4.Axborotni qayta ishlov mashinasi.
EXM va ilmiy – texnik inqilob.
Hammaga ma’lumki EXM xisoblashlarni avtomatlashtirish vositasidir. Xisoblash mashinasi keng kulamdagi masalalarni: fan, texnika, tibbiyot, aloka va boshqalarni xisoblashda ishlatiladi.
EXM (kompyuter) nima?
EXM deganda axborotlar va xisoblashlarni algoritm asosida ishlov berishni tezlashtiradigan yoki avtomatik tarzda amalga oshiradigan qurilmani tushunamiz.
Shunday kilib “ Xisoblash mashinasi” tushunchasi “axborot” va “algoritm” tushunchalari bilan chambarchas bog’liq.
Odatda axborot so’zi ma’lumotning mazmuni va ahamiyati bilan birlashtirib yuboriladi. Masalan: kelish kuni xaqidagi xat, agar bu kun xaqida allakachon bilsak xech qanday axborot bermaydi. Lekin, mazmun va ahamiyat insoniy, sub’ektiv tushuncha. Informatika axborotni EXM yordamida ishlov berishni o’rganadi. EXM axborotni na mazmunini na ahamiyat jixatidan farqiga bormaydi. Jamlanayotgan axborotni ob’ektivligini oshirish uchun sun’iy sezgi a’zolari -datchik (sezgich) ishlatiladi. XX asrning ikkinchi yarmi fan va texnikadan katta qadamlar bilan rivojlanishi va jamiyat xayotida tutgan o’rni oshib borishi bilan belgilanadi. Bu xodisa ilmiy texnik inqilob (ITI) deb nom olgan. ITI ning biz uchun kizikarli xususiyati bu axborot xajmi “kor kuchkisi” kabi oshib borishidir.Axborot xajmini ortib borishidan ham, uni qayta ishlash kiyinlashib ketishi katta muammolar tug’dirmokda.
Olimlar aytishiga qaraganda, bizni o’rab turgan olamni bilish xaqidagi bilimlar xajmi 10 yilda 2marta,qayta ishlanishi zarur axborot xajmi 1 yilda kvadrati marta oshmokda.
Ma’lumki, mamalakatimizda 1 yilda 60 mlrd xat-xujjat yaratiladi. Har bir xatni qayt qilish uchun 5 daqiqa sarflansa har kuni, 8 soatdan ishlab 1 yil davomida1,7 mln. odam shug’illanishi kerak. Har bir xatni tayyorlashga o’rtacha bir soat sarflansa, yil davomida (dam olishsiz) 21 mln. odam shug’illanishi kerak.
Sobiq ittifoqda iktisod masalalarini keltirish uchun bir yilda 10 ^ 16 arifmetik amal bajarilishi kerak. Kulda xisoblansa 30 mlrd. odam – yil kerak. Shuni uzidan ko’rinib turibdiki xalq xo’jaligini boshqarishni eski usulda olib borilishi mumkin emas. Ishlab chiqarishni samaradorligini va xajmini oshirish omillari yuzada yotgan bo’lsa yaxshi. Agar bu omillar yashiringan bo’lsa, mukobil rejalar tuzishi, ko’p mikdorda xisoblash ishlarini amalga oshirishi zarur bo’lib qoladi.
Ilmiy - texnik rivojdlanishini qayta ishlanayotgan axborot xajmini oshirmasdan turib amalga oshirib bo’lmaydi. Qayta ishlanayotgan axborot xajmini oshirishning ikkita yuli bor:
Birinchi yuli – axborotni qayta ishlayotgan odamlar sonini oshirish, bu yul shu kunda masalani xal kilmaydi.
Ikkinchi yuli – mexnat unumdorligini oshirish.
Axborotni qayta ishlashda mexnat unumdorligini oshirishni birdanbir yuli, bu axborot qayta ishlash mashinasi bo’lgan EXMlaridan foydalanishdir. Masalan, 1 sekundiga 1 mln. amal bajaradigan EXM mexnat unumdorligini oddiy arifmometrga qaraganda 30 mln. oshiradi. (Inson esa bitta amalni bajarishga o’rtacha 5 sekund sarflaydi).
Lekin mexnat unumdorligini shu darajada oshirish uchun nafaqat xisoblash ishlarini avtomatlashtirish, balki axborotni yig’ish, saqlab turish va uzatish ishlarini ham avtomatlashtirish kerak.
EXM ning kiritish – chiqarish qurilmalarini ishlash tezligi xisoblash tezligiga qaraganda kichik bo’lgani uchun ham mexnat unumdorligi 30 mln. marta oshmaydi (samolyot, metro misolida tushuntiriladi).
Masalan: eng yaxshi, malakali axborot kirituvchi odam 1 sekundiga 10 ta belgi kirita olar ekan. Eng tezkor bosma qurilmasi 1 minutda 1500 qator axborot (aloxida – aloxida belgilar bilan bosmaga chiqarsa yanada kam) bosib berish mumkin. Shuni aytib o’tish kerakki shu EXMlarda axborotni kiritish - chiqarish faqat belgilar ko’rinishida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |