Tuproq tarkibidagi kul va chirindi moddalarning o`simliklar hosildorligiga ijobiy ta`sir qilishi avvaldan malum. Ammo bu fikrga birdaniga kelinmagan. Masalan, gollandiyalik olim Ya.B. Van-Gelmont (1629) 91 kg quruq tuproq sig`adigan chelakga massasi 2,25 kg bo`lgan tol qalamchalarini ekgan va uni doimiy ravishda yomg`ir suvi bilan sug`orib turgan. Besh yil o`tganidan so`ng tuproq va tolning og`irliklari alohida-alohida o`lchab ko`rilganida tolning og`irligi 77 kg.ni (75 kg qo`shilgan) tashkil qilgani holda tuproq og`irligi 0,56 kg.ga kamaygan xolos. Demak, har yili to`kiladigan barglarni hisobga olmagan holda ham o`simlik massasi 33 baravar ortgan. Shunga asoslanib Ya.B. Van Gelmont o`simliklar gavdasi suvdan tuziladi degan noto`g`ri xulosa qilgan va buning asosida o`simliklar oziqlanishining "Suv nazariyasi" paydo bo`ldi. Mineral elementlarning o`simliklardagi miqdori. - O`simliklar atrof muhitdan u yoki bu miqdorda deyarli barcha davriy sistemada uchraydigan elementlarni o`zlashtiradi. Ammo, boshqa kimyoviy elementlar bilan almashtirib bo`lmaydigan, o`simliklarning o`sishi va rivojlanishi uchun o`ta zarur bo`lgan 19 ta element alohida ahamiyatga ega. Ular C, H, O, N, P, S, K, Ca, Mg, Fe, Mn, Cu, Zn, Mo, B, CI, Na, Si, Co kabi elementlardir. Bulardan faqatgina 16 tasi mineral elementlardir. Chunki, C, H va O o`simliklarga asosan CO2, O2 va H2O holida o`zlashtiriladi. Ushbu elementlarning keyingi uchtasining o`simliklar rivojlanishi uchun zarurligi hozircha o`z tasdig`ini to`la topgani yo`q. Masalan natriy elementining ayrim o`simliklar masalan, lavlagi va sho`rlanishga moslashgan o`simliklar tomonidan o`zlashtirilishi kuzatilgan xolos. Kremniy esa sholi uchun o`ta zarur bo`lib boshoqdoshlar somoni tarkibida ham ko`p uchraydi.
O`simliklarda oltingugurtning miqdori juda kam, quruq og`irlikga nisbatan 0,2-1,0% atrofida. Yuksak o`simliklardan ko`proq dukkakdoshlar oilasi vakillari oltingugurtga nisbatan talabchan bo`ladi, chunki ularda ko`p miqdorda oqsil sintezlanadi. Bizga ma`lumki oltingugurt oqsillar tuzilishida disulfid bog`lar hosil qiladi. Shuningdek oltingugurt butguldoshlar oilasi vakillari tarkibida ham nisbatan ko`proq uchraydi. - O`simliklarda oltingugurtning miqdori juda kam, quruq og`irlikga nisbatan 0,2-1,0% atrofida. Yuksak o`simliklardan ko`proq dukkakdoshlar oilasi vakillari oltingugurtga nisbatan talabchan bo`ladi, chunki ularda ko`p miqdorda oqsil sintezlanadi. Bizga ma`lumki oltingugurt oqsillar tuzilishida disulfid bog`lar hosil qiladi. Shuningdek oltingugurt butguldoshlar oilasi vakillari tarkibida ham nisbatan ko`proq uchraydi.
- Oltingugurt hujayralarda SN-sulfgidril va disulfid holida uchraydi (-S-S-). U sistein, tsistin va metionin kabi aminokislotalari tarkibiga kiradi. Shuningdek fermentlar faolligini oshirishda ham oltingugurtning ahamiyati katta. U atsetil-CoA, biotin va tiamin kabi vitaminlar tarkibiga kiradi. Ayniqsa oltingugurtning atsetil-CoA tarkibiga kirib makroergik bog` hosil qilishi katta ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |