Industrial iqtisodiyot



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/172
Sana04.03.2023
Hajmi2,81 Mb.
#916368
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   172
Bog'liq
57fd0f14a0904f8d6e60d538573bb01a INDUSTRIAL IQTISODIYOT 1 — копия

markazlashgan 
rejalashtirishning
tubdan o‘zgarganligi va tarmoqlar, korxonalar katta 
erkinlik olganliklari muammolari o‘z yechimini topishi kerak.
Bozor va rejalashtirish bir birini taqozo etadi va ularni bir biridan 
ajratib bo‘lmaydi. Bu yerda shuni aytish kerakki, mustaqillikning birinchi 
yillarida “Reja“ va “Rejalashtirish“ so‘zlaridan qo‘rqa boshlagan edik. Buni 
anglagan Respublika Prezidenti 1995 yil yakunlari va 1996 yil vazifalariga 
bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisida taajublanib shunday degan 
edi: “Xorijiy mamlakatlarda, agar fermer foyda olishga ishonmasa, unda 
umuman ishga qo‘l urmaydi. Bizda-chi? Hech kim iqtisodiy tahlil bilan 
shug‘ullanmaydi, hech kim yil boshida hisob qilmaydi“. Bundan ko‘rinib 
turibdiki, yil boshida rejalar aniqlanmaydi. 
Reja va rejalashtirish ma’lum ko‘rsatkichlar tizimi, ya’ni topshiriqlar 
majmui tariqasida aks ettiriladi. Ular rejaning asosiy g‘oyasi, maqsadi va 
vazifalarini ifodalaydi hamda natijalarini tavsiflaydi. Ko‘rsatkichlar 
yordamida bir qator funksiyalarni baholash, hisob-kitob qilish va 
topshiriqlarning mutanosibligini ta’minlash mumkin. 
Reja tuzish jarayonida qo‘llaniladigan barcha ko‘rsatkichlarning 
belgilanish tartibi, ishlab chiqarish xodimlarining xo‘jalik faoliyatida 
qo‘llanish miqyosi va vazifasiga qarab guruhlarga ajratilishi mumkin. 
Belgilanish tartibiga ko‘ra ular tasdiqlanadigan va hisoblanadigan 
ko‘rsatkichlarga bo‘linadi. 
Tasdiqlanadigan ko‘rsatkichlar yuqori tashkilot tomonidan belgilanadi 
va tasdiqlanadi. Hisoblanadigan ko‘rsatkichlar esa boshqarishning ma’lum 
bo‘g‘ini tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. 
Qo‘llanish 
miqyosiga 
binoan 
ko‘rsatkichlar 
umumiy 
va 
differensiyalashgan turlarga bo‘linadi. Umumiy ko‘rsatkichlar sanoat 
tarmog‘ining barcha bo‘g‘inlariga taalluqli bo‘lib, ular iqtisodiyot va uning 
tarmoqlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarni o‘zaro taqqoslashni ta’minlash 
maqsadida belgilanadi. Differensiyalashgan ko‘rsatkichlar ham sanoatda 
amalga oshiriladigan ko‘pgina jarayonlarni aniq ifodalashga yordam berib, 
ularni takomillashtirishga olib keladi. 
Ishlab chiqarishning xo‘jalik faoliyatidagi vazifasiga qarab, reja 
ko‘rsatkichlarini miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga ajratish mumkin. Miqdor 
ko‘rsatkichlari ishlab chiqarish hajmi, ish haqi fondi, xomashyoga bo‘lgan 
ehtiyojlardan iborat. Sifat ko‘rsatkichlari moddiy resurslar va ishchi kuchidan 
foydalanish darajasini ifodalaydi. 
Sifat ko‘rsatkichlari o‘z navbatida sintetik va texnik-iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarga bo‘linadi. Sintetik ko‘rsatkichlar (masalan, mehnat 


109 
unumdorligi, mahsulot sifati, mahsulot birligining tannarxi, foyda yoki 
daromad) korxona faoliyatini har tomonlama aks ettiradi. 
Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar esa ayrim ishlab chiqarish resurslaridan 
foydalanish darajasini ifodalaydi. Masalan, uskunalardan foydalanish, 
mahsulot birligiga sarflanadigan xomashyo, yoqilg‘i va elektr energiya, ko‘p 
mehnat talab etadigan jarayonlarni mexanizatsiyalash, eng mukammallashgan 
texnologik jarayonlarni qo‘llash shular jumlasidandir. 
Ko‘rsatkichlar rejalashtirish tajribasida eng ko‘p ishlatiladigan, 
belgilanadigan va hisoblanadigan, umumiy va xususiy, miqdoriy va sifat 
ko‘rsatkichlaridan iborat bo‘lishi mumkin. 
Natura ko‘rsatkichlar ishlab chiqarishning moddiy buyum nisbatlarini, 
mahsulotni tayyorlovchi va iste’mol etuvchilar orasidagi aloqalarni belgilab, 
unda mahsulotning turlari yoki ish hajmining o‘lchov birliklari (dona, metr, 
tonna va hokazolar) ifodalanadi. 
Tovar-pul munosabatlari sharoitida qiymat ko‘rsatkichlari alohida o‘rin 
egallaydi. Bu ko‘rsatkichlar ishlab chiqarishning hajmini, sarflarini va 
moliyaviy natijalarini aniqlashda keng qo‘llaniladi. 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotini 
ta’minlash yo‘llaridan biri – sanoatni yuqori sur’atlar bilan rivojlantirishdir. 
Bunga erishish uchun, dastavval, uning ahvolini va imkoniyatlarini bilish 
lozim. Buning uchun har xil ko‘rsatkichlardan foydalanish kerak bo‘ladi. Bir 
tomondan, qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar sanoatning umumiy taraqqiyotini 
ifoda etsa, ikkinchidan, sanoatning o‘zining shart-sharoitlarini ifodalovchi 
ko‘rsatkichlar ham mavjud bo‘lishi mumkin. Bunday ko‘rsatkichlarga 
asoslanib sanoatning texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlari 
aniqlanadi. 
Sanoat taraqqiyotini ifodalaydigan ko‘rsatkichlar sanoat tarmoqlarining 
korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotning hajmini natural 
yoki kompleks o‘lchov birligida, qiymat birligida ifoda etadigan 
ko‘rsatkichlaridir. 
Sanoat mahsulotlarining hajmini aniqlashda qo‘llaniladigan kompleks 
natural birliklar bo‘lib kilovatt-soat, tonna, kubometr, kvadratmetr, dekalitr, 
dona va boshqalar hisoblanadi. 
Bu o‘lchovlarga tayangan holda ishlab chiqariladigan sanoat 
mahsulotlarining miqdorini aniqlash mumkin. Masalan, O‘zbekistonda 2001 
yilda 47,9 mlrd. kilovatt-soat elektr energiya, 7,3 mln. tonna neft, 57,4 mlrd. 
kubmetr gaz, 428,3 mln. kvadrat metr gazlama va 38,2 mln. dona trikotaj 
kiyimlari ishlab chiqarish mo‘ljallangan edi. 
Sanoat mahsulotlarining natural yoki kompleks o‘lchov birliklari orqali 
barcha sanoat tarmoqlarining rivojlanishini qiyoslab bo‘lmaydi, chunki bir 
tarmoqning mahsuloti kilovatt-soatda o‘lchansa, ikkinchisiniki tonnada, 
uchinchisiniki esa kubmetrda o‘lchanadi va h.k. Shuning uchun barcha sanoat 


110 
tamoqlarining ishlab chiqaradigan mahsulotlarini va bajaradigan ishlarini 
hisoblashda yagona o‘lchov birligi bo‘lishi lozim. Bu o‘lchov birligi har 
tomonlama bo‘lishi kerak. Bunday vazifalarni qiymat ko‘rsatkichlari 
bajaradi. Qiymat ko‘rsatkichlari baholar yordamida sanoatning umumiy 
rivojlanishini, o‘sish sur’atlari va uning tarkibini aniqlashga imkoniyat 
yaratadi.
Qiymat ko‘rsatkichlarini ishlatishning yana bir afzal tomoni borki, bu 
har xil tarmoqlar ish faoliyatini bir-biriga taqqoslash imkoniyatini yaratib 
beradi. 
Hozirgi davrda sanoat rejasini tuzishda qo‘llaniladigan qiymat 
ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat: yalpi ichki mahsulot, tovar mahsuloti, 
realizatsiya qilingan mahsulot, normativ sof mahsulot, sof mahsulot. 
Sanoat tarmoqlarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchta katta 
guruhga bo‘linadi: mehnat buyumlari, mehnat qurollari va xalq iste’mol 
mollari. 
Mehnat buyumlariga xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, elektroenergiya 
va boshqa ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan buyumlar kiradi. Bu buyumlar 
sanoatni yuqori sur’atlar bilan va samarali rivojlantirish uchun ko‘p miqdorda 
talab qilinadi. 
Rejalashtirish qanchalik mukammal bo‘lsa, taraqqiyot shunchalik 
muvaffaqiyatli bo‘ladi. 

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish