1. Iqtisodiyotda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishning ahamiyati,
mohiyati va maqsadi.
Ko’plab rivojlanayotgan davlatlar uchun erkin hududlar hududida
ishlovchilarning hayot darajasi, ishlab chiqarish salohiyatining jamlanishi, davlat
hududidan «tashqarida» ekanligi ma'nosida «maxsus» hududlar hisoblanadi.
Shuning uchun ham bu hududlarni «maxsus iqtisodiy hududlar» deyish to’g’riroq
bo’ladi.
Shunday qilib, “erkin iqtisodiy hudud “ bu mamlakat rivojlanishining iqtisodiy,
ijtimoiy, demografik mezonlari va ehtiyojlari bilan belgilangan, maxsus maqsadli
yo’naltirilgan chegaralangan bir qismidir. Bunday hudud davlatning turli xil
boshqaruv pog’onalari va hokimiyat organlari tomonidan, chet el investorlariga
erkin itstisodiy hududlar turiga muvofiq tarzda taqdim etiladigan iqtisodiy
imtiyozlarning muayyan to’plami bilan tavsiflanadi. Erkin itstisodiy hudud maxsus
tashkil etiladigan yoki oldindan mavjud respublika yoki mintaqaviy to’zilmalar
tizimida faoliyat yuritadi. Erkin iqtisodiy hududlarlarning quyidagi tavsifiy
belgilarini ta'kidlab o’tish lozim:
A) Imtiyozlarni asosiy to’rtta guruhga ajratish mumkin:
- Tashqi savdo imtiyozlari. Ularda o’ziga xos bojxona-tarif tizimining amal qilinishi
nazarda tutiladi (eksport- import bojlarining kamaytirilishi yoki umuman olib
tashlanishi), undan tashqari tashqi savdo operatsiyalarining soddalashtirilgan tartibi
qo’llaniladi;
- Soliq imtiyozlari. Tadbirkorlik faoliyatining aniq turlari bo’yicha soliq
pag’batlzrini amalga oshirish. Soliq bazasi (foyda, mol-mulk bahosi va boshqalar),
soliq bazasining tarkiblari (amortizasiya ajratmalari, ish haqi ushlanmalari,
transport, ilmiy konstruktorlik ishlari), soliq stavkalari darajasining pasaytirilishi
yoki ma'lum vaqt mobaynida soliqlardan to’la ozod qilish kabi imtiyozlar
qo’llaniladi;
- Moliyaviy imtiyozlar. Bu imtiyozlar kommunal xizmatlari uchun to’lovlarni,
yerdan va ishlab chiqarish xonalaridan foydalanish ijara to’lovlarini pasaytirish
hamda imtiyozli kredit va ssudalarni taqdim etish kabi turli shakldagi subsidiyalarni
o’z ichiga oladi;
- Ma'muriy imtiyozlari. Ro’yxatga olishni soddalashtirish, viza ma- salarini
tezkorlik bilan hal etish va yana shu kabi turli xil xizmatlar bo’yicha ko’rsatiladigan
yengillik va qulayliklarni o’z ichiga oladi.
Lekin ushbu imtiyozlar hamma vaqt )ham chet el investitsiyalari kirib kelishini
ta'minlay olmaydi. Bu imtiyozlardan tashqari, siyosiy barkarorliq investitsiya
kafolatlari, infratuzilmalarning sifati, ishchi kuchining malakasi, resurslar ta'minoti
va boshqa shu kabi omillar ham katta ta'sir ko’rsatadi. Bu omillar mavjudligi
sharoitida asosiy e'tibor hududlar bo’yicha beriladigan imtiyozlarga qaratiladi.
Imtiyozlarni qo’llash natijasida erkin iqtisodiy hududlarlardagi foyda me'yori 30-
35% ayrim hollarda esa undanda yuqori bo’ladi: misol uchun transmilliy
kompaniyalar Osiyo erkin iqtisodiy hududlarlarida o’rtacha 40% foyda olishadi.
Kapital qo’yilmalarning qoplanish muddati ancha (2-3 marta) kamayadi (erkin
iqtisodiy hududlarlar uchun bu muddat 3-3,5 yilni tashkil etishi odatiy holdir).
Erkin iqtisodiy hududlarlarni tashkil etish - ayrim hudud va mintaqalar
iqtisodiyotini rivojlantirishga bo’lgan ta'sirchan yo’nalish hisoblanib, u odatda,
muayyan ustuvor iqtisodiy vazifalarni hal etish, strategik dastur va loyihalarni
amalga oshirishga yo’naltirilgan bo’ladi. Bunda, amaliyot ko’rsatishicha, erkin
iqtisodiy hududlarlarda o’rnatilgan imtiyozlar tizimi, ushbu hududda amalga
oshirilayotgan dasturlar bilan yaqindan bog’liq.
Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish maqsadlari, u yoki bu mamlakatning
iqtisodiy, ijtimoiy, ayrim hollarda esa siyosiy sharoitlaridan kelib chiqqan holda
xilma-xil bo’ladi. Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda, erkin iqtisodiy hududlar,
odatda, ishsizlik ko’p bo’lgan, infratuzilmasi rivojlanmagan, tushkunlikka tushgan
tumanlarda tashkil etiladi. Bunday tumanlarga erkin iqtisodiy hududlar mavqeini
bergan holda, ushbu mamlakatlar hukumati chet el investitsiyalarini jalb etishga
urg’u bergan holda, ichki bozorga integratsiyalashgan, mavjud ishlab chiqarishlar
rivojlanishini maksimal pag’batlantirish, hamda qo’shimcha ishchi o’rinlarini
ta'minlash uchun sharoit yaratishga harakat qiladi. Osiyoning yangi industrial
mamlakatlarida erkin iqtisodiy hududlarlarni tashkil etish siyosati sanoatni
rivojlantirish siyosatining bir qismi bo’lib, iqtisodiy o’sishning tarmoq anklavlarini
(asosan eksport va ilmiy-texnik) yaratishga yo’naltirilgan.
Iqtisodiy rivojlanish darajasi past bo’lgan, rivojlanayotgan mamlakatlarda erkin
iqtisodiy xududlarlarni tashkil etishda chet el kapitalini, yetakchi texnologiyalar va
boshqaruv tajribasini jalb etish, eksportni rag’batlantirish, uning tuzilmasini
yaxshilash, bandlikni oshirish va malakali kadrlarni tayyorlash, yer va xonalarni
ijaraga berish, tijorat va boshqa xizmatlarni taqdim etishdan qo’shimcha valyuta
tushumini olish vazifalari qo’yiladi. Umumlashtirilgan ko’inishda erkin iqtisodiy
hududlarni tashkil etish quyidagi maqsadlarga erishishga qaratilgan: milliyga
nisbatan yetakchi texnologiyalarni jalb etish; chet el kapitalini jalb etish yo’li bilan
iqtisodiyotni jonlantirish; valyuta mablag’larini tushishi va valyuta zaxiralarini
ko’payishi; ichki iste'mol bozorini to’yintirish; aholi bandlik darajasini va ishchi
kuchining sifat holatini oshirish; zamonaviy bozor infratuzilmasini yaratish;
tushkunlikdagi tumanlarni tezkor rivojlantirish; iqtisodiyotni boshqarish va xalqaro
tadbirkorlik sohalarida jahon tajribasiga ega bo’lish.
Erkin iqtisodiy hududlar ularni tashkil qiluvchilar tomonidan ochiq iqtisodiyot
tamoyillarini amalga oshirishdagi muhim bosqich sifatida ko’riladi. Ularning
faoliyat ko’rsatishi tashqi iqtisodiy faoliyatni faollashtirish va erkinlashtirish bilan
bog’lanadi. Erkin iqtisodiy hududlarning iqtisodiyotining tashki dunyoga ochiqligi
katta darajada bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |