Industrial iqtisodiyot


 Mineral xomashyo va undan oqilona foydalanish



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/172
Sana04.03.2023
Hajmi2,81 Mb.
#916368
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   172
Bog'liq
57fd0f14a0904f8d6e60d538573bb01a INDUSTRIAL IQTISODIYOT 1 — копия

 
11.3. Mineral xomashyo va undan oqilona foydalanish
Mineral xomashyo – bu konlardan qazib olinuvchi turli foydali 
qazilmalardir. 
Potensial resurslardan oqilona foydalanish va foydali qazilmalarni 
qazib olishning iqtisodiy samarador usullarini qo‘llash uchun konlar 
zahirasining miqdorini iqtisodiy jihatdan to‘g‘ri aniqlash va sanoat 
masshtabida ekspluatatsiya qilish navbatini aniqlash ahamiyatga egadir.
Zahiralarni o‘rganish va aniqlash geologiya-qidiruv ishlari davlat rejasi 
asosida olib boriladi. Sanoatning mineral xomashyoga bo‘lgan talabini 
rejalashtirishda konlarning o‘rganilganlik darajasi muhim ahamiyatga egadir. 
Mineral xomashyo zahiralarini qidirish va sanoat ekspluatatsiyasiga tayyorlik 
darajalari bo‘yicha bir necha kategoriyalarga bo‘linadi. 
Foydali qazilma zahiralari ma’lum bir davr uchun ularning texnik-
iqtisodiy jihatidan foydalanish mumkinligi darajasiga qarab balansdagi va 
balansdan tashqari zahiralarga bo‘linadi. Balansdagi zahiralarga sanoat 
talablariga va foydalanishning texnik shartlariga javob beruvchi va hozirgi 
kunda ularni qazib chiqarish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lgan 
zahiralar kiradi. Balansdan tashqari, zahiraga – tarkibida foydali 
komponentlari, qazilmalar miqdori kam bo‘lgan yoki ekspluatatsiya 
sharoitlari og‘ir bo‘lgan hamda shu xomashyoni sanoat usullari bilan qayta 
ishlash hozircha mumkin bo‘lmagan zahiralar kiradi. 
Turli xil foydali qazilma resurslari mamlakat hududining turli qismida 
joylashgan konlarda yig‘ilgandir. Ayrim konlar bir-birlari bilan foydali 
qazilma 
zahiralari; 
qazilmalarning 
fizik-kimyoviy 
xususiyatlari; 
ekspluatatsiya sharoitilari bilan farq qiladi. 
Ekspluatatsiya uchun kon tanlash konlarning faqatgina tabiiy yoki 
texnik xususiyatlarigagina bog‘liq bo‘lib qolmay, balki birinchi navbatda 
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligiga bog‘liqdir. 
O‘zbekiston Respublikasi mineral xomashyo resurslariga juda ham boy 
bo‘lib, ularning umumiy bahosi 3,3 trln. dollardan ziyodroqdir. Hozirgi 
vaqtda mamlakatimizda oltin, uran, mis, tabiiy gaz, volfram va boshqa 
ko‘pgina mineral resurslarning aniqlangan zahiralari jahonda yetakchi 
o‘rinlardan birida turadi. Bu yerda oltinning 30 dan ortiq konlari qidirib 
topilgan. Uning asosiy zahiralari Marakaziy Qizilqumda Muruntov oltin koni 
bo‘lib, uning rudasi tarkibida oltin miqdori yuqori hisoblanadi. 
Keyingi yillarda Toshkent, Samarqand viloyatlarida yangi oltin ruda 
konlari qidirib topildi. O‘zbekistondagi hozircha qidirib topilgan oltin 
zahiralari 4 ming tonnadan oshadi. 


194 
Kumush konlari Toshkent, Navoiy va Namangan viloyatlarida 
joylashgan. Respublikamizda 30 ta uran koni mavjud. Uning qidirib topilgan 
zahirasi 50-60 yil davomida foydalanishga yetarli. Uran bilan yo‘ldosh reniy, 
skandiy va boshqa metallar uchraydi. Shuningdek, mis, qo‘rg‘oshin, qalay, 
volfram va litiy kabi muhim strategik nodir va rangli metallarning yirik 
konlari bor. Respublikamizda har yili 8 ming tonna mis ishlab chiqiladi. 
Amaldagi ishlab turgan konlar misni yana 40-50 yil, qo‘rg‘oshin va qalayni 
100 yil mobaynida ishlab chiqarishni ta’minlashga qodir. 
Rangli metallar zahiralari asosan Olmaliq kon hududida joylashgan. 
Shuningdek, Qalmoqqir mis koni noyob hisoblanadi. Bu konning rudasini 
qayta ishlash mamlakatdagi eng yirik korxonalardan biri Olmaliq kon-
metallurgiya kombinatida amalga oshiriladi. Shuningdek, bu sanoat hududida 
mis, molibden, oltin, kumush, reniy, tellur, selen va boshqa katta zahiralarga 
ega bo‘lgan Dalniy koni bor. 
Qo‘rg‘oshin-qalay metallari Olmaliqdagi Qo‘rg‘oshinkon, Jizzax 
viloyatidagi Uchquloch va Surxondaryo vildoyatidagi Xondiza konlaridan 
olinadi. Bu konlarda yana yo‘ldosh metallar – mis, kumush, kadmiy, selen, 
oltin va indiy ham uchraydi. O‘zbekistonda molibdenli formatsiyalar ham 
bor. Chotqol-Qurama tog‘lari vismutga boy. Janubiy Farg‘ona belbog‘ining 
o‘zidan 100 dan ortiq simob va 10 dan surma rudalanishlar aniqlangan. 
Qora metallardan eng ko‘p tarqalgan temir, titan, marganets, magniy, 
xrom va boshqalardir. Temirning bir necha konlari va ruda ko‘rinishlari 
aniqlangan. Ular orasida muhimi Qoraqalpog‘iston Respublikasida 
Tebinbuloq titan-magniy koni hisoblanadi. Marganets konlari Zarafshon, 
Qoratepa, Lolabuloq va boshqa joylarda mavjud. Magmatik xrom 
Qizilqumda, Farg‘onada, ayniqsa, Tomditov va Sulton Uvaysda ko‘plab 
uchraydi. 
O‘zbekistonda nometall xomashyo – glaukonit, dala shpati, vollastonit, 
grafit, asbest, talk, talk toshi, abrazivlar, qimmatbaho va ishlov beriladigan 
tosh konlari ko‘p. Vollastonitning 5-ga yaqin ko‘rinishi va konlari 
aniqlangan. Grafitning 30 dan ortiq ruda – rudalanishi va konlari ma’lum. 
Qimmatbaho va ishlov beriladigan toshlardan topaz, feruza, ametisit, tog‘ 
xrustali, xalsedon, yashma, nefrit, lazurit, amazonit, rodonit, agalmatalit, 
marmar oniksi va boshqalarning ancha yirik zahiralari qayd etilgan. 
Korxona faoliyatini maqsadga muvofiq tashkil etish va rejalashtirish, 
ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish va uni tashkil etishning turli norma 
va normativlarini tuzishga asoslanadi. Norma va normativlar asosida ishlab 
chiqarishga kerakli xomashyo va materiallar, jihoz va asbob-uskunalar 
miqdori aniqlanadi, ishlab chiqarish jarayonida xodimlar joylashtiriladi va 
ishlab chiqarish resurslarining ratsional zahiralari rejalashtiriladi. Mahsulot 
sifati bo‘yicha qo‘yiladigan shartlar ham normalarning bir turi hisoblanadi. 


195 
Ishlab chiqarishning turli tomonlarini chegaralab turuvchi norma va 
normativlar yig‘indisi har bir ishlab chiqarish bo‘limining normalashtirish 
asosi bo‘lib xizmat qiladi. 
Progressiv texnik-iqtisodiy norma – mahsulot birligi yoki ish turiga 
sarflanishi mumkin bo‘lgan jonli va buyumlashgan mehnatning maksimal 
miqdori yoki sarflanayotgan resurs birligidan olinishi mumkin bo‘lgan 
foydali samaraning minimal miqdoridir. 
Xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg‘i va energiyalardan 
foydalanish normalari o‘z ichiga quyidagi normalarni oladi: 
a) xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg‘i va 
energiyaning mahsulot yoki ish birligiga sarflanish normalari; 
b) xomashyo, materiallar va yoqilg‘ilarni tayyorlash va ularni tashish 
xarajatlarining norma va normativlari. Bu normalar korxonaning xomashyo 
va energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini va mahsulot tannarxiga 
kiruvchi moddiy boyliklarga qilinadigan xarajatlarni aniqlashda qo‘llaniladi. 
Normalashtirishning vazifasi haqiqatda kerak bo‘lgan foydali 
sarflanadigan xomashyo va material miqdori hamda minimal yo‘qotish 
miqdorini aniqlashdan iborat. Bu uch yo‘l bilan aniqlanadi: a)tajriba-
laboratoriya usuli; b) texnik-analitik usul; v) hisobot-statistik usul.
Bu usullar orasida texnik-analitik hisoblash usuli normalashtirish-ning 
asosiy usuli bo‘lib, u normalarni elementlar bo‘yicha hisoblashga asoslanadi, 
ya’ni normani tashkil qiluvchi har bir elementi tahlil qilishga imkon yaratadi. 
Bu usul ilg‘or tajriba, fan va texnika yutuqlarini chuqur o‘rganishga yordam 
beradi. 
Resurslarni tejashda resurslar pulliligi muhim omil hisoblanadi. Xorijiy 
mamlakatlarda 70-yillarda yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan to‘g‘ri 
foydalanishni tashkil etish uchun to‘lov tizimi joriy etildi. Ammo hozirgi 
kungacha to‘lov tizimida bir qator muammolar mavjud. Korxonaning moddiy 
mineral xomashyo komponentlaridan to‘g‘ri foydalanish uchun to‘lov joriy 
qilinishi natijasida korxona rentabelligidan sezilarli darajada kam miqdorda 
haq to‘lamoqda.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish ishlab chiqarishning barcha 
va ayniqsa, ko‘p material iste’mol qiluvchi tarmoqlarda moddiy xarajatlarni 
tejash katta ahamiyatga ega. Mahsulot birligiga ketadigan xomashyo va 
materiallar miqdorini uning sifati uzoqqa chidashi va ishonchli bo‘lishiga 
zarar yetkazmasdan kamaytirish, bir xil miqdordagi materiallar va 
xomashyodan ko‘proq mahsulot olish va tarmoqlararo ishlab chiqarish 
aloqalarini takomillashtirish imkonini beradi. 
Moddiy resurslarni tejash uchun kurash yangi texnikani joriy qilish va 
texnologiyani takomillashtirishga sharoit yaratadi, ishlab chiqarishning 
texnik darajasini oshirish esa o‘z navbatida boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlarni 
yaxshilashga sharoit yaratadi. Mahsulot birligiga sarflanadigan xomashyo va 


196 
materiallar miqdorining kamayishi ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirish 
demakdir, chunki xomashyo va materiallar tarkibidagi moddiylashtirilgan 
mehnat hamda materiallarni tashish, ortish, tushirish va saqlash bilan bog‘liq 
bo‘lgan “tirik” mehnat miqdorini kamaytirish imkonini beradi. Shu bilan 
birga asosiy ishchilar sarflaydigan mehnat miqdori kamayadi, chunki kam 
materialni qayta ishlashga to‘g‘ri keladi. 
Moddiy resurslarni tejash mahsulot tannarxini kamaytirishning eng 
asosiy omillaridan biridir. Xo‘jalikka to‘g‘ri rahbarlik qilishda xomashyo va 
materiallar sarflashni chuqur tahlil qilish katta ahamiyatga ega. Tahlil ishlab 
chiqarish xususiyatiga qarab o‘zgaruvchi moddiy resurslardan foydalanish 
ko‘rsatkichlari asosida olib boriladi.
Boshlang‘ich xomashyoni birinchi bor qayta ishlovchi tarmoqlarda 
xomashyo birligidan tayyor mahsulot chiqishi ko‘rsatkichidan foydalaniladi. 
Ba’zi bir tarmoqlarda mahsulot birligiga sarflanadigan xomashyo 
miqdori ko‘rsatkichidan foydalaniladi. 
Qayta ishlovchi bir qator tarmoqlarda xomashyo va materiallardan 
foydalanish koeffitsiyenti aniqlanadi. U detal, uzel yoki mahsulotning sof 
og‘irligini unga sarflangan material miqdoriga yoki sarflash normasiga 
bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Bu koeffitsiyent birga qancha yaqin bo‘lsa, 
shuncha yaxshi, chunki materialdan shuncha to‘liq foydalaniladi. 
Materiallardan foydalanish darajasini to‘g‘ri tahlil qilish uchun ishlab 
chiqarishning barcha texnik-iqtisodiy sharoitlarini ko‘rib chiqish kerak 
bo‘ladi. 
Moddiy resurslar zahiralarini ishga solish manbalari va yo‘llarini 
aniqlash maqsadida tahlil usuli amalga oshiriladi. 
Xomashyo va materiallarni tejashning asosiy manbalari quyidagilardan 
iborat:

mashina va boshqa mahsulotlar sifati oshgani holda og‘irligining 
kamayishi; 

ishlab chiqarish yo‘qotishlari va chiqindilarini har taraflama 
kamaytirish; 

xomashyo va materiallardan kompleks foydalanish; 

xomashyoning qimmatbaho kamyob turlari o‘rniga tejamli, yangi 
materiallar qo‘llash; 

xomashyodan qayta foydalanish. 
Sanoat ishlab chiqarishida xomashyo va materiallarni tejashning asosiy 
yo‘llari quyidagilardan iborat: 

mashina va mahsulotlar konstruksiyasini yaxshilash; 

yangi texnika va progressiv texnologiyani joriy etish; 

texnologik jarayonlarni yaxshilash; 

xomashyoni kompleks qayta ishlash usullarini rivojlantirish; 


197 
- ishlab chiqarishni tashkil qilishni yaxshilash. 
Ma’lumki, moddiy resurslarni tejash tadbirlarini amalga oshirish 
qo‘shimcha pul xarajatlari bilan bog‘liq. Bunday xarajatlar ikki xil 
xususiyatga ega: 
1. Kapital xarajatlari sifatida – materiallar xarajatini kamaytirishni 
qoplash uchun zarur bo‘lgan yangi uskunalarni o‘rnatish uchun. 
2. Xomashyo va materiallar sifatini oshirish uchun sarflanadigan 
xarajatlar sifatida. 
Qo‘shimcha pul xarajatlari mahsulot tannarxini kamaytiradi va shuning 
hisobiga tejash imkonini beradi. Materiallarni tejash, shuningdek, 
uskunalardan foydalanishni yaxshilash va mehnat unumdorligini oshirish 
imkonini beradi. Shuning uchun xarajatlar samaradorligini aniqlashda 
faqatgina xomashyodan olingan tejamgina hisobga olinmay, balki uskuna va 
ish haqidan olingan tejamni ham aniqlash kerak bo‘ladi. 
Mehnat buyumlarini sarflash normalarini pasaytirishdan olinadigan 
tejam quyidagi formula asosida aniqlanadi: 

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish