O`zbekiston Respublikasida inflyatsiyaning asosiy ko`rsatkichlari, 1998-2020yy. (o`tgan yilning mos davriga nisbatan baholarning o`sishi, %) jadval 3
Yillar
|
Iste`mol baholar indeksi (IBI), jamlangan
|
Oziq-ovqat tovarlari
|
Nooziq-ovqat tovarlari
|
Xizmatlar
|
1998
|
249,5
|
252,7
|
185,0
|
465,2
|
1999
|
54,0
|
99,3
|
31,9
|
100,9
|
2000
|
58,8
|
55,2
|
65,1
|
71,4
|
2013
|
17,9
|
12,6
|
18,8
|
52,6
|
2014
|
29,1
|
25,6
|
33,7
|
43,8
|
2015
|
24,9
|
18,9
|
36,6
|
47,1
|
2016
|
27,4
|
27,9
|
21,1
|
36,9
|
2017
|
27,6
|
28,0
|
19,3
|
41,3
|
2018
|
10,3
|
5,4
|
13,9
|
30,9
|
2019
|
12,4
|
8,5
|
15,6
|
30,1
|
2020
|
0,7
|
-6,4
|
7,2
|
26,6
|
Qat`iy belgilangan almashuv kursini joriy qilish ma`lum darajada inflyatsiyani jilovlab turish imkonini beradi, ammo uning moslashuvgan bo`lmaganligi sababli, inflyatsiyani pasayish sur`atlari sekin kechadi. Agar mamlakatda belgilangan nominal almashuv kursi mavjud bo`lgan sharoitda inflyatsiya darajasi savdo sheriklari bo`lgan mamlakatlardagiga nisbatan yuqori bo`lsa, u holda bu mamlakat valyutasining real almashuv kursi oshadi. Bunday sharoitda unumdorligini tegishli ravishda oshmasligi mamlakat korxonalari tashqi raqobatbardoshligiga jiddiy putur etkazadi va iqtisodiy o`sishni jilovlaydi. Halqaro amaliyotda aynan shunday bir nechta mamlakatlarda kuzatiladi. Masalan, 1996 yilning oxirida Chexiya respublikasida iqtisodiy o`sish sur`atlarining pasayishi kuzatiladi. Bu holatning sabablari tahlil qilinganda shu narsa ma`lum bo`ldiki, mamlakatda real ish hakining o`sish sur`atlaridan yuqori bo`lgan mamlakatning eksport sohasida turg`unlik alomatlari paydo bo`ldi.
Odatda, eksport sohasida hukumati tomonidan milliy valyutaning almashuv kursini deval`vatsiya qilinishiga olib keladi. Ammo inflyatsiyani kuchaytiruvchi manbadir.
Makroiqtisodiy barqarorlikka erishilgan paytda suzib yuruvchi almashuv kursi markaziy bankka, mamlakatning xo`jalik sub`ektlariga ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlar natijasida favqulodda yuzaga keladigan o`zgarishlarga moslashish imkonini berishi mumkin. Bundan tashqari, suzib yuruvchi almashuv kurslari mamlakatga xorijiy kapitallarni oqib kelishini kuchaytirish mumkin, buning natijasida esa milliy valyutaning almashuv kursi ko`tariladi, va bu holat, uning kursini ma`lum darajada foydalan almashuv, kursidan orqali nishon sifatida foydalanmaslik (kursning o`zgarishiga befarq munosabatda bo`lish) inflyatsiya jarayonlarinii kuchayib ketishiga olib kelishi ham mumkin.
Bayon qilingan fikr-mulohazalarga asoslangan holda quydagi xulosani shakllantirish mumkin: suzib yuruvchi valyuta kursi rejimida inflyatsiyaning o`sishi real almashuv kursining oshirishiga olib kelishi mumkin, bu esa, mamlakat korxonalarininng eksport salohiyatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Shu sababli, milliy valyuta kursiga nisbatan mezilarli taziq yuzaga kelsa, u holda milliy valyutani vaqti - vaqti Bilan deval`vatsiya qilib turish lozim. Agar mamlakatda milliy valyuta kursiga nisbatan valyuta yo`lakchasi joriy qilingan bo`lsa, u holda milliy valyutaning yo`lakchada tebranish diapazonini kengaytirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |