Microsoft Excel 2007 dasturida xar xil jadval shaklidagi ma’lumotlar bazasi bilan ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, ekran yacheykalardan iborat va xar bir yacheyka shaxmat taxtasiga o‘xshagan o‘z adresiga ega. Bu ma’lumotlar bazasi bilan ishlaganda xar bir yacheykada joylashgan ma’lumotdan foydalanish va undan foydalanib, boshqa bir yangi ma’lumot xosil qilishga imkon beradi. Bu dastur asosan bank sistemasiga o‘xshagan ma’lumotlar bazasi bilan ishlovchilar uchun mo‘ljallangan va juda ko‘p imkoniyatlariga ega.
Dasturni yuklash uchun Windowsning asosiy menyusidan Пуск->Программы (Все прграммы) -> Microsoft Office -> Microsoft Office Excel 2007 bandlari tanlanadi.
Microsoft Excel 2007 da xar qanday hujjat ishchi kitob deb ataladi va .xls kengaytmali shablonlar bilan tasvirlanadi. Har bir ishchi kitobda boshlang‘ich holatda 3 tadan sahifa beriladi. Bu sahifalar sonini ko‘paytirish va kamaytirish ham mumkin. Birinchi ishchi kitobga Kniga1 degan nom beriladi.
Microsoft Excel 2007 dasturining ishchi sohasi quyidagi qismlardan tashkil topgan: sarlavha va menyu qatorlari, vositalar paneli, formula va holat qatorlari hamda kitob oynasi.
Menyuning birinchi bo‘limi «Кнопка Office» tugmachasi ishchi kitoblar bilan ishlashga yordam beradigan buyruqlardan iborat. Bu bo‘limdan foydalanib yangi ish kitobini yaratish, mavjud ish kitobini ochish, joriy ish kitobini bekitish, xotirada saqlash, ish kitobining xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni ko‘rish, ishchi saxifasini formatlashga oid parametrlardan iborat muloqot oynasini xosil qilish, bosmaga tayyorlangan xujjatni oldindan qurish va bosmaga chiqarish ishlarini bajarish mumkin.
«Главная» bo‘limida ma’lumotlarni o‘zgartirishga olib kelgan oxirgi amalni bekor qilish, o‘zgartirishni qaytarish, amalni qidirib topish va o‘zgartirish, belgilangan soxani ish kitobidan olib tashlash, kataklardan almashinuv buferiga nusxa olish, kerakli joyga qo‘yish, kataklar blokini talab asosida to‘ldirish, kataklarni ba’zi parametrlar bo‘yicha tozalash, ish kitobidan ishchi saxifani olib tashlash ishlari bajariladi.
«Вставка» bo‘limida jadvalga muloqot oynasi yordamida diagramma xosil qilish, rasmlar qo‘yish, ish kitobiga turli xil belgilarni qo‘yish ishlari bajariladi.
«Разметка страницы» bo‘limidan qog‘ozning o‘lchamlari, holatlari, matn rangi va shirft turlari keltirilgan.
«Формулы» bo‘limida matematik, mantiqiy, moliyaviy hisob kitob ishlari uchun turli formulalar bo‘yicha funksiyalar keltirib o‘tilgan.
«Данные» bo‘limining buyruqlari jadvallar ustida ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, ularni tartiblash, saralash ishlarini bajarish mumkin.
«Рецензирование» bo‘limida sahifa va kitobga himoya qo‘yich, undan foydalanish bo‘yicha ruxsat berish kabi ishlar amalga oshiriladi.
«Вид» bo‘limida ekranga katak adresi va katakka joylashtirilgan formulani o‘zida jamlagan bo‘limni o‘rnatish, bir qancha vositalar panelini hosil qilish, bundan tashqari jadvalni butun ekran bo‘yicha kengaytirish va jadvalning masshtabini o‘zgartirish ishlari amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |