Parametrlarni o‘chirish
Reg-fayl yordamida, nafaqat yangi parametrlarni o‘rnatish, balki ularni o‘chirish ham mumkin. Masalan, reestrdan bo‘limni olib tashlash uchun kvadrat qavsda yozilgan nomining oldiga "-" belgini qo‘ying. Bu esa quyidagicha ko‘rinishga ega:
[-HKEY_LOCAL_MACHINE\Software\ QuickSoft\QuickStart]
Bu yozuv tufayli, "QuickSoft" bo‘limdagi "QuickStart" qismbo‘limi to‘liq o‘chiriladi.
Ba’zi bir parametrlarni o‘chirish uchun quyidagi sintaksisni ishlating:
REGEDIT4
[HKEY_CURRENT_USER\Software]
"xxx"=-
Buyruq satri parametrlari
Reestr redaktorini bir necha kalitlar bilan yuklatish (ishga tushirish) mumkin
/s (muloqot darchani ekranga chiqarmasdan, reg-fayldagi qiymatlarni import kiladi)
/e (reg-fayldan parametrlarni eksport qiladi. Misol: regedit /e myfile.reg HKEY_USERS\.DEFAULT )
Reestrni tiklash.
Reestr bilan ishlashda ehtiyotgorlik bilan ishlash lozim. Qandaydir muhim ma’lumotlarni bilmagan holda ochirib tashlasangiz, amaliy tizim umuman ishdan chiqib ketishi mumkin. Sharoitdan chiqishni birdan bir yo‘li, oxirgi ishlaydigan nusxasini tiklashdir.
Agar siz reestr bilan tajriba o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, oldindan SYSTEM.DAT va USER.DAT fayllarni diskga saqlab o‘ling. Ular amaliy tizim o‘rnatilgan katalogda joylashgan bo‘lib, "только для чтения" ("faqat o‘qish uchun" ) va "скрытый" ("yashirilgan") atributlarga ega. Agarda reestr sezilarli darajada ishdan chiqqan bo‘lsa, siz bu fayllarni Windows katalogiga ko‘chirishingiz mumkin. Kerakli atributlarni qo‘ygach, reestr qaytadan ishlaydi. Lekin shu fayllarni, Windows yuklangan paytda tiklashga urinmang, chunki amaliy tizim butunlay ishdan chiqadi va uni faqatgina qayta yuklash yordamida ishga tushirish mumkin. Bu fayllarni tiklash uchun avvalam bor DOSga qayta yuklanish zarur va so‘ngra esa DOS da ishdan chiqqan fayllarni yaxshilari bilan almashtirish mumkin.
Ammo, bu ma’lumotlarni tiklashning yagona varianti emas. Gap shundaki, amaliy tizimni har bir to‘g‘ri yuklanishida reestr nusxasini CAB-faylga saqlaydi, u esa Windows katalogdagi SYSBCKUP nomli yashirin katalogga yoziladi. "По умолчанию" ("Default", "Ko‘zda tutilgan holda") oxirgi 5ta nusxasi saqlanib qoladi. Bu raqam 0 dan 99 gacha o‘zgarishi mumkin. Va u Windows katalogda scanreg.ini faylda MaxBackupCopies kalit qiymati bo‘yicha o‘rnatiladi. Katta qiymat berish shart emas, chunki fayllar kichik joy egallaydi (1 faylni sig‘imi Mbayt dan sal oshadi). Bitta reestr nusxasi yordamida reestrni tiklash uchun DOS ga yuklanib, quyidagi buyruqni bajaring:
SCANREG /RESTORE
Yaratilgan vaqt bo‘yicha saralangan reestrning rezerv nusxalarining ro‘yxati chiqadi. Kerakli nusxani tanlagandan so‘ng, ma’lumotlar tiklanadi va o‘sha vaqtdagi holatga javob beradigan reestr mavjud bo‘ladi.
Agarda siz, oxirgi rezerv nusxasini yaratish va reestrni ishdan chiqish orasida amaliy tizimning sozlashtiruvchilarni yoki qaysidir dasturlarni yuklayotgan bo‘lsangiz, unda reestrga tegishli hamma ma’lumotlar tilab bo‘lmas darajada yo‘qoladi. Shu bizga kerakmi? Albatta, yo‘q! Agarda xoxlagan paytda reestrning rezerv nusxasini yaratmoqchi bo‘lsangiz, unda quyidagi buyruqdan foydalaning:
SCANREG /BACKUP
Tekshirish to‘g‘ri va normal o‘tgan hollarda, bu buyruq rezerv nusxasini yaratadi.
Reestrning rezerv nusxasini yaratish va reestrni tiklash variantlaridan yana biri, bu siz o‘zgartirishni bajargan bo‘limni yoki butun tarmoqni eksport qilishingizdir. Buni Windows ning "Реестр" ("Reestr") menyusidagi Regedit da bajarish mumkin. Kerakli bo‘limni belgilab "Экспорт файла реестра" ("Reestr faylni eksport qilish") punktiga bosing. Fayl nomlangandan so‘ng, bu bo‘limdagi ma’lumotlar faylga eksport qilinadi. Faylning kengaytmasi – reg. Faylni reestrga import qilish uchun faylni ustida sichqonchani chap tugmasiga ikki marotaba tez bosing. Lekin, to‘g‘risini aytish kerakki, yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni tiklash usuli bitta kamchilikga ega: o‘chirilgan yoki o‘zgartirilgan ma’lumotlar tiklanadi, ammo, qo‘shilgan ma’lumotlar o‘chirilmaydi. Agarda siz uncha ahamiyatga ega bo‘lmagan ma’lumotlarni o‘zgartirgan va avvalgiga qaytmoqchi bo‘lsangiz, sizga eksport/import usuli ma‘quldir.
Reestr bilan ishlayotganda juda ham ehtiyot bo‘lishi kerak, lekin agarda vaqt-vaqti bilan rezerv nusxasini yaratib tursangiz hech qanday muammolar bo‘lmaydi.
Endi esa reestr bilan ishlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz. Ba’zi bir kodlarni va operatsiyalarni vazifasini tushunishingiz uchun bir necha misollarni keltiramiz:
"Пуск" ("Pusk") (Windows XP) tugmachasini tashqi ko‘rinishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |