Microsoft Power Point 2007 programmasini ishga tushirish uchun Windowsning asosiy menyusidan Пуск-> Программы (Все программы)-> Microsoft Office-> Microsoft Office Power Point 2007 bandlari tanlanadi.
Bu dasturda ishlashdan oldin ba’zi so‘zlarning ma’nosini tushunib olishimiz kerak.
Power Point – bu grafik dasturlar paketi bo‘lib, elektron slaydlarni tayyorlash, ular bilan tanishishni uyushtirish va slayd filmlarni namoyish etishga tayyorlaydi.
Prezentatsiya- bu slaydlar va mahsus effektlar to‘plami bo‘lib, ularni ekranda ko‘rsatish, tarqatiladigan material, dokladni plan va konspekti shaklida biеta faylda saqlanadi.
Slayd-bu prezentatsiyaning alohida kadri bo‘lib, o‘z ichiga matnni, sarlavhalarni, grafik va diagrammalarni olish mumkin.
Dizayn qolipi- professional tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan grafiklar, bo‘yoklar, jilolar, tovushlar namunasi bo‘lib, ular slaydlarda ishlatish uchun mo‘ljallangan.
Animatsiya- bu slaydlarni namoyish qilish va ko‘rsatishda ularni samaradorligini oshiruvi tovush , rang, matn va harakatlanuvchi effektlar va ularni yig‘indisidan iborat.
Test savollari
1. Excel elektron jadvali fayllar kengaytmasi?
a) doc
b)*xls
c) ppt
d) exe
2. Excel 2007 elektron jadvalida satrlar soni?
a)1048576
b) 65536
c) 1024
d) 612
26-mavzu: Kompyuterning grafik imkoniyatlari va ularning turlari
(2 soat amaliy).
Reja:
Kompyuterning grafik imkoniyatlari.
Mashina grafikasi
Grafik qiyofa va eksplikatsiya
Passiv va interaktiv mashina grafikasi
Kompyuter grafikasining turlari va uning turkumlari
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng malakali mutaxassislar tayyorlashga katta e’tibor berib kelinmoqda. Yukori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash bevosita ta’lim muassalarining moddiy–texnika va axborot bazasini mustaxkamlash, yuqori sifatli o‘kuv adabiyotlar, darsliklar, elektron o‘quv qo‘llanmalar va ma’ruza matnlarini yaratish, elektron kutubxonalar tashkil etish bilan bog‘liqdir.
Keyingi yillarda Respublikamizda kompyuter va informatsion texnologiyalarini rivojlantirish borasida bir necha chora tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Jumladan respublikamiz maktablari, o‘quv yurtlari va muassasalarini kompyuterlashtirish keng yo‘lga qo‘yilmoqda. Biroq davlat tilida yozilgan va informatika asoslariga doir adabiyotlar yetarli emas. Bu muammo, mavjud kompyuterlardan samarali foydalanishda, informatikaga va kompyuter grafikasiga oid bilimlarni keng omma orasida yoyishda qiyinchiliklar tug‘diradi. Shuni nazarda tutib, kompyuter grafikasi bilan ish boshlovchilar uchun yetarli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ushbu qo‘llanma foydalanuvchilar ehtiyojini ma’lum darajada qondiradi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, kompyuter grafikasi bilan ishlashni o‘rganishni boshlagan foydalanuvchilar ShEHM qurilmalarining tuzilishi bilan tanishmasdan turib o‘z bilimlarini mustaqil chuqirlashtira olmaydilar.
Kompyuter grafikasi geometrik jismlar, shakl va tamoillarning matematik modellari hamda ularni namoyish etish usullari to‘g‘risidagi fan sifati qaralishi mumkin.
Kompyuter tasvirlariga bo‘lgan qiziqish ularda juda katta hajmdagi ma’lumotlar saqlanishi bilan izohlanadi: tasvirlarni yaqqol namoyish etish imkoniyati mavjud bo‘lib, ularni tashkil etish uchun axborot texnologiyalari sohasida maxsus bilimlar talab qilinmaydi.
Kompyuter grafikasi dastlab kesmalar yordamida chizish, ko‘rinmas chiziqlarni o‘chirish, murakkab sirtlarni akslantirish usullari, soyalarni shakllantirish, yoritilganlikni hisobga olish tamoillari sifatida mustaqil yo‘nalish bo‘lib paydo bo‘lgan. Bu yo‘nalish vektorli grafikani rivojlantirishga xizmat qildi. Keyinchalik uch uljovli (3D) grafika yo‘nalishi paydo bo‘ldi.
Hozirgi kunda kompyuter grafikasining qo‘llanish sohalari ancha kengaydi, ya’ni uni keng tadbiq qilish imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Natijada kompyuter grafikasi faoliyati dasturlash va kompyuter texnikasi bilan bog‘liq bo‘lmagan mutaxassislarning ish vositasiga aylandi. Kompyuter grafikasining yangi yo‘nalishlaridan biri haqiqiy tasvirlarni shakllantirishning uslub va tamoillarini ishlab chiqishga bag‘ishlanadi.
Kompyuter grafikasi ilm va fanning barcha sohalarida, ayniqsa iqtisodiy ko‘rsatgichlarni tahlil qilishda muvaffaqiyatli qo‘llanishi mumkin.
Kompyuter grafikasi informatika sohasida o‘rganiladigan ko‘pgina fanlar o‘quv rejalarining ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi davrda kompyuter grafikasi quyidagi:
Informatika, informatsion texnologiyalar
Informatika va dasturlash
Iqtisodiyotda informatsion texnologiyalar va tizimlar
Interaktiv dizayn
Kompyuter tarmoqlari
Internet asoslari va E–mail(elektron pochta) va boshqa kurslarning predmeti va tarkibiy qismi hisoblanadi.
Berilgan ma’lumotlarni tahlil qilishda, olingan natijalarni ko‘rgazmali tarzda ko‘rsatish va taqdimot (prezentatsiya) uchun materiallar tayyorlashda, tasvirlarni qayta ishlashda, yangi murakkab kompozitsiyalar yaratishda zamonaviy kompyuter grafikasi keng qo‘llaniladi.
Kompyuter grafikasi kursining vazifasi quyidagilardan iborat:
o‘quvchilarga hozirgi zamon kompyuter grafikasi bo‘yicha nazariy va amaliy bilim ko‘nikmasini hosil qilish;
foydalanuvchilarning hozirgi zamon kompyuter grafikasi vositalari va ularni ishlatilishini o‘zlashtirishlariga erishish;
kompyuter grafikasining texnologik tuzilishini va har xil taqdimot materiallarini tayyorlash namoyish etishni o‘rganish;
hozirgi zamon kompyuter grafikasidan o‘zining o‘quv sohasi va professional faoliyatida foydalanishni bilish;
kompyuter grafikasining texnikaviy vositalari va zamonaviy programmalaridan foydalanishni bilish.
Ushbu qullanmada kompyuter grafikasining nuqtali (rastrli), ob’ektli (vektorli) va fraktal turlari haqida boshlang‘ich tushunchalar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |