Mikrosxemalar to‘plami. Bir necha maxsus mikrosxemalarsiz, ya’ni tizim platada joylashgan mikrosxemalar to‘plami yoki chipsetsiz protsessor ishini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu mikrosxemalar protsessor, BIOS va shinalarning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlaydi. (asosan Intel, AMD va VIA kompaniyalari ishlab chiqaradi). Ko‘p hollarda tizim platasi shunday loyihalanganki, ma’lum bir mikrosxemalar to‘plami uchun, bu sxemalar unga qulay darajada ulangan bo‘lib, ularni almashtirib bo‘lmaydi.
BIOS. BIOS kiritish/chiqarish baza tizimi kompyuter ishidagi eng past sathda apparat ta’minotni boshqaradi. Yuqorida qayd qilinganidek, tizim platalarida TXQ mikrosxemalari bor, unda tizimli BIOSning dasturiy kodi yozilgan. BIOS mikrosxemalarida muhim amaliy yo‘riqlar mavjud, ular disk yurituvchi, videoadapter va boshqa qurilmalar bilan ishlashi uchun zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |