Induvidal loyiha


Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti



Download 0,91 Mb.
bet3/24
Sana26.01.2023
Hajmi0,91 Mb.
#903198
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Kurs ishi

Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti – Xitoy iqstisodiyoti.
Bitiruv malakaviy ishning predmeti - Xitoyning elektron tijorati.
Tadqiqotning ilmiy yangiliklari quyidagilardan iborat:

  • Muallif tomonidan Xitoyda elektron tijoratning zamonaviy tahlili qilingan.

  • Muallif tomonidan Xitoyda elektron tijoratning muammo va istiqbollari belgilangan.

  • Muallif tomonidan O`zbekistonda elektron tijoratning rivojlanish istiqbollari ko`rib chiqilgan.

Ishning amaliy ahamiyati – mamlakatimizda o'rta muddatli prespektiv elektron tijoratni rivojlantirish uchun kontseptual yondashuvni ishlab chiqish, uchinchi tomon xizmatlari bilan respublikada elektron tijorat tizimi faoliyatini takomillashtirishdan iborat. Ushbu ilmiy ishdan “elektron tijorat” hamda “XXR iqtisodiyotida elektron tijorat ro`li” kabi maxsus kurslarni o‘qitishda va amaliyotida foydalanish mumkin.
Undan tashqari milliy iqtisodiyotda elektron tijorattizimini rivojlantirish orqali iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, u orqali jahon xo‘jalik tizimiga chuqurroq integratsiyalashuvni amalga oshirish har qanday mamlakat oldidagi muhim vazifa hisoblanadi. Bu vazifani hal qilishda yaxshi rivojlangan elektron tijoratbozori mavjudligi muxim axamiyatga ega. Xitoy Xalq Respublikasida taraqqiy etgan elektron tijorat tizimi mavjud bo‘lib, bu masalada Xitoy Xalq Respublikasi tajribasini o‘rganish ko‘plab mamlakatlarda qiziqish uyg‘otgan.
Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovadan iborat.
I Bob. Elektron tijoratning mamlakat milliy iqtisodiyot rivojlanishidagi ahamiyati va ro`li.
1.1 Elektron tijorat o`zi nima va uning vujudga kelishi.
Internet global tarmog‘ining paydo bo‘lishi bilan elektron tijorat ham barcha turdagi firmalar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Avvallari, elektron axborot almashinuvi bilan shug‘ullanish imkoniyati faqatgina yirik kompaniyalarda mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bugunga kelib bu narsa oddiy holatga aylanib qoldi. Elektron tijorat nafaqat onlayn-tranzaksiyalarni, balki onlayn-marketing, hamkorlar va ta’minotchilar bilan onlayn-aloqada bo‘lish, elektron hujjat almashinuvi va boshqalarni ham o‘z ichiga oladi.
Bu soha – biznes yuritishning eng zamonaviy usuli bo‘lib, firmalarga, ulgurji savdogarlarga qo‘shimcha buyurtmachilarni jalb qilish hisobiga daromadlarni oshirish, xarajatlarni qisqartirish, tovar va xizmatlar sifatini oshirish, ularni yakuniy iste’molchiga yetkazish sur’atini tezlashtirish imkonini beradi.
XX asrning so‘nggi o‘n yilligida “raqamli iqtisodiyot” degan tushuncha paydo bo‘ldi. Raqamli iqtisodiyot – bu, raqamli texnologiyalarga asoslangan bo‘lib odatda, uni internet-iqtisodiyot, elektron iqtisodiyot, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot deb ham atashadi.2
Internet-iqtisodiyot o‘zining an’anaviy turidan ko‘p jihatlari bilan farq qiladi: kommunikatsiya, bozor tuzilishi, narx va shu kabilar. Hayotimizga internetiqtisodiyotning kirib kelishi natijasida kompaniyalar o‘z mahsulotlarini nafaqat mahalliy yoki mamlakat ichidagi xaridorlarga, balki butun dunyo bo‘ylab taqdim qilishi mumkin bo‘lib qoldi. Bugungi kunda elektron iqtisodiyot faqatgina elektron savdo bilan cheklanib qolmay, balki hayotimizning barcha jabhalarini – sog‘liqni saqlash, ta’lim, bank ishi va boshqalarni ham o‘z ichiga qamrab olmoqda.
Elektron biznes yoki internet-biznes – bu, yangi paydo bo‘lgan biznes-model bo‘lib, unda biznesga oid ma’lumotlarni almashish hamda tijoratga oid tranzaksiyalar axborot tizimlari yordamida avtomatlashtiriladi. Bunda, ma’lumotlarni o‘tkazish hamda veb-servislarni taqdim qilish uchun internet-texnologiyalardan keng foydalaniladi. Ushbu atama ilk marta 1996-yilda IBM korporatsiyasining sobiq bosh direktori Lui Gerstner tomonidan ishlatilgan.3 Sodda qilib aytganda, elektron biznes – bu, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositasida amalga oshiriladigan biznesdir. Elektron tijorat ham elektron biznesning bir bo‘lagi bo‘lib, unda tovar va xizmatlar kompaniyalar, iste’molchilar o‘rtasida ayirboshlanadi. Shuning uchun ham u elektron biznesning eng muhim, ajralmas qismi sanaladi. Elektron tijorat, odatda, o‘zida elektron biznes yuritishning savdo-sotiqqa oid sohasini aks ettiradi. Bundan tashqari, u biznes tranzaksiyalarining moliyalashtirish hamda to‘lovni amalga oshirish kabi bosqichlarini ham ifodalaydi.
“Elektron tijorat” tushunchasiga turli adabiyotlarda har xil ta’rif berilgan. Umuman olganda esa, elektron tijorat deyilganda, elektron axborot texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan tijoriy faoliyat tushuniladi.4
Elektron tijorat (inglizcha, “electronic commerce” yoki “e-commerce”) – bu, iqtisodiyotning zamonaviy sohasi bo‘lib, u Internet va boshqa turdagi kompyuter tarmoqlari kabi elektron tizimlar orqali mahsulotlar yoki xizmatlarni sotish hamda sotib olishni o‘z ichiga oladi. Elektron tijoratni amalga oshirishda elektron kapital harakati (electronic funds transfer, EFT), ta’minot zanjirini boshqarish (supply chain management), internet-marketing, tranzaksiyalarni onlayn rejimida qayta ishlash (online transaction processing), elektron axborot almashinuvi (electronic data interchange, EDI), moddiy-texnikaviy resurslarni boshqarish hamda ma’lumotlarni avtomatik ravishda yig‘ish tizimlari kabi texnologiyalardan foydalaniladi.
Elektron tijorat biznes yuritishning an’anaviy ko‘rinishlariga qaraganda bir qancha afzalliklarga ega:

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish