13.4. Standartlashtirish va sertifikatlashtirish.
Tovar sifati ko’rsatkichlari qiymatlarini aniqlash uchun quyidagi usullar
qo’llanadi:
O’lchash usuli
– texnikaviy o’lchash vositalari yordamida tovar sifati
ko’rsatkichlari qiymatlarini aniqlash.
Qayd kilish usuli
– ko’zatish va ma’lum hodisalar, buyumlar yoki sarflar
sonini xisoblash asosida amalga oshiriladigan sifat ko’rsatkichlari qiymatlarini
aniqlash.
Hisob usuli
– tovar sifati ko’rsatkichlari uning o’lchamlari bilan nazariy yoki
empirik bog’lanishlaridan foydalanish asosida amalga oshiriladigan sifat
ko’rsatkichlari qiymatlarini aniqlashdir.
Ekspert usuli
– Ekspertlar qabul qilgan qarorlar asosida amalga oshiriladigan
sifat ko’rsatkichlari qiymatlarini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |