Industrial iqtisodiyot


O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/172
Sana04.03.2023
Hajmi2,81 Mb.
#916368
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   172
Bog'liq
57fd0f14a0904f8d6e60d538573bb01a INDUSTRIAL IQTISODIYOT 1 — копия

O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar 
1.
Asosiy fondlarning mohiyati, ahamiyati, tarkibi. 
2.
Kengaytirilgan takroriy ishlab chiqarishda asosiy fondlarning
3.
Asosiy fondlarning yemirilishi va amortizatsiyasi 
4.
Asosiy fondlarni ta’mirlash va modernizatsiya qilish 
5.
Asosiy fondlardan foydalanishni yaxshilash yo‘llari. 
6.
Ishlab chiqarish quvvatlari tushunchasi va uni aniqlash usullari. 
7.
Ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish masalalari.
 


185 
11-BOB. O‘ZBEKISTON SANOATINING XOMASHYO MANBAI VA 
UNI JOYLASHTIRISH 
 
Tayanch atamalar va iboralar
: xomashyo, yordamchi materiallar, 
tayyor mahsulot, asosiy xomashyo, yarim fabrikat, sanoat xomashyosi, 
qishloq xo‘jaligi xomashyosi, mineral xomashyolar, rudali mineral 
xomashyolar, rudasiz mineral xomashyolar, sun’iy materiallar, plastmassalar, 
sintetik kauchuk. 
Reja: 
11.1. Sanoatda xomashyo, uning xususiyatlari va turkumlanishi
11.2. Resurslar tejamkorligining strategiyasi va taktikasi
11.3. Mineral xomashyo va ulardan oqilona foydalanish 
 
11.1. Sanoatda xomashyo, uning xususiyatlari va turkumlanishi 
Qayta ishlovchi barcha sanoat tarmoqlarining ishlab chiqarish 
jarayonida 
qatnashuvchi 
elementlardan 
biri 
xomashyodir, 
chunki 
xomashyosiz hech qanday mahsulot ishlab chiqarish mumkin emas. 
Xomashyo deb, qazib olish yoki ishlab chiqarish uchun ma’lum 
darajada mehnat sarflangan va shu mehnat natijasida bir qadar o‘zgargan 
mehnat buyumiga aytiladi. Xomashyo – asosiy va yordamchi materiallarga 
bo‘linadi. 
Asosiy xomashyo deb, tayyor mahsulotning material (moddiy) asosini 
tashkil qiluvchi mehnat buyumiga aytiladi. Tayyor mahsulot tarkibiga 
kiruvchi yoki asosiy xomashyoni qayta ishlashga zarur sharoit yaratib 
beruvchi qolgan barcha mehnat buyumlari yordamchi materiallar deb ataladi. 
Mehnat buyumlarining mahsulot ishlab chiqarishda qay tarzda 
qatnashishiga qarab ular ham xomashyo (asosiy xomashyo), ham yordamchi 
material bo‘lishi mumkin. Masalan, neft yoqilg‘i sifatida yordamchi material 
bo‘lsa, benzin yoki kerosin ishlab chiqarishda esa xomashyodir. 
Xomashyo keng miqyosda iste’mol buyumlari hamda ishlab chiqarish 
mahsulotlari olish uchun ishlatiladigan tabiiy materiallardan iborat bo‘lib, u 
quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
- miqdori jihatidan yetarli bo‘lishi; 
- qazib olish arzon va oson bo‘lishi; 
- texnologik jarayonlar oson borishi kerak. 
Har bir xomashyo mehnat buyumlaridir, Lekin har bir mehnat buyumi 
xomashyo emas. Mehnat buyumi mehnat vositasi bilan ma’lum darajada 
o‘zgargandan keyingina xomashyo bo‘ladi. Yer ostidagi foydali qazilmalar, 
yovvoyi hayvonlar, daraxtlar va hokazolar xomashyo bo‘lmay, balki 
potensial tabiiy boyliklardir.


186 
Mehnat vositasi yordamida ovlangan hayvonlar, qazib olingan 
ma’danlar, kesilgan daraxtlar va boshqalar xomashyo hisoblanadi. 
Ishlab chiqarish jarayonida bir yoki bir necha bosqichda qayta 
ishlangan bo‘lsa-yu, lekin tayyor mahsulot sifatida iste’mol qilina olmasa, u 
yarim fabrikat deb ataladi. 
Hayotda yarim fabrikat uni ishlab chiqargan ishlab chiqarish nuqtai 
nazaridan qaraganda tayyor mahsulot, iste’mol qiluvchi ishlab chiqarish 
nuqtai nazaridan qaraganda xomashyo hisoblanadi. 
Xomashyo resurslarini xomashyodan farq qilmoq kerak. Xomashyo 
resurslariga mamlakatdagi foydali qazilmalar konlari, o‘rmon maydonlari, uy 
hayvonlari va shu kabi tabiiy boyliklar kirsa, ular qazib chiqarilgan yoki 
ishlab chiqarish uchun mehnat sarflangandagina ular xomashyoga aylanishi 
mumkin. 
Xomashyo ishlab chiqarish jarayonining asosiy elementi sifatida sanoat 
ishlab chiqarishiga va uning iqtisodiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Sanoatning 
qayta ishlovchi tarmoqlarida xomashyo va yoqilg‘i xarajatlari ishlab 
chiqarishga sarflangan xarajatlari hajmida eng katta salmoqqa egadir. 
Shuning uchun sanoat korxonalari faoliyatining iqtisodiy ko‘rsatkichlari ko‘p 
jihatdan tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan xomashyo va yoqilg‘i 
xarajatlari darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Sanoat mahsuloti tannarxida xomashyo, 
yordamchi materiallar va yoqilg‘i xarajatlari butun sanoat bo‘yicha o‘rtacha 
70 foizni tashkil etadi. Shuning uchun xomashyoni tejab ishlatish sanoat 
mahsuloti tannarxini pasaytirishda, ishlab chiqarish quvvatlaridan yaxshi 
foydalanishda va ishchilar mehnatining unumdorligini oshirishda katta rol 
o‘ynaydi. 
Material ko‘p sarflanadigan tarmoqlarda xomashyo va material-lardan 
oqilona foydalanish mahsulot tannarxini pasaytirishning asosiy manbaidir. 
Mashina va uskunalarning unumli ishlashi va tayyor mahsulot ishlab 
chiqarish uchun vaqtning sarflanish darajasi xomashyo sifati va uning turiga 
bog‘liq. Sanoatdagi xomashyolar xilma-xil bo‘lib, ular quyidagi turlarga 
bo‘linadilar: 

sanoat xomashyosi; 

qishloq xo‘jaligi xomashyosi. 
Sanoat xomashyosi turli belgilarga ko‘ra quyidagicha turkumlanadi:

kelib chiqishiga ko‘ra – tabiiy va sun’iy;

agregat holatiga ko‘ra - qattiq, suyuq hamda gazsimon; 

kimyoviy tarkibiga ko‘ra – organik va anorganik;

ishlatilishiga ko‘ra – ozuqabop va texnik turlarga bo‘linadi. 
Qishloq xo‘jaligi xomashyosi ikki turga, ya’ni o‘simliklardan 
olinadigan xomashyolar va hayvonlardan olinadigan xomashyolarga 
bo‘linadi. 


187 

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish