Operasion tizimlar UNIX operacion tizimi OS/2 operacion tizimi
Tayanch so’z va iboralar: MS DOS, Windows, OS/2, UNIX.
SHK lar uchun quyidagi OT turlari keng tarqalgan:
• MS DOS - IBM PC AT va XT SHK lari uchun;
• OS/2 - IBM PS/2 va 80386 va undan yuqori MP li PC AT SHKlari uchun;
• UNIX — 32 razryadli IBM PS/2 va 80386 va undan yuqori MP li IBM PC AT SHK lari uchun;
• Windows 95 — 32 razryadli, 80386 va undan yuqori MP li IBM PC AT SHK lari uchun;
• Windows NT — 32 razryadli, 80486 va undan yuqori MP li IBM PC AT SHK lari uchun.
MS DOS va Windows 95 operacion tizimlari to’g’risidagi asosiy ma’lumotlar keyingi bobda beriladi.
OS/2 operasion tizimi
OS/2 (Operating Sistem/2) bitta foydalanuvchili ko’p masalali OT dir, bir tomonlama (MS DOS -> OS/2) MS DOS bilan dasturli kelishadigan hamda 80286 va undan yuqori MP bilan ishlash uchun (IBM PC AT va PS/2 SHK) mo’ljallangan. OS bir vaqtning o’zida 16 tagacha dasto’rni bajarishi mumkin (ularning har biri o’zining xotira segmentida), lekin ularning ichida faqat bittasi MS DOS uchun tayyorlangan bo’ladi.
OS/2 ning muhim xususiyatlari quyidagilardir:
• foydalanuvchining ko’p oynachalik interfeysining borligi;
• qiymatlar bazasi tizimi bilan ishlash uchun dasturli interfeyslarning borligi;
• lokal hisoblash tarmoqlarida ishlash uchun samarali dasturli interfeyslarning borligi.
OS/2 sig’imi 16 Mbayt gacha bo’lgan tabiiy TX ni va har bir masalaga 512 Mbayt gacha bo’lgan virtual xotirani qo’llab-quvvatlaydi.
OS/2 ning kamchiliklariga birinchi navbatda quyidagilar xosdir:
• yuqori resurslar sig’imi: 80286 va undan yuqori MP, 1,5 Mbaytdan kam bo’lmagan sig’imli tezkor xotira, qattiq diskdagi yig’uvchi;
• hozirgi vaqtga kelib ishlab chiqilgan dasturli ilovalar (ADT) hajmining nisbatan katta еmasligi.
UNIX operasion tizimi
UNIX — ko’p foydalanuvchili, ko’p masalali OT bo’lib, u dasturlarni va turli foydalanuvchilarning fayllarini etarlicha kuchli himoya vositalarini o’z ichiga oladi.
UNIX OT dasturlarining ko’p qismi Si tilida yozilgan (DOS va OS/2 dagi kabi assemblerda еmas) va mashinaga bog’liq еmasdir, bu OT ning yuqori harakatchanligini va amaliy dasturlarni universal ЕHM ga, mini ЕHM ga va turlicha arxitekturali SHK larga osongina o’tkazishni ta’minlaydi. UNIX oilasidagi OT ning muhim xususiyati uning modulliligi va keng servisli dasturlar to’plami bo’lib, ular foydalanuvchi-dasturlovchilar uchun qulay operacion vaziyatni yaratishni ta’minlaydi (ya’ni bu tizim amaliy dasturlovchilar mutaxassisligi uchun alohida samaralidir).
UNIX ierarxik faylli struktura, virtual xotira, ko’p oynali interfeys, ko’p processorli tizimlar, ko’p foydalanuvchili qiymatlar bazasini boshqarish tizimi, bir jinsli bo’lmagan hisoblash tarmoqlarini qo’llab-quvvatlaydi.
UNIX ning kamchiligi — katta resurslar sig’imi va bu SHK asosidagi ko’p foydalanuvchilar tizimi uchun ko’pincha ortiqcha bo’ladi.
TDT dasturlarini yuqorida keltirilgan 4 ta gURO’hga bo’limishi etarlicha shartlidir, negaki rivojlangan operacion tizimlar odatda o’zining tarkibiga murakkab bo’lmagan servisli dasturli vositalarni va xattoki texnik xizmat ko’rsatish tizimi еlementlarini ham oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |