65- Mavzu: Shaxsiy kompyuterda skanerlarni ulash va tayyorlash
Reja
Skanerlarni ulash interfeyslari
SCSI interfeysi
USB interfeysi
Tayanch so’z va iboralar: SCSI interfeysi, USB interfeysi, Skanerlarni ulash interfeyslari, Parallel port, SCSI interfeysi, USB interfeysi
Skanerlarni ulash interfeyslari stol usti skanerlarining barcha zamonaviy rusumlari kompyuterga ulanish uchun ushbu interfeysdan foydalaniladi. Parallel port, SCSI va USB.
Parallel port: bu interfeysda quyi darajali interfeslarda qo’llaniladi. IEEE 1284 standartiga mos portlardan foydalanilganda ma’lumotlarni uzatish tezligi ortadi. Barcha kompyuterlarda parallel port borligi uchun bu interfeysli skanerlar universaldir.
SCSI interfeysi: SCSI interfeysiga turli qurulmalarni, shu jumladan skanerlarni ham ulash mumkin. Bu ulash usuli ma’lumotlarni qoniqarli uzatish tezligini ta’minlaydi. SCSI adapterlarining zaruriy platalari skaner bilan birgalikda sotiladi.
USB interfeysli: so’ngi vaqtlarda USB shinasi ayniqsa uni Windows 9x operatsion tizimini qo’llaydigan qilinganidan so’ng juda ommalashdi. Bu ulanish tipi ko’p tayyorgarlikka ega bo’lmagan foydalanuvchiga juda qo’l keladi. Kabeli ulansa bo’ldi. Tizimning o’zi barcha zaruriy dasturiy ta’minotni mustaqil o’rgatadi.
Har bir printerda xotira mexrosxemasini mavjud. Lazerli va oqimli printerlarda esa undan tashqari o’rnatilgan protsessor ham bor. Shuningdek printerni maxsuslashtirilgan kompyuter deb ham atasa bo’ladi. Printerdagi xotira bosish vazifasini ma’lumotlarni kiritish uchun bog’lovchi bo’lib xizmat qiladi. U tasvir shrifti va buyruqlarni yaratish jarayonida ma’lumotlarni saqlash uchun hamda shriftlarni yozish va boshqa ma’lumotlarni vaqtincha saqlash uchun mo’ljallangan. Lazerli va oqimli printerlar xotirasining imkoniyatlarining ko’zgusi bo’ladi.
Printer xotirasida butun betdagi rastrli tasvirni (grafik tasvirni va shriftni) yaratish so’ng uni bosib chiqarish kerak bo’ladi. Bosishdan oldin har bir vektorli satrga qaytadan tuziladi. Shulardan biri hozirgi zamon skanerlari universal deb hisoblanib ko’p masalarni yechish uchun foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir.
Skanerning eng keng tarqalgan turi, bu-planshetlidir.65.1-rasmda uning ish tamoyili keltirilgan.
65.1-rasm.Skaner ishining sxemasi
Bularda ham, skanerlarning boshqa tiplaridagi kabi, originaldan qaytgan nur ishlatiladi. Biroq qo‘lli va varaq tortuvchi qurilmalardan farqli o‘laroq stol usti rusumlari qaytgan nurni aniqroq qayd etish mexanizmiga ega. Bu rusumlarda nur skanerlashdan keyin va hatto undan oldin uzunroq yo‘l o‘tadi, chunki u rangli tasvirlarni skanerlashda qizil, yashil va ko‘k tashkil etuvchilarni ajratish uchun yorug‘lik filtrlaridan o‘tadi. Yorug‘lik nuri originalga tushadi, undan qaytadi va oynalar tizimi orqali yorug‘lik sezgir diodlarga tushadi, u yerda elektr signaliga o‘zgartiriladi. Bu signal analog-raqamli o‘zgartirgichga tushadi, u yerda original piksellarini ( bo‘z rangning oq va qora tuslari, rangli tuslar) ifodalaydi. Bu raqamli axborot keyingi ishlab chiqish uchun kompyuterga uzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |