Avstraliya, Finlandiya va Shvesiyada Markaziy bank inflyasiyaning maqsadli ko‘rsatkichini hukumatning qo‘llab-quvvatlash xususidagi roziligini olmasdan turib e'lon qilgan.
Kanada va Yangi Zelandiyada inflyasiyaning maqsadli ko‘rsatkichi Markaziy bank va Moliya vazirligining o‘zaro kelishuvi asosida ishlab chiqildi.
3. Inflyasiyaga qarshi kurashish yo‘llari
Kanada va Yangi Zelandiyada maqsadli ko‘rsatkichga erishish uchun 18 oylik muddatni belgilandi.
Mazkur muddat tugagandan so‘ng, inflyasiyaning darajasini bosqichma-bosqich pasaytirish maqsadida, Yangi Zelandiyada yana 12 oylik, Kanadada – 18 oylik muddat belgilandi.
Belgilangan yangi muddatlar tugagandan so‘ng har ikkala mamlakatda inflyasiyaning maqsadli ko‘rsatkichini ta'minlashga muvaffaq bo‘lindi va har ikkala mamlakatda yana besh yillik davrga inflyasiyaning maqsadli ko‘rsatkichi belgilandi.
3. Inflyasiyaga qarshi kurashish yo‘llari
2. Davlat byudjeti defisitini oshishiga yo‘l qo‘ymaslik
Davlat byudjeti defisiti YaIMga nisbatan 3 foizdan oshmasligi kerak.
Davlat byudjeti defisitining YaIMdagi salmog‘ini 1 foizli punktga qisqarishi inflyasiyaning 8,75 foizli punktga pasayishiga olib keladi. Bunda Davlat byudjeti defisiti va inflyasiya o‘rtasidagi sezilarli statistik bog‘liqlik nafaqat yuqori inflyasiya sharoitida, balki oqilona inflyasiya sharoitida ham kuzatildi.
3. Inflyasiyaga qarshi kurashish yo‘llari
3. Pul massasining past va barqaror sur'atlarda o‘sishini ta'minlash
Buning uchun Markazyi bank pul agregatlaridan birini tanlab olib, uning past va barqaror darajada o‘sishini ta'minlashi kerak.
Hozirig kunda Yevropa Markaziy banki M3 pul agregatini, AQSh, Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston Markaziy banklari M2 pul agregatini o‘sishini nazorat qiladi.
3. Inflyasiyaga qarshi kurashish yo‘llari
4. Tovarlar ishlab chiqarish hajmini qisqarishiga yo‘l qo‘ymaslik
Tovarlar ishlab chiqarish hajmining qisqarishi tovarlar defisitini yuzaga keltiradi va buning natijasida tovarlarning baholari oshadi.
Ushbu usul boy mamlakatlar bilan qo‘shni bo‘lgan davlatlarda muvaffaqiyatli qo‘llanilgan.
Masalan, Meksikada ushbu usul qo‘llanilganda fuqarolar AQShga ishlashga , Pol'shada qo‘llanilganda fuqarolar Germaniyaga ishlashga yoppasiga ketishgan.
3. Inflyasiyaga qarshi kurashish yo‘llari
6. Soliq yukining og‘irlashishiga yo‘l qo‘ymaslik
Soliq yukining og‘irlashishi tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni tovarlarning baholarini oshirishga majbur qiladi. Buning oqibatida inflyasiya darajasi oshib ketadi.
3. Inflyasiyaga qarshi kurashish yo‘llari
7. Tabiiy monopoliyalar mahsulotlari va xizmatlarining baholarini o‘sishini cheklash
Rossiyada 2016 yilda tabiiy monopoliyalar mahsulotlari va xizmatlari baholarining o‘sishini cheklashga muvaffaq bo‘linganligi inflyasiyaning maqsadli ko‘rsatkichiga erishish imkonini berdi.
2016 yilda mazkur baholarning o‘sish sur'ati 1,3 foizni tashkil etdi.