18- MAVZU : Monitorlar
REJA
Monitor va uning turlari
Elektron nurli trupkali monitorlar
Suyuq kiristalli monitorlar
Gazoplazmali monitorlari
Tayanch so’z va iboralar: raqamli, videokarta, VGA, videoadapter
Monitorlarni turli belgilar bo‘yicha tasniflash mumkin. Zamonaviy kompyuterlarda elektron-nurli trubkali yoki tekis indikatorli panelli individual alfavitli-raqamli va grafikaviy monitorlar qo‘llaniladi.
Alfavitli-raqamli displeylar faqat alfavitli-raqamli simvollar ketma-ketligi ko‘rinishida taqdim etilgan informatsiyani chiqarish imkonini beradi.
Grafikaviy displeylar ham grafikaviy va ham alfavitli-raqamli informatsiyani chiqarishi mumkin.
Displeylarning asosiy parametrlari: aks ettirilayotgan informatsiya hajmi; ekran ishchi qismining o‘lchamlari; ekranda aks ettirilishi mumkin bo‘lgan simvollar soni; tasvir almashinishi tezligi; informatsiya aks ettirilishi sifati; ekranda ixtiyoriy informatsion zonalarni ajratish usuli.
Monitorga ko‘p narsa bog‘liq: kompyuter bilan ishlash tezligi, komfort va eng ahamiyatlisi – foydalanuvchining o‘zini qanday his qilishi. Sifatsiz monitor ekrani oldida bir necha soat ishlaganda – bosh og‘rishi, ko‘z charchashi va h.k. noxush natijalarni sezish mumkin.
Ekran o`lchami. Monitorning asosiy parametri – diagonal bo‘yicha ekran o‘lchamidir. U dyuymda o‘lchanadi. Asosiy o‘lchamlar: 14², 15², 17², 19², 21².
14² o‘lchamli monitorlar hozirgi paytda qat’iyan tavsiya etilmaydi. Ularni ishlab chiqarish to‘xtatilgan, shuning uchun faqat eskirgan va sog‘liq uchun zararli namunalarni uchratish mumkin. Uy kompyuterlari tizimi parki bugungi kunda asosan 15² , lekin ularning ham davri o‘tib bormoqda. Garchi bunday monitorlar amalda zarur bo‘lgan hamma dasturlarni qonistirsa ham, ular bilan o‘zingni doim ham komfortli his qilavermaysan.
17² o‘lcham bugungi kunda iqtisodiy nuqtai nazardan o‘zini keng oqlaydi. Bunday monitor ko‘p yil xizmat qiladi va boshqa qurilmalarning bir necha avlodini ko‘radi. Shuning uchun uning xarakteristikalari nafaqat qoniqarli, balki imkoni boricha ilg‘orlariga yaqin bo‘lgani ma’qul.
19² va 21² o‘lchamli monitorlar ishxonalarda va uydagi kompyuter tizimlarida foydalanilmoqda.
O‘tkazib yuborish (пропускание) polosasi. Matnni sifatli aks ettirish uchun yuqori aniqlik (tiniqlik) talab qilinadi. Buning uchun monitorlarda televizordagiga nisbatan ancha keng bo‘lgan o‘tkazib yuborish polosasi (bandwith)li videosignal trakti sxemasini qo‘llashadi. Tasvir elementi o‘lchami qanchalik kichik bo‘lsa, uni ekranda aniq tasvirlash uchun shunchalik katta chastota zarur. Televidenieda signal polosasi 6,5 MGts bilan cheklangan, yo‘qsa teleefirda shuncha telekanallar joylasha olmas edi. Surat monitorga kabel orqali uzatilgani uchun, bu erda bunday cheklashlar yo‘q va hammasi faqat monitorning sxemotexnik yechimiga bog‘liq. Zamonaviy monitor 15 dyuymli modellar uchun 85-100 MGts enli videosignal o‘tkazib yuborish polosasiga ega bo‘lishi, 17 dyuymlilar uchun 110-150 MGts va katta o‘lchamli modellar uchun 200 Mgts dan katta o‘tkazib yuborish polosasiga ega bo‘lishi kerak. O‘tkazib yuborish polosasi qanchalik katta bo‘lsa, berilgan aniq va har xil tasvirlash qobiliyati uchun monitor shunchalik katta yangilanish chastotasi (refresh rate)ni ta’minlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |