Inflyatsiya va aksilinflyatsiya siyosati



Download 385,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana16.12.2022
Hajmi385,84 Kb.
#888465
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
INFLATSIYA



Inflyatsiya va aksilinflyatsiya siyosati 
 
 
 
 
 
Reja: 
 
1.
 
1.Inflyatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari 
2.
 
Inflyatsiyaning turlari. Talab va taklif inflyatsiyasi 
3.
 
Inflyatsiya va ishsizlik o’rtasidagi bog’liklik. Fillips egri chizig’i 
4.
 
Aksilinflyatsiya siyosati 


1.Inflyatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari
Inflyatsiya ( lotincha inflatio - shishish, bo’rtish, taranglashish) – ma’lum 
davr mobaynida mamlakatda narxlar o’rtacha (umumiy) darajasining barqaror 
o’sishi, pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi. Inflyatsiya bozor 
iqtisodiyotining asosiy izdan chiqaruvchi omillari jumlasiga kiradi, uning sur’ati 
qanchalik yuqori bo’lsa, iqtisodiyotga xavfli ta’siri shunchalik katta bo’ladi. 
Ayniqsa bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga o’tayotgan 
mamlakatlarda inflyatsiyaning iqtisodiyotga ta’siri ancha xavfli. Chunki, bu davr 
narxlarning erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasi keskin 
oshib ketishi bilan bog’liq.
Ammo inflyatsiya davrida barcha tovarlarning narxlari ham oshavermaydi: 
ayrimlariniki barqaror bo’lib tursa, ba’zilariniki esa tushishi mumkin.
“Inflyatsiya” atamasi ilk bor Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi 
Fuqarolar urushi davrida qo’llanildi. Inflyatsiyaning atamasi muomaladagi qog’oz 
pul massasining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan ziyod ko’payib ketishi 
holatini izohlangan. . Ammo inflyatsiyaning bunday tavsifi mukammal emas va 
uning sabablarini ochib bermaydi. Umuman olganda inflyatsiya pul muomalasi 
qonunlarining buzilishi shakli sifatida makroiqtisodiy muvozanatning buzilishini, 
talab va taklif nomutanosibligini anglatadi.
Keynschlar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning sababi to’liq 
bandlik sharoitida talabning haddan ziyod bo’lishida deb bilishadi. Shu sababli
ular ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi past bo’lsa byudjet 
taqchilligi va qo’shimcha pul chiqarish yo’li bilan xarid qobiliyatini, boshqacha 
aytganda yalpi talabni ko’paytirish inflyatsiyaga olib kelmaydi deb 
hisoblashishadi.
Neoklassik 
yondoshuv 
tarafdorlari 
inflyatsiyaning 
manbai 
ishlab 
chiqarishning haddan ziyod o’sishida, ishlab chiqarish xarajatlarining ko’payishida 
deb bilishadi. Demak keynschilar inflyatsiyaga talab tomonidan, neoklassiklar esa 
taklif tomonidan yondoshishadi.


Agar iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlar massasi yalpi talabga nisbatan 
sekinroq o’ssa, yoki yalpi talab ko’paygani holda o’zgarmasdan tursa, bu 
nomutanosiblik narxlar darajasining ko’tarilishi orqali bartaraf etiladi. Oqibatda 
pul birligining xarid qobiliyati pasayadi va milliy iqtisodiyotning qo’shimcha pul 
massasiga ehtiyoji paydo bo’ladi.
Inflyatsiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi, balki butun takror 
ishlab chiqarish mexanizmining kasali, makroiqtisodiy buzilishlar natijasidir. 
Narxlarning o’sishi, pul birligi xarid qobiliyatining pasayishidan tashqari 
inflyatsiya namoyon bo’lishining quyidagi uch belgisi ham bor. Bular:
1.
Valyuta kururslarining o’zgarishi;
2.
Kredit berish shartlarining qimmatlashuv va muddatlarining qisqarishi tomon 
o’zgarishi;
3.
Kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste’mol savati narxsining o’sishi.
Inflyatsiya narx indekslari - deflyator va iste’mol narxlar indeksi yordamida 
aniqlanadi.
Narxlar o’rtacha (umumiy) darajasining nisbiy o’zgarishi inflyatsiya darajasi 
(narxlarning o’sish sur’ati) deb ataladi. Makroiqtisodiy modellarda inflyatsiya 
darajasi quyidagicha ifodalanishi mumkin:
Pt-Pt-1
= ----------
Pt-1
bunda: – yillik inflyatsiya sur’ati; Pt - joriy yilning narxlar indeksi;
Pt-1 - o’tgan yilning narxlar indeksi.
Inflyatsiyani miqdoran o’lchash uchun makroiqtisodiyotda «70-miqdor 
qoidasi» deb atalgan usuldan ham foydalaniladi. Bu usul narxlarning barqaror 
o’sishi sharoitida inflyatsiya darajasi necha yilda ikki baravarga oshishini aniqlash 
imkonini beradi. Buning uchun 70 ni yillik inflyatsiya darajasiga bo’lish kifoya:


Real YaIM va jamg’armaning necha yildan so’ng ikki marta oshishini 
hisoblash zarur bo’lgan hollarda ham «70-miqdor qoidasidan» foydalaniladi.

Download 385,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish