Industrial iqtisodiyot



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/172
Sana12.07.2022
Hajmi2,81 Mb.
#782289
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   172
Bog'liq
616e4a4c672bd

Xomashyoni 
kompleks 
qayta 
ishlashga 
asoslangan
kombinatlashtirish eng rivojlangan ishlab chiqarish bo‘lib juda katta iqtisodiy 
ahamiyatga egadir. Chunki bu shaklda xomashyo, materiallar va 
chiqindilardan 
to‘la-to‘kis 
foydalanish 
mumkin 
bo‘ladi. 
Kombinatlashtirishning 
bunday 
zarurligi 
xomashyo 
tarkibida 
turli 
elementlarning 
mavjudligi 
bilan 
belgilanadi. 
Masalan, 
Ohangaron 
rudalarining ko‘p qismi kompleks, polimetallik tavsifga ega bo‘lib, ulardan 
ba’zi bir elementlarning qiymati mis qiymatidan 9-10 barobar yuqoridir. 
Hozirgi zamon texnika va texnologiyasi yordamida u yerda mis bilan birga 
oltingugurt, qalay, qo‘rg‘oshim, oltin, selen, telur va boshqa bir qator nodir 
buyumlar olinmoqda.
Alohida kombinatning rivojlanish darajasi o‘sha kombinat qamrab 
olgan tarmoqlar va ishlab chiqarish stadiyalarining soni bilan tavsiflanadi. 
Shu sababli odatda to‘la-to‘kis va to‘la bo‘lmagan kombinatlarni farqlaydilar. 
Masalan, to‘la-to‘kis to‘qimachilik kombinati barcha bosqichlar (yigirish, 
to‘qish va pardozlash)ni qamrab oladi. To‘la bo‘lmagan to‘qimachilik 
kombinati esa o‘z ichiga bir yoki ikki bosqichni oladi. 
O‘zbekistonda ishlab chiqarishni kombinatlashtirish juda yuqori 
darajaga ko‘tarilgan. U ayniqsa metallurgiya, kimyo, to‘qimachilik va oziq-
ovqat sanoatida keng tarqalgan. Respublikada bu tarmoqlarga taalluqli juda 
yirik, dunyo miqyosida tan olingan kombinatlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular 
jumlasiga Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinati, Olmaliq tog‘-kon 
metallurgiya kombinati boshqalarni kiritish mumkin.
 
Qisqacha xulosalar 
1. Ishlab chiqarishni konsentratsiyalash - bu ishlab chiqarishning tobora 
yirik korxonalarda jamlanish jarayonidir. Ishlab chiqarish konsentratsiyasi 
darajasi katta korxonalarning butun tarmoqda umumiy ishlab chiqarilgan 
mahsulotlardagi solishtirma og‘irlik ko‘rsatkichlari bilan aniqlanadi. 
2. Ko‘p ukladli va ijtimoiy yunaltirilgan bozor iqtisodiyotida kichik va 
o‘rta korxonalar mahsulotlarining solishtirma og‘irligini yuksaltirish muhim 
ahamiyatga ega. Katta, o‘rta, kichik korxonalarni birga olib borish ijtimoiy 
taraqqiyotning ko‘pgina iqtisodiy va ijtimoiy muammolarini to‘g‘ri yechish 
uchun yordam beradi. 


153 
3. Sanoatning ixtisoslashuvi muayyan mahsulot ishlab chiqaruvchi va 
o‘ziga xos ishlab chiqarish apparati, texnologik jarayon va ixtisoslashgan 
kadrlar bilan tavsiflanuvchi tarmoq va ishlab chiqarishning ajratilishi bilan 
ifodalanadi. 
4. Ishlab chiqarishni kooperativlashtirish - bu muayyan bir mahsulotni 
hamkorlikda ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘rtasidagi ishlab chiqarish 
aloqalaridir. 
5. Kombinatlash - bu yoki xomashyoni qayta ishlovchi ketma-ket 
bosqichlardan iborat yoki yordamchi ahamiyatga ega bo‘lgan turli sanoat 
tarmoqlarining bir korxonada birlashishidir. U xomashyoni va materiallarni 
muntazam bosqichlarda qayta ishlashni, ularni kompleks ravishda ishlatishni 
ta’minlaydi hamda kamchiqimli va umuman chiqindisiz texnologiyalarni 
joriy qilishga imkoniyat tug‘diradi. 
6. O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi sanoatning mamlakat 
hududi bo‘ylab geografik joylashtirilishiga chuqur o‘zgarishlar kiritdi. Sanoat 
ishlab chiqarishining joylashtirilishi ko‘pukladli iqtisodiyot va bozor 
munosabatlariga o‘tish qonuniyatlariga tayangan tamoyillarga muvofiq holda 
amalga oshirilmoqda. 
7. Sanoatning to‘g‘ri joylashtirilishi - butun ijtimoiy ishlab chiqarish 
o‘sishini tezlashtirishning va respublika xavfsizligini ta’minlashning eng 
muhim shartlaridan biridir. 
8. Qurilish rayoni va joyini asoslashda qurilish, shuningdek, 
yaratilayotgan obyektning keyinchalik qilinadigan eksplutatsiyasining 
nominal tejamkorligi hisobga olinadi. 
 

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish