Информатика фанидан амалий кыникмаларни ыргатишнинг илгор усуллари



Download 289 Kb.
bet2/17
Sana16.03.2022
Hajmi289 Kb.
#497592
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Rta maxsus ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti

Bitiruv malakaviy ishi maqsadi – kasb-xunar kollejlarida bo’lajak mutaxassislarni tayyorlashda ta’limning faol usullarini qo’llash jarayonini informatika umumta’lim fani misolida ishlab chiqish, unga mos yangi avlod o’quv-uslubiy materiallar majmuasini yaratish, o’qitish metodikalarini tavsiya etish, ularni amaliyotda qo’llash va ilmiy pedagogik xulosalar qilishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
- Informatika fanidan nazariy va amaliy
mashg’ulotlarni o’tkazish mazmuni, o’rni, mohiyati, o’qitish
holatini tahlil qilish;
- O’rganishning tanlangan asoslarini qo’llash va uni
ixtisoslikka yo’naltirilgan masala va misollar bilan boyitish ;
-Informatika fanidan amaliy ko’nikmalarni
o’rganishning turli usullari va ularni o’tkazishning zamonaviy
pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan metodikasiny
tavsiya etish;
-Amaliy ko’nikmalarni baholash mezonlari.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati quyidagilardan iborat:
- ilmiy-nazariy tadqiqotlar real ta’lim jarayoni bilan bog’langan holda bajarilgan va shu tufayli erishilgan ilmiy-metodik natijalar amaliyotga tez va keng tadbiq etildi;
- tadqiqotda ilgari surilgan g’oyalar va olingan natijalar ta’limning boshqa bosqichlarida fanlarni o’qitishning ilmiy metodik asosi bo’la oladi;
- tadqiqot natijalarini umumta’lim fanlarini o’qitishda qo’llash talabalarning bilish faolligini oshiradi.
Bitiruv malakaviy ishi tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


1-BOB. AKADEMIK LITSEYLARDA INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI O’QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA ULARNING O’RNI.


1.1. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ulardan foydalanish.


Hozirgi vaqtda pedagogikada ya’ni ta’lim berishda turli yondoshuvlar qo’lanilmoqda. Ularga quydagilarni misol qilish mumkin:

  • An’anaviy yondoshuv;

  • Tizimli yondoshuv;

  • Texnalogik yondoshuv;

  • Tadqiqiy yondoshuv;

  • Fuktsional-kompleks yondoshuv;

An’anaviy yondoshuvda – ta’limda ma’lum axborot o’qtuvchi tomonidan o’quvchilarga ko’proq og’zaki tushintirish usulida etkaziladi, o’quvchi esa bu bilimni xotirada saqlaydi. Bilim - tushunchasi xotirada saqlanadigan axborot ma’nosida tushiriladi. O’quvchidagi bilim shu axborotga doir savollarga berilgan javobga qarab aniqlanadi. An’anaviy ta’lim usulida ta’lim maqsadi dastur talabiga binoan aniq ifodalanmaydi, o’quvchining o’zlashtirish darajasi, sifati haqida tasavvur to’la aniq bo’lmaydi. An’anaviy ta’lim usulini takomillashtirish sohosida izlanishlar davom etmoqda, lekin uning ob’ektiv imkoniyatlari cheklangan.
Tizimli yondoshuv – tizim so’zi, tuzilma, qismlardan tuzilgan, birikkan yaxlit xodisa ma’nosini anglatadi, bu yondashuvda ilmiy bilish metodologiyasi va pedagogikaning bir yo’nalishi sifatida universal xarakterga ega bo’lgan pedagogik tizim xisoblanadi. Bu yondashuvning tuzilishi, vazifasiga ko’ra bajariladigan taxminga yaqin bo’lib, uning ob’ekti yaxlit narsa yoki xodisa hisoblanadi.
Texnalogik yondoshuv – texnalogiya so’zi fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha «texnos»- xunar, mahorat, sa’nat va «logis»- fan, tushuncha, ta’limot so’zlaridan tashkil topib «hunar fani» ma’nosini anglatadi . Bu yondoshuvda :

  • o’qish – o’qitish jarayoni o’zaro bog’liq etaplar, farazlarga ajratish ;

  • ta’limda mo’ljallangan natijaga erishish uchun bajariladigan xarakatlarni muvofiqlashtirish, ketma-ket, bosqichma-bosqich amalga oshirish ;

  • loyixalashtirilgan ishlar, amallarning barchasini bir xil talab asosida bajarishni nazarda tutadi .

Bunday yondashuvida ta’lim ishlab chiqiladigan jarayon sifatida tashkil etiladi. O’quv materiali aniq ifodalangan o’quv maqsadiga mos qayta tuzilib ishlab chiqiladi, ayrim bo’lak (qism, modul)larga ajratiladi .Xar bir bo’lakni o’rganish test yordamida nazorat etilib, xatto kamchiliklari tuzatilib, to’g’rilab boriladi texnalogik yondoshuvni qo’llash qo’yilgan o’quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydi .
Tadqiqiy – ijodiy yondoshuv- bu holda ta’limning maqsadi talabada biror muommoni echish qobilyatini o’stirish, yangi bilim (tajriba)ni mustaqil o’zlashtirish, xarakatning yangi usullarini topishi, shaxsan tashabbus ko’rsatishni nazarda tutadi. Tadqiqiy yondoshuv faoliyatning ijodiy aktiv xarakteri bilan bog’liq. Bu yondoshuvda o’quvchining o’quv –bilish faoliyatiga pedagog rag’batlantiruvchi usulda rahbarlik qiladi, uning shaxsiy tashabbusini qo’llab - quvvatlaydi, u bilan hamkorlik qiladi, o’quvchining fikr va qiziqishlarini oldingi o’riga qo’yadi. Taqiqiy yondoshuvda pedagogik texnologiya variantlari ishlab chiqilgan.
Pedagogika nazariyasi va amaliyotida an’anaviy yondoshuv o’z imkoniyatlarini sarflab bo’ldi, tizimli, texnologik va tadqiqiy yondoshuvlar istiqbolga ega. Texnologik, tizimli va tadqiqiy yondoshuvlardan xar birining ta’lim tizimida o’z o’rni bor va o’z joyida qo’llanilishi lozim.
Pedagogika fani va amaliyotida qo’llanilayotgan «pedagogik texnalogiya» atamasi inglizcha «an edusational teshnology»so’zidan olingan bo’lib,aynan tarjimasi «ta’lim texnalogiyasi»degan ma’noni bildiradi. Pedagogika fanmda pedagogik texnalogiya tushunchasini ta’riflashda hali yagona bir fikrga kelganicha yo’q .
Pedagogik texnalogiya qanday qilib , qanday usuullar bilan o’qitilsa, natija yaxshi bo’ladi, degan savolga javob beradi. U o’z tizimiga ega bo’lib, unda komponentlar ketma – ketligi, o’zaro bog’liqligi, bir butunligi saqlanadi . Pedagogik texnalogiyaning boshqaruvchanligi,bir butunligi saqlanadi. Pedagogik texnologiyaning boshqaruvchanligi shundan iboratki, bunda ta’lim jarayonini rivojlantirish, tashxis qilish, natijalash, tuzatish, kiritish imkoniyatlari mavjud. Bunda ta’limdan kutilgan natijaga erishiladi, vaqt tejaladi, bu esa pedagogik texnologiyaning samaradorligi demakdir, ya’ni ta’lim jarayoniga yangicha yondoshib, ijodkorlik, bunyodkorlik tatbiq etilsagina, ta’lim samarasi yangi bosqichga ko’tariladi.
Pedagogik texnologiya - bu o’qituvchi tomonidan o’qitish vositalari yordamida o’quvchilarga ta’sir ko’rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirishi jarayoni deb ham ta’riflash mumkin.
Pedagogik texnologiya tushunchasi barcha boshqariluvchi tashkiliy qismlar va ularning bog’liqligini tahlil qilish, tanlash, loyihalash va nazorat qilish yo’li bilan pedagogik samaradorlikni yuqori darajaga ko’tarish hamda bu borada tizimli yondashuvni joriy etishni ifodalaydi.
YuNESKO tashkiloti ma’qullagan ta’rif:
«Pedagogik texnologiya- bu ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ulrning o’zaro ta’sirini inobatga olib, o’qitish hamda ularning bilim o’zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo’llashning tizimli metodidir».


Boshqa mualliflarning ta’rifi:

  • Pedagogik texnologiya – amaliyotga joriy etish mumkin bo’lgan ma’lum pedagogik tizim loyihasidir;

  • Pedagogik texnologiya- ta’lim tarbiyadan ko’zlangan maqsadga erishish uchun o’quv jarayonida qo’llaniladigan usullar, vositalar majmuidir;

  • Pedagogik texnologiya- oldindan belgilangan, loyihalashtirilgan o’quv- tarbiya jarayonini izchil amalga oshirishdir.

Pedagogik texnologiya tushunchasining muhim belgilari quyidagilardan iborat:

  • ta’lim jarayonini oldindan loyihalash va sinfda o’quvchilar bilan qayta ishlab chiqish;

  • tizimli yondashuv asosida talabaning o’qish- bilish faoliyatini tasvirlaydigan ta’lim jarayoni loyihasini tuzish;

  • ta’limning maqsadi real, aniq, diagnostik bo’lishi va o’quvchining bilim o’zlashtirish sifatini xolisona baholash;

  • ta’lim jarayonining tuzilishi va mazmuni yaxlitligi, o’zaro bog’liq va o’zaro ta’sirda bo’lishi;

  • ta’lim shakllarini optimallashtirish;

  • ta’lim jarayonida texnik vositalar va inson salohiyatining o’zaro ta’sirini hisobga olish;

  • ta’lim maqsadlarini ko’zlangan etalon asosida o’quvchining kuzatiladigan, o’lchanadigan xarakatlarni shaklida juda oydinlashtirish;

  • talaba faolligiga tayanib o’qtish;

  • bilim o’zlashtirish jarayonida yo’l qo’yilgan xatolarni aniqlab tuzatib borish;

  • shakllantiruvchi va jamlovchi baholar ;

  • belgilangan mezonlarga binoan test vazifalarini bajarish;

  • ta’limning rejalashtirilgan natijasiga erishishning kafolatlanganligi ;

  • ta’lim samaradorlining yuqoriligi;

Pedagogik - texnologiya – tizimli, texnologik yondoshuvlar asosida ta’lim shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va holisona baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalar o’zaro ta’sirini inobatga olib , ta’lim maqsadlarini oydinlashtirib o’qitish va bilim o’zlashtirishi jarayonlarida qo’llaniladigan usul va metodlar majmuidir.
Xullas, pedagogik texnologiya- o’qitish usuli, ma’lum ma’noda ta’lim-tarbiya jarayonlari , vositalari, shakl va metodlari majmuidir.
Pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyoti quyidagi qonuniyat va tamoyillarga asoslanadi:
- ta’lim-tarbiya jarayoni tuzilishi va mazmuni jihatidan yaxlitligi, birligi;

  • ta’lim jarayonini optimallashtirishi qulay sharoit yaratib, oz vaqt, kam kuch sarflab, yuqori natijaga erishish;

  • zamonaviylik: pedagogik amaliyotga ilmiy asoslangan didaktik yangiliklarni, yangi tartib qoidalarni joriy etish, ta’lim mazmunini uzluksiz yangilab, zamonaviylashtirib borish;

  • ilmiylik: ta’lim- tarbiyada yangi shakl va vositalar, faol metodlar, didaktik materiallarni qo’llash, uzluksiz izlanish, tadqiqot;

  • talaba va o’qituvchi faolitini oqilona uyushtirish: o’qiuvchi ta’lim maqsadlarni, mazmunini puxta bilish, ta’lim usullari va texnik vositalarni yaxshi egallagan bo’lishi, o’quvchining manfaatdorligi, qiziqishi va intiluvchanligi;

  • peddagogik jarayonni jadallashtirish: axborot texnologiyasi va texnik vositalardan foydalanish samaradarligini oshiruvchi didaktik materiallardan ishlab chiqish va keng ko’lamda qo’llash;

  • o’quv jarayoni uchun zarur moddiy-texnik baza yaratish;

  • pedagogik jarayon natijalarini xolisona baholash: test usuli, reyting tizimi, talabaning bilim va ko’nikmalarni egallash jarayonini nazorat qilish, baholashni avtomatlashtirish;

  • ta’lim- tarbiyaning tabiatga mosligi;

  • ta’lim-tarbiyaning jamiyatga moslashuvi va boshqalar

pedagogik texnologiya atamasi hozirgi kunda yangi pedagogik texnologiya, zamonaviy pedagogik texnologiya deb nomlanishi yuzaga keldi. Bunga sabab mamlakatimizda joriy qilingan «ta’lim to’g’risida»gi qonun va «kadrlar tayyorlash milliy dasturi»asosidagi ta’lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan tub islohatlarning asosiy yo’nalishlari bo’ladi.
Bu yo’nalishlar:
-ta’lim mazmuni, tizimni isloh qilish;
-ta’lim – tarbiya boshqaruvini isloh qilish;

  • ta’limning bozor iqtisodiyotiga asoslangan mexanizmini yaratish;

  • ota-ona, o’qtivchi- o’quvchining ta’lim jarayoniga bo’lgan yangicha qarashlarini shakllantirish;

  • butub islohatlarning bosh harakatlantiruvchi kuchi-yangi pedagogik texnologiyani amaliyotga tadbiq etishdan iborat. Ya’ni yangi ta’lim tizimi, mazmuni, o’quv reja, darsliklar asosida o’quv jarayonini loyihalashtirishga ham yangicha yondoshish, tashkil etish zaruriyati tug’ilmqda.

Yangi pedagogik texnologiya qanday bo’lishi kerak va u qanday o’quv jarayoniga tadbiq qilinishi kerak degan masalalar bo’yicha hozirgi vaqtda ko’pgina omillar tadqiqot olib bormoqda. Bu masala yuzasidan turli xil qarashlar va taklif va mulohazalar yaratilib keng ommaga havola qilinmoqda. Shulardan biri 1995 yilda Moskvada e’lon qilingan yirik asar «Pedagogika i progressivn’e texnologii obuchniya»da V.P.Bespalko ilgari surgan qarashlar hisoblanadi. U pedagogik texnologiyani- bu o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o’quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir – deb ta’riflaydi.



Download 289 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish