Industrial iqtisodiyot


 Sanoat tarmoq tuzilmasi va uni belgilovchi omillar



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/172
Sana04.03.2023
Hajmi2,81 Mb.
#916368
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   172
Bog'liq
57fd0f14a0904f8d6e60d538573bb01a INDUSTRIAL IQTISODIYOT 1 — копия

3.3. Sanoat tarmoq tuzilmasi va uni belgilovchi omillar 
Tarmoq tuzilmasi deganda, uning tarkibi, tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlar 
va o‘zaro bog‘liqlik tushuniladi. Tarmoq tuzilmasi sanoat taraqqiyoti 
darajasini belgilaydi hamda unda yuz bergan va yuz beradigan o‘zgarishlarni 
aks ettiradi. 
Tarmoq tuzilmasiga binoan quyidagi jihatlarni aniqlash mumkin bo‘ladi: 

ijtimoiy mehnat taqsimoti va kooperatsiyaning darajasini; 

mamlakatning iqtisodiy jihatdan mustaqil ekanligini; 

sanoat va butun iqtisodiyotning ilmiy-texnika salohiyatini; 

mamlakat va uning viloyatlari sanoatining rivojlanish darajasini; 

sanoat tarmog‘ining “A“ guruhi bilan “B“ guruhi o‘rtasidagi ishlab 
chiqarish aloqadorligini; 

ijtimoiy 
mehnat 
unumdorligi 
yoki 
ijtimoiy-iqtisodiy 
samaradorligining darajasini; 

mehnatkashlarning moddiy faravonligi va madaniy darajasi 
o‘sganligini. 
Sanoat tarmoqlari tuzilmasini tavsiflash uchun ayrim tarmoqlar 
o‘rtasidagi ma’lum ishlab chiqarish aloqadorligini ifodalovchi miqdoriy 
nisbatlarni aniqlab olish kerak. Bu muammoni hal etish uchun bir qator 
ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Ulardan biri tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlarni 
ifodalasa, ikkinchisi ma’lum davr ichidagi tuzilmaviy o‘zgarishlarni, 
uchinchisi esa ishlab chiqarish aloqalarini ifodalaydi. 
Tarmoq tuzilmasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar jumlasiga quyidagilar 
kiradi: 
-
mustaqil sanoat tarmoqlarining soni; 
-
tarmoqlarning sanoat ishlab chiqarish umumiy hajmidagi salmog‘i; 
-
tarmoq rivojining sur’ati; 
-
tarmoqning ilgarilab ketish koeffitsiyenti.
Mustaqil sanoat tarmoqlarining soni mamlakat industrial taraqqiyoti, 
uning iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyati, iqtisodiy jihatdan mustaqilligini 
ifodalaydi.
Tarmoqning yalpi mahsulot sanoat ishlab chiqarishi umumiy hajmidagi 
ulushi, ishchilar soni va asosiy fondlar qiymatidagi salmog‘i ko‘rsatkichlari 
bilan o‘lchanadi. 
Tarmoqning rivojlanish sur’atini quyidagicha ifodalash mumkin: 
Х
П
C
*
100


bu yerda C – tarmoqning rivojlanish sur’ati; 
П – tarmoq rivojlanishining rejali darajasi; 
X – tarmoq rivojining hisobot davridagi darajasi. 


31 
Tarmoqning rivojlanish koeffitsiyenti tarmoqlar tarkibidagi miqdor 
o‘zgarishlarni ifodalaydi va ma’lum davrdagi sanoat tarmoq tuzilmasidagi 
siljishlarni ko‘rsatib beradi. Bu koeffitsiyent quyidagi formula yordamida 
aniqlanadi: 
с
Ср
с
Тр
К
*
*


bu yerda Tr * c – tarmoqning rivojlanish sur’ati; 
Sr * c – sanoatning rivojlanish sur’ati. 
Sanoat tarmoqlari orasidagi yuzaga kelgan mutanosibliklar va ularning 
o‘zgarishiga ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi hamda boshqa 
bir qator omillar ta’sir etadi. 
Sanoat ishlab chiqarish tarmoq tuzilmasini belgilovchi asosiy omillarga 
quyidagilar kiradi:
-
fan-texnika taraqqiyoti va uning yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy 
etish; 
-
material va yoqilg‘i, energetika resurslarini iqtisodiy tejashni 
kuchaytirish; 
-
ijtimoiy 
mehnat 
taqsimoti, 
ixtisoslashtirish 
va 
kooperativ-
lashtirishning darajasi; 
-
sanoat ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari; 
-
aholining moddiy va madaniy darajasi o‘sishi; 
-
ijtimoiy-tarixiy sharoitlar; 
-
mamlakatning tabiiy resurslari va ularni o‘zlashtirish darajasi; 
-
mamalakatning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o‘rni va uning 
boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorligi. 
Sanoat tarmoq tuzilmasi o‘zgarishiga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi 
omillardan biri ilmiy-texnika taraqqiyotidir. Fan- texnika taraqqiyoti eng 
avvalo, yangi mehnat vositalari va mahsulotning yangi turlarini yaratish, 
mavjud asbob-uskunalar va texnologiya jarayonlarini takomillashtirish, 
yangilarini joriy etish bilan bog‘liqdir. Bu esa mavjud sanoat tarmoqlaridan 
yangidan yangi sohalarning ajralib chiqishiga va shakllanishiga turtki beradi. 
Natijada progressiv hisoblangan, ya’ni avtomobilsozlik, asbobsozlik, 
radiotexnika va elektronika, lazer texnologiyasi tez sur’atlar bilan rivojlanadi. 
Bundan tashqari, fan-texnika taraqqiyoti tufayli yangi progressiv 
xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya turlaridan foydalanish sanoatda 
ishlab chiqarish xarakterini o‘zgartiradi. Yuqori tejamkorlikka ega bo‘lgan 
xomashyo, material, yarim fabrikatlar va yoqilg‘i ishlab chiqaradigan 
tarmoqlar iste’molchi tarmoqlarga yetkazib borishni kengaytirishlari 
natijasida iqtisodiyotning boshqa tarmoq mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji 
nisbatan kamayadi. Masalan, sun’iy va sintetik tolani ishlab chiqarishning 
taraqqiy etishi to‘qimachilik sanoatida bir so‘mlik mahsulot uchun 


32 
sarflanadigan tabiiy tola sarfini qisqartiradi. Natijada mahsulotning 
materialtalabligi kamayadi va sanoat bilan qishloq xo‘jaligi, sanoatning qazib 
oluvchi tarmog‘i bilan ishlov beruvchi tarmog‘i o‘rtasidagi nisbat o‘zgaradi.
Sanoat tuzilmasining o‘zgarishiga ishlab chiqarishni tashkil etishning 
ijtimoiy shakllari – konsentratsiyalash, ixtisoslashtirish va kombinatlashtirish 
juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarishda kichik korxonalarning 
ko‘payishi tarmoq taraqqiyotini tezlashtirgani holda uning umumsanoat 
mahsulotidagi miqyosini oshirishga olib keladi. Ixtisoslashtirish ijtimoiy 
mehnat taqsimoti jarayonini ifodalagani holda ayrim mahsulotlar yoki 
mahsulot qismlarini mustaqil ishlab chiqarishga, tayyorlashga, yangi sanoat 
tarmoqlari tashkil qilinishiga sabab bo‘ladi. Masalan, ixtisoslashtirishning 
taraqqiy etishi natijasida mashinasozlikda komplektlovchi (butlovchi) 
buyumlar sanoati, asbob-uskuna sanoati, priborsozlik, elektronika va boshqa 
sanoat sohalari tashkil topadi.
Kooperativlashtirish va kombinatlashtirish tarmoqlar o‘rtasidagi 
aloqadorlikni kengaytiradi va tarmoq tarkibini murakkablashtiradi.
Kishilar moddiy va ma’naviy farovonligining o‘sishi ham sanoat 
tarmoqlari tuzilmasining o‘zgarishiga muhim ta’sir ko‘rsatadi. Bu omil ta’siri 
ostida yengil va oziq-ovqat sanoatlarida chiqariladigan mahsulotlar 
nomenklaturasi va assortimenti o‘zgaradi, shuningdek, madaniy-maishiy 
buyumlar – televizor, soat, fotoapparat, kir yuvish mashinasi, motosikl, 
motoroller va boshqalar ishlab chiqaradigan maxsus tarmoqlar tashkil topadi. 
Sanoat tarmoqlari tuzilmasiga ta’sir ko‘rsatuvchi eng muhim 
omillardan yana biri, mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘rni 
hisoblanadi. 
Hozirgi davrda iqtisodiy integratsiyaga kiruvchi har bir mamlakatda 
ayrim tarmoqlar taraqqiyoti uchun qulay iqtisodiy, ijtimoiy va tabiiy 
sharoitlar borligi tufayli iqtisodiy integratsiya dasturlari tuzilgan. Ulardagi 
sanoat o‘z mamlakatining ehtiyojlarinigina emas, balki boshqa davlatlar 
ehtiyojlarini ham hisobga olgan holda rivojlanmoqda. 
Mustaqillik yillarida sanoat tarmoq tuzilmasida g‘oyat muhim 
o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Buni 5-jadval ma’lumotlaridan ham ko‘rish 
mumkin. 


33 
5-jadval 

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish