rasm. Xizmatlar iste’mol narxlari indeksi17
Xizmat tariflarining eng yuqori o`sish darajasi 2008 va 2010 yilda qayd etilgan. Bu ikki yilning o`ziga xos xususiyatlari, uy-joy kommunal xizmatlari (2008 yilda o`rtacha 42,0% va 2010 yilda 31,6%ga), maktabgacha ta`lim muassasalari xizmatlari (2008 yilda 2 baravardan ziyodroq va 2010 yilda 32,0%ga) va ta`lim xizmatlari (2008 yilda 54,0%ga va 2010 yilda 51,3%ga) sohalarida tariflarning maksimal darajada o`sganligidan dalolat berdi.
rasm. 2005-2017-yillardagi xizmatlarning o’rtacha yillik iste’mol
narxlar indeksi18
2017-yilda esa mamlakat aholisiga xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha narxlar va tariflar o‘rtacha 8,6%ga oshdi va INIni umumiy 1,8%darajada o‘sishiga olib keldi. Ushbu sohadagi asosiy inflyatsiya omillari aloqa xizmatlari ta‘riflarini 23,9%ga, yuridik va bank xizmatlari 15%ga, maishiy xizmatlar 8,3%ga, uy-joy kommunal xizmatlari 7,1%ga, yo‘lovchi tashish transport xizmatlari 6,9%ga o‘sib, INI ni umumiy o‘sish sur‘atiga 1,45 darajada ta‘sir ko‘rsatdi.
Inflyatsiya darajasini kelgusidagi prognozi. 2019 yil 26 yanvar kuni Markaziy bank Boshqaruvi qayta moliyalash stavkasini yillik 16 foiz darajasida o’zgarishsiz qoldirish to’g’risida qaror qabul qildi.Mazkur qaror pul-kredit siyosatining inflyasiyani jilovlashga qaratilgan yo’nalishini saqlab qolish, real foiz stavkalari ijobiyligini ta'minlash va inflyatsion kutilmalarni pasaytirish maqsadlariga asoslangan. Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar. 2018 yil yakunlari bo’yicha inflyatsiya darajasi yillik hisobda 14,3 foizni tashkil etdi. Bunda, 2018 yilning dekabr oyida narxlarning oylik o’sishi o’tgan yilning mos davriga (4,1 foiz) nisbatan pasayib 2,1 foizni tashkil etdi.
Shuningdek, 2018 yilning II–IV choraklari davomida choraklik inflyatsiya darajasini 2017 yilning mos davriga nisbatan pasayishi kuzatildi.Ayni paytda, IV chorakda ichki talabning yuqori bo’lishi, tartibga solinadigan narxlarning oshishi va almashuv kursi dinamikasi kabi ham talab ham xarajat omillari ta'sirida iqtisodiyotda yuqori inflyatsion bosim saqlanib qoldi.
2018 yil sentyabr oyida qayta moliyalash stavkasining oshirilishi bilan bir qatorda prudensial nazorat choralarining kuchaytirilishi kreditlashning narxga bog’liq hamda narxga bog’liq bo’lmagan sharoitlarini qat'iylashtirish va yakunda kreditlar o’sish sur'atini maqbullashtirish imkonini berdi.
Meva va sabzavotlarini saqlash infratuzilmasi yaxshilanishi hisobiga ularning narxlaridagi mavsumiy tebranishlar nisbatan past bo’lganligi hamda hukumat tomonidan bozorlarni asosiy iste'mol mahsulotlari bilan to’ldirish bo’yicha ko’rilgan choralar, oziq-ovqat tovarlari inflyatsiyasini keskin o’sishining oldini olishga yordam berdi. Noyabr oyida energiya resurslar narxlari oshirilishining 2018 yilgi inflyatsiya darajasiga ikkilamchi ta'siri prognoz qilingan ko’rsatkichlardan past darajada bo’ldi. Bu, o’z navbatida, 2019 yilda ishlab chiqarish xarajatlarining oshishi hisobiga inflyasiyani tezlashishiga ta'sir ko’rsatishi mumkin. Shuningdek, 2019 yilning yanvar oyidan narxlarning soliq tizimidagi o’zgarishlarga (asosan QQS bazasining kengaytirilishi) oldindan moslashishishi amalga oshmadi, bu biznes vakillarida soliq tizimidagi o’zgarishlar ularning moliyaviy faoliyati va ishlab chiqarish xarajatlariga ta'siri xususida noaniqliklar saqlanib turganligi bilan izohlanadi.Natijada, yillik inflyatsiya darajasi (14,3 foiz) sentyabr oyidagi prognoz ko’rsatkichga (16-17 foiz) nisbatan past bo’ldi. 2018 yilning oktyabr-noyabr oylarida aholi va biznes vakillarining qisqa va o’rta muddatli inflyasion kutilmalari tartibga solinadigan narxlar o’sishi sharoitida oshib bordi. Dekabr oyida respondentlar tomonidan yangi yil bayramidan so’ng savdo faolligining susayishi taxmin qilinganligi qisqa muddatli kutilmalarni tushishiga sabab bo’ldi. O’rta muddatli inflyasion kutilmalarda ham biroz pasayish kuzatilgan bo’lsada, noyabr oyidagi energiya resurslarning qimmatlashishi hisobiga inflyasion kutilmalar yuqori darajada saqlanib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |