Informatika fanidan tadbir ssenariysi
O’qituvchi: Ushbu bellashuv 8-sinf o’quvchilari o’rtasida bo’lib o’tadi. Bellashuvimizda maktabimizning eng faxrli o’quvchilari ishtirok etishadi. Bellashuvni baxolash uchun xay’at a’zolarini tanishtirib o’tamiz: Maktab o’quv ishlari bo’yicha director o’rinbosari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha director o’rinbosari, matematika fani o’qituvchisi, fizika fani o’qituvchisi.
Tadbirimizni maktab direktori ochib berdi. Bellashuvimiz 4 ta shart bo’yicha baholanadi: 1-shart tanishtiruv, 2-shart savol-javob, 3-shart sardorlar bellashuvi, 4-shart begona so’zni toping. Bellashuvda ikki jamoa bellashadilar “Yosh dasturchi” va “Yosh informatik” lar jamoasi. Marxamat ko’rib tomosha qili
1-shart. Tanishtirish
“Yosh dasturchi” guruhi
1-o’quvchi:
Assalom ey, davramizning eng aziz mehmonlari
Assalom ey, ilmu-fanning sohibi davronlari
Assalom ey, azizlar, ham fikrdosh o’rtoqlar
Bellashuvga xush kelibsiz barcha tengdosh o’rtoqlar
2-o’quvchi:
Informatika fani yuksalmoqda kun sayin
Bo’limlari xilma-xil qay birini aytayin
Qancha-qancha muammoni hal etilgan ushbu on
Kompyuuter savodi quloch yoymoqda chunon
3-o’quvchi:
Operator-dasturlarni o’rganamiz tez oson
Lekin xelks-testlari bizni o’ylatar xar on
Satrlar ketma-ketligin yodimizda saqlaymiz
A’lo o’qib ustozlar ishonchini oqlaymiz
“Yosh informatiklar” guruhi
1-o’quvchi:
Xar bir chiqishimizning ma\nosi keng bir jaxon
Sovg’a-salom olgaysiz masalani yechgan on
Qiziq topishmoqlar bilan sinaymiz kuchingizni
Sofizim bilan aldaymiz boplab sizni
2-o’quvchi:
Oddiy yerning yuzidan to kosmik fazogacha
Kundalik turmush, xayot, quyosh, suv xavogacha
Xisob-kitobsiz asloyashab bo’lmas hech qachon
Qudratli bu fanga bosh element kompyuter
3-o’quvchi:
Asrlar ortidan kelar asrlar
Unutilar o’tmish, zamon, ko’p sirlar
Ammo yaratilgan fan asoslarin
Asrdan-asrga elitarlar nasllar
2-shart. Savol-javob.
1. informatika faniga qachon asos solingan?
2. 1-hisoblash vositalari (tabiiy) nimalar bo’lgan?
3. 1-shaxsiy kompyuterni kim yaratgan?
4. 1 mb necha bit?
5. Kompyuter so’zini ma’nosi nima?
6. Axborot xususiyatlarini sanang
7. Axborotlarni qaysi sezgi organlarimiz orqali qabul qilamiz?
8. Hisoblash texnikasi necha davrga bo’linadi
Xar bir guruhga 4 tadan savollar beriladi.
3-shart. Sardorlarga savollar
1. Algoritm
2. Axborot
4-shart. Begona so’zni topish
1. mb, sm, bit, kb, bot
2. kompyuter, axborot, modem, disk, qalam
3. xotira, ona plata, vintchester, daftar
4. sichqoncha, klaviatura, monitor, telefon
5. chip, fleshka, disk, sumka
6. MSWord, MSExcel, MSAccess, kitob
7. skaner, pechat, fotoapparat
8. kompyuter, notbook, netbook, daftar
Do'stlaringiz bilan baham: |