Mashg`ulotning rejasi:
a) o'tilgan mavzuni takrorlash b) yangi mavzu bayoni c) mustahkamlash. d) O'quvchilarni baxolash
O'tilganlarni takrorlash:
’ 1. Sinfdoshlaringiz bilan Erkin Vohidov hayoti va ijodi to`g`risida savol- javob uyushtiring.
Ota-onangiz yordamida Erkin Vohidov she’rlari bilan aytiladigan qo‘shiqlar ro‘yxatini tuzing.
«O‘zbegim» qasidasida xalqimiz tarixining qaysi sahifalari tilga olinadi?
Oasidadagi:
Sen na zardusht, sen na buddiy, senga na otash, sanam,
Odamiylik dini birla toza iymon, o ‘zbegim, —
Yangi mavzu bayoni:
Davlatimiz madhiyasini bilasiz, albatta. Tantanali marosimlarda aytilganini ko‘p ko‘rgansiz. O‘zingiz ham yod olgansiz. Xalqaro mu- sobaqalarda sportchimiz g‘olib kelib, bayrog‘imiz ko‘tarilganida, mad- hiyamiz yangraganini g‘urur va iftixor bilan kuzatgansiz. Faqat tanta- nalarda emas, u bizga doim hamroh. Radio va televideniye har bir kunini mana shu madhiyamiz bilan
boshlaydi va u bilan tugatadi. Chunki u — bizning davlatimiz ramzi, mustaqilligimiz ramzidir. U — dunyodagi qanchadan qancha mamlakatlar orasida tengma-teng yashab kela- yotganimiz ramzidir. Mana shu madhiyaning so‘zlari muallifini bila-
sizmi? Uni yozgan Abdulla Oripov bo‘ladi.
Abdulla Oripov — bugungi o‘zbek adabiyotining zabardast vakillari- dan. Mashhur shoir, taijimon, jamoat arbobi, O‘zbekiston Qahramoni.
Shoir 1941-yilning 21-martida Qashqadaryo viloyati Koson tumani- ning Neko‘z qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi Orif bobo ko‘pni ko‘igan, donish- mand kishilardan edi. Elda e’tiborli, ko‘p yillar rahbar bo‘lib kelgan, so‘zni topib so‘zlaydiganlardan edi. Mustaqillik kunlariga yetishib, o‘g‘lining shon- shuhratini ko‘rib vafot etdi. Onasi Turdi Karvon qizi shoirtabiat, xalq adabiyotini nozik his qiluvchi fozila ayollardan edi. Erta vafot etdi. Lekin suyukli o‘g‘lining birinchi kitobini ko‘rib ketdi. Ehtimolki, Abdullaning kelajagini bashorat qilib ketdi. Bu tuyg‘ular uning «Onajon» she’rida juda samimiy ifodalangan. So‘ngroq u shu nomda butun bir kitob ham yozadi.
Bo‘lajak shoir Neko‘zdagi o‘rta maktabda o‘qidi. Ta’lim-tarbiyasida oila muhitining ta’siri katta bo‘ldi. To‘rt aka-ukaning hammasi adabiyot muxlisi edilar. Kattasi institutni bitirib, maktabda Mashg`ulot berar, ikkitasi oliy
o‘quv yurtlarida o‘qishar, uyida yaxshi kitoblar ko‘p bo‘lar edi. She’rga, kitobga mehr Abdullada maktab yoshida paydo bo‘ldi. Dastlabki she’rlari o‘quvchiligida bosildl Birinchi maslahatchilari akalari va muallimlari bo‘ldilar.
Abdulla Oripov 1958-yilda o‘rta maktabni oltin medal bilan bitirib, Toshkentga keladi va SAGU (hozirgi O‘zMU)ning filologiya fakultetiga o‘qishga kiradi. 1963-yilda ushbu fakultetning jumalistika bo‘limini tamomlaydi va nashriyotlarda ishlaydi. Birinchi kitobi 1965-yilda «Mitti yulduz» nomi bilan bosilib chiqadi. Bu mitti kitobcha adabiyotimizga katta iste’dod kirib kelayotganini ma’lum qiladi. Yosh shoir she’rlaridagi hech kimnikiga o‘xshamagan dard va ohanglar, kutilmagan o'xshatish — manzaralar, dadil xulosalar birdan hammaning diqqatini o‘ziga qaratib oladi. Unga o‘z davrining eng mashhur adiblari, masalan, Abdulla Qahhor e’tibor bilan qaragan va salohiyatiga yuksak baho bergan edi.
.O'quvchilarni jpaholash.
.Abdulla Oripovning hayot yo‘li haqida so'zlab bering.
Shoiming qanday asarlarini bilasiz?
Oczbekiston Davlat madhiyasi so‘zlarini yoddan aytib, tushuntirib bera olasizmi?
«O‘zbekiston» qasidasida nima haqda gap ketadi? Sizda u qanday taassurot qoldirdi?
«Oczbekiston, Vatanim manim!» satrining asar yozilgan davr uchun bo‘lgan ahamiyatini qanday tushunasiz?
Shoir ona Vatan tarixi haqida so‘z yuritganida qaysi siymolar haqida to‘xtab o‘tishni lozim ko‘radi va nima uchun?
Uyga vazifa adib asarlaridan na'munalar o'qish.
Do'stlaringiz bilan baham: |