Industrial iqtisodiyot


 Sanoatni joylashtirishdagi siljishlarning iqtisodiy samaradorligi



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/172
Sana12.07.2022
Hajmi2,81 Mb.
#782289
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   172
Bog'liq
616e4a4c672bd

 
16.5. Sanoatni joylashtirishdagi siljishlarning iqtisodiy samaradorligi 
Mustaqillik yillarida sanoat ishlab chiqarishini joylashtirishda yirik 
o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ayrim hududlar o‘rtasida yangidan-yangi aloqalar 
o‘rnatildi, ularning o‘zgarishlar davrigacha bo‘lgan ixtisoslanishi tubdan 
o‘zgardi. Sanoatda qayta ishlash uchun yangi hududlarda joylashgan bir qator 
foydali qazilma konlari ishga tushirildi. U yerlarda kuchli sanoat majmualari 
tashkil topdi. Bu o‘zgarishlar yuqorida aytib o‘tilgan sanoatni joylashtirish 
tamoyillari O‘zbekiston davlatining iqtisodiy strategiyasi va taktikasi asosida 
ro‘y berdi va bu ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligining oshirilishiga olib 
keldi. 
Sanoatni joylashtirishda ro‘y beradigan tub o‘zgarishlarning iqtisodiy 
samaradorligi ko‘pgina ko‘rsatkichlar yordamida hisobga olinadi. Lekin, bu 
o‘zgarishlarning bir qismini miqdor jihatdan o‘lchash mumkin emas, chunki 
ular siljishlarning sifat jihatidan natijasini ko‘rsatadi. Bular qatoriga yangi 
hududlarning juda katta foydali qazilma resurslarini sanoatda foydalanish 
uchun ishga tushirish, ilgari nisbatan qoloq hududlarning industrial va agrar 
hududlarga bo‘linishini yo‘qotish va shu kabilar kiradi.


252 
Sanoat joylashishidagi siljishlarning iqtisodiy samaradorligini miqdor 
jihatdan hisoblashda birinchi navbatda iqtisodiyotga sarflangan kapital 
mablag‘lar samaradorligini oshirish ko‘zda tutiladi. 
Sanoatni 
joylashtirishdagi 
siljishning 
iqtisodiy 
samaradorligini 
aniqlashning muhim ko‘rsatkichlaridan yana biri mehnat unumdorligining 
oshishidir. Respublikaning markaziy hududlarida joylashgan bir qator tarmoq 
korxonalari boshqa hududlardagi korxonalarga nisbatan yuqoriroq mehnat 
unumdorligiga ega. Lekin boshqa hududlarda qurilayotgan korxonalar 
nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy muammolarni hal etadilar.
Sanoatni joylashtirishning iqtisodiy samaradorligini aniqlaydigan yana 
bir ko‘rsatkich mahsulot tannarxidir. Boshqa hududlarda joylashgan 
korxonalar 
mahsulotining 
tannarxi 
rivojlangan 
hududlardagi 
korxonalarnikidan bir muncha past bo‘lishi mumkin. Lekin bunday yuqotish 
mamlakat miqyosida amalga oshirilayotgan iqtisodiy – ijtimoiy taraqqiyot 
tufayli barham topadi. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish munosabati bilan amalga oshirilgan 
anchagina siljishlar bilan birga, mustaqillikka erishilgungacha mamlakat 
sanoatini joylashtirishda yo‘l qo‘yilgan bir qator kamchiliklar hali ham to‘la 
barham topgani yo‘q. Hududlar ichra va hududlararo kooperativlashtirishda 
ham 
bir 
qator 
muammolar 
mavjud. 
Bularning 
barchasi 
sanoat 
mahsulotlarining asosiy turlarini xomashyo va yoqilg‘ini nihoyatda uzoq va 
qarama-qarshi taraflarga tashish zaruratini tug‘dirishi natijasida ijtimoiy 
mehnat unumdorligining ko‘tarilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bois 
bozor iqtisodiyotining keyingi bosqichiga o‘tish davrida sanoatni oqilona 
joylashtirish masalasiga katta e’tibor berish kerak bo‘ladi.
Sanoatni joylashtirish borasidagi muammolarni hal etish uchun 
quyidagi masalalarga alohida e’tibor berish kerak: 

respublikada ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish bozor 
sharoitiga mos ravishda olib borilishi, uning tabiiy boyliklaridan oqilona va 
samarali foydalanish hamda kooperativlashtirish afzalliklaridan to‘la-to‘kis 
foydalanish; 

kichik va o‘rta biznesga tegishli sanoat korxonalarini qishloqlarda 
yaratish, ayniqsa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat 
tarmoqlarini olib kirish maqsadga muvofiq bo‘lar edi; 

sanoat obyektlarining qurilish muddatini qisqartirish va ulardan 
foydalanish xarajatlarini keskin kamaytirish; 

tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilish sharoitlarini yaratish va h.k. 
Sanoat obyektlarini joylashtirish samaradorligini aniqlashda kapital 
qo‘yilmaning iqtisodiy samaradorligini aniqlashning rasmiy usulidan 
foydalanish mumkin. Bu usulga binoan sanoat korxonasini joylashtirishning 
iqtisodiy jihatdan eng qulay loyiha-mahsulot birligiga sarflanadigan ijtimoiy 
mehnat kamayishini ta’minlovchi variant tanlab olinadi. U quyidagi formula 


253 
bilan ifodalanadi: 

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish