Kataloglardan nusxa olish
Kataloglardan nusxa olish xcopy buyrug’i orqali amalga oshiriladi. Misol:
xcopy a:\ABMSHR\BRR1 c:\
Katalogdagi barcha fayllardan nusxa olish uchun quyidagi kalitlardan foydalanish kеrak:
/s- bo`sh bo`lmagan barcha qism kataloglardagi fayllardan nusxa olish; /s /e -bo`sh kataloglardan ham nusxa olish.
Katalogni qayta nomlash uchun rename buyrug’idan foydalaniladi.Misol:
rename a:\ABMSHR MUHAMMAD
bu buyruqdan so`ng ABMSHR katalog nomi MUHAMMAD nomga almashadi,
Fayl atributlarini ko’rish va o`rnatish uchun ATTRIB buyrug`idan foydalaniladi. ATTRIB buyrug’ini qo’llanilishi quyidagicha:
ATTRIB [+R/-R] [+A/-A] [+S/-S] [+H/-H] [DISK:] [yo`l] [fayl nomi] [/S] [/D]"
Bu yerda + atributni o`rnatish
- atributni olib tashlash"
R - faqat o`qish" atributi"
A - arhivli" atributi"
S - sistemali" atribut"
H- yopiq" atributi"
"[disk:] [yo`l] [fayl nomi]- qayta ishlash uchun ko`rsatilgan fayl yoki fayl guruhi
/S - ko`rsatilgan nom bo`yicha joriy katalogdan va uning oyna kataloglaridan fayllarni qayta ishlash"
/D-fayllar va natijalarni qayta ishlas
Test savollari
1. COMMAND.COM fayli bu ….?
a) Buyruq protsessori
b) Operatsion tizimning asosiy fayli
c) Operatsion tizimning ichki buyquklarini o‘zida tashkil etuvchi fayl
d) * Yuqoridagilarni barchasi to‘g‘ri
2. CHKDSK buyrigini vazifasi … dan iborat?
a) *Disk xolatini tekshirish
b) Diskdagi fayllar ruyxatini ko‘rish
c) Diskli xotirani sozlash
d) Diskli xotiradagi kataloglar ro‘yxatini ko‘rish
15-mavzu: Windows operatsion sistemasi va uning turlari (2 soat amaliy)
Reja
1. Windows operatsion sistemasi
2. Windows operatsion sistemasining turlari
Shaxsiy kompyuterlar inqilobi bundan 35 yil avval boshlangan edi — Microsoft 1985 yil 20 noyabr kuni MS-DOS o‘rniga yangi tizim — Windows’ning birinchi versiyasini taqdim etgandi.
The Verge’ning yozishicha, Windows 1.0 bugun biz foydalanayotgan Windows tizimlaridan keskin farq qilardi. Shunga qaramay, kompyuterlar uchun mo‘ljallangan jahondagi eng ommabop operatsion tizimning so‘nggi versiyasi — Windows 10’da ham 30 yil avvagi tizimda ko‘rsa bo‘ladigan skroll-barlar, drop-daun menyular, yorliqlar, muloqot oynalari va Notepad hamda MS Paint kabi dasturlar bor.
Mobil qurilmalarning ommalashib, ular uchun mo‘ljallangan operatsion tizimlar kundan-kunga takomillashib borayotgani sabab, 2045 yilda ham biz Windows’ning keyingi 30 yillik tarixiga nazar tashlashimiz ehtimoli kam. Bugun esa Microsoft’ni Microsoft qilgan operatsion tizim o‘tgan davr mobaynida qanchalik o‘zgarganini kuzatishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |