv predmetining oʻziga xos texnologiyasi bor. Oʻquv jarayonidagi pedagogik texnologiya – bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon boʻlib, u talaba (yoki oʻquvchi)ning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yoʻnaltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir. Pedagogik maqsadning amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish oʻqituvchi va talaba (yoki oʻquvchi)ning hamkorlikdagi faoliyati, ular qoʻygan maqsad, tanlagan mazmun, uslub, shakl, vositaga, ya`ni texnologiyaga bog’liq. Oʻqituvchi va talaba (yoki oʻquvchi)ning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan boʻlib, bundan talaba (yoki oʻquvchi)larning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab, ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. Masalan, natijaga ershish uchun balki, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film (yokitarqatma material, chizma va plakat, axborot texnologiyasi, turli adabiyotlar) kerakboʻladi. Bularning hammasi oʻqituvchi va talaba (yoki oʻquvchi)larga bog’liq. Shu bilan birga oʻquv jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur, Bu jarayonda oʻqituvchi oʻquv predmetining oʻziga xos tomonini, joy va sharoitni, eng asosiysi, talaba (yoki oʻquvchi)larning imkoniyati va ehtiyojini va hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta olishini hisobga olishi kerak. Shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqacha aytganda, talaba (yoki oʻquvchi)ni ta`limning markaziga olib chiqish kerak. 2 - asosiy savol boʻyicha darsning maqsadi: Darsning texnologik xaritasi tushunchalari haqida ma`lumotlar berish. -Identiv oʻquv maqsadlari: 1.1. Darsning texnologik xaritasi tushunchalarini ochib bera oladi. 1.2. Darsning texnologik xaritasi tushunchalarini farqlay oladi. 2 – asosiy savollarning bayoni: Darsning texnologik xaritasi. Oʻqituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda koʻra bilish va uni tasavvur etish uchun boʻlajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bunda oʻqituvchi uchun boʻlajak darsning texnologik xaritasini tuzib olishi katta ahamiyatga egadir, chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun oʻqitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, talaba (yoki oʻquvchi)larning imkoniyati va ehtiyojidan kelibchiqqan holda tuziladi. Texnologik xaritani tuzish oson ish emas, chunki buning uchun oʻqituvchi pedagogika, psixologiya, xususiy metodika, pedagogik va axborot texnologiyalaridan xabardor boʻlishi, shuningdek, juda koʻp uslub va usullarni bilishi kerak. Har bir darsning rang-barang, qiziqarli boʻlishi avvaldan puxta oʻylab tuzilgan darsning loyihalashtirilgan texnologik xaritasiga bog’liq. Darsning texnologik xaritasini qay koʻrinish (yoki shakl)da tuzish, bu oʻqituvchining tajribasi, qoʻygan maqsadi va ixtiyoriga bog’liq. Texnologik xarita qanday tuzilgan boʻlmasin, unda dars jarayoni yaxlit holda aks etgan boʻlishi hamda aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija, dars jarayonini tashkil etishning texnologiyasi toʻliq oʻz ifodasini topgan boʻlishi kerak. Texnologik xaritaning tuzilishi oʻqituvchini darsni kengaytirilgan konspektini yozishdan xolos etadi, chunki bunday xaritada dars jarayonining hamda oʻqituvchi va talaba (yoki oʻquvchi) faoliyatining barcha qirralari oʻz aksini topadi. Misol tariqasida quyida informatika fanidan “Informatikani oʻqitishning tamoyillari, shakli va metodlari” mavzusi boʻyicha oʻtkaziladigan darsning oldindan loyihalashtirilgan texnologik xaritasini havola qilamiz. Texnologik xarita. Mavzu Informatikani oʻqitishning tamoyillari, shakli va metodlari Maqsad, vazifalar. Maqsad: - Informatika oʻqitishning tamoyillari, tashkiliy shakllariva metodlari haqida tushunchalarni egallash va farqlash. Vazifalar: - talabalarda mavzu asosida bilim va koʻnikmalarnishakllantirish va kengaytirish; - mavzuga oid tarqatilgan materiallarni, nazorat topshiriqlarinitalabalar tomonidan yakka va guruh holatida oʻzlashtirib olishlarihamda suhbat-munozara orqali nazorat topshiriqlari qay darajada oʻzlashtirilganligini nazorat qilish, ularning bilimini aniqlash; Oʻquv jarayonining mazmuni. Oʻqitish tamoyillari, tushunchalari, oʻqitishning tashkiliy shakllari, talabalarning hamkorlikda ta`lim olish metodi, oʻqtish metodlarini farqlash, og’zaki, koʻrgazmali va amaliy metodlarni oʻrganish. Oʻquv jarayonini amalga oshirishtexnologiyasi. Uslub: Og’zaki bayon qilish, “Bumerang” texnologiyasi. Shakl: Suhbat-munozara, amaliy mashg’ulot, kichik guruhlar vajamoada ishlash. Vosita: Tarqatma materiallar: matnlar, ariza, ma`lumotnoma, xabarnoma blankalari. Usul: Tayyor yozma materiallar va chizmalar asosida. Nazorat: Og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish, oʻz-oʻzini nazorat qilish. Baholash: Rag’batlantirish, 5 balli tizim asosida baholash. Kutilgan natijalar. Oʻqituvchi: Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha talaba (yokioʻquvchi)lar tomonidan oʻzlashtirilishiga erishadi. Talabalar faolligini oshiradi. Talabalarda darsga nisbatan qiziqish uyg’otadi. Bir mashg’ulot jarayonida barcha talabalarni baholaydi. Oʻz oldiga qoʻygan maqsadlariga erishadi. Talaba (yoki oʻquvchi)lar tomonidan yozma axborotni mustaqil oʻrganish, uni xotirada saqlash, boshqalarga etkazish, savol berish va savollarga javob berishga oʻrgatadi. Talaba (yoki oʻquvchi): Yangi bilimlarni egallaydi , yakka holdava guruh boʻlib ishlashni oʻrganadi. Nutqi rivojlanadi va eslabqolish qobiliyati kuchayadi. Oʻz-oʻzini nazorat qilishni oʻrganadi. Qisqa vaqt ichida koʻp ma`lumotga ega boʻladi va baholay oladi. Kelgusi rejalar(tahlil,oʻzgarishlar). Oʻqituvchi: Yangi pedagogik texnologiyalarni oʻzlashtirish vadarsda tadbiq etish, takomillashtirish. Oʻz ustida ishlash. Mavzunihayotiy voqealar bilan bog’lash. Pedagogik mahoratni oshirish. Talaba (yoki oʻquvchi): Matn bilan mustaqil ishlashni oʻrganadi. Oʻz fikrini ravon bayon qila oladi. Shu mavzu asosida qoʻshimcha materiallar topadi, ularni oʻrganadi. Oʻz fikri va guruh fikrini tahlilqilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi. Oʻqituvchi oʻqiyotgan fanining har bir mavzusi, har bir dars mashg’uloti boʻyicha tuzgan texnologik xaritasi, unga fan (yoki predmet)ni yaxlit holda tasavvur etib yondashishga, tushunishiga (bir semestr, bir oʻquv yili boʻyicha), yaxlit oʻquv jarayonining boshlanishi, maqsadidan tortib, erilishadigan natijasini koʻra olishiga yordam beradi. Ayniqsa, texnologik xaritaning talaba (yoki oʻquvchi)larning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuzilishi, uni shaxs sifatida ta`limning markaziga olibchiqishga va bu bilan oʻqitishning samaradorligini oshirishga imkoniyat beradi. Oʻquv jarayonida talaba (yoki oʻquvchi)larga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy uslublarning qoʻllanilishi, talaba (yokioʻquvchi)larni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondashish, mas`uliyatni his qilish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tahlil qilish, ilmiy adabiyotlardan unumli foydalanishga, eng asosiysi, oʻqishga, fanga va oʻzi tanlagan kasbiga boʻlgan qiziqishlarini, shuningdek pedagogga nisbatan hurmatini kuchaytiradi. Ta`lim-tarbiya jarayonlarida yangi pedagogik texnologiyalarni qoʻllashda oʻtmish allomalarimizning g’oya va qarashlaridan foydalanish talaba (yoki oʻquvchi)larni oʻqitish va tarbiyalashni yanada samarali boʻlishini ta`minlaydi. Bunday natijaga erishish oʻquv jarayonida innovatsion va axborot texnologiyalarini qoʻllashni taqozo etadi. Texnologiyalar juda xilma-xildir. Biz ulardan ba`zilarini tashkiletish va ularni oʻtkazish tartibi haqida toʻxtalamiz. Talaba (yoki oʻquvchi)larda mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishga, qobiliyatlarini rivojlantirishga, raqobatbardosh, etuk mutaxassis boʻlishlariga hamda mutaxassisga kerakli boʻlgan kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradigan tavsiyalar beramiz. Keltirilgan tavsiyalardan foydalanuvchilar oʻquv jarayonini tashkil etish uchun havola etilgan texnologiyalarni xuddi shu tartibda oʻtkazishlari shart emas. Har qaysi oʻqituvchi bu texnologiyalar asosida ularning umumiy shaklini olgan holda oʻzlarining dars texnologiyalarini yaratishlari, berilgan texnologiyalarni toʻliq yoki ularning ba`zibir bosqichlari elementlarini ishlatishlari mumkin.
Download 118,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish