1.2. “Industrial iqtisod” fanining predmeti boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
Ishlab chiqarish va bozorni oqilona tashkil etish, ularning samaradorligini,
natijaliligini oshirmoq uchun jamiyatning umumiy iqtisodiy qonunlarini bilish,
xo’jalikka rahbarlik qilishning ilmiy asoslarini chuqur egallash zarur. Iqtisodiyot
sohasida ro’y berayotgan barcha voqeliklardan habardor bo’lish, ularning mohiyati
va ahamiyatini to’g’ri tushunish, iqtisodiy muammolarni oqilona hal etish
korxonalar, firmalar, tarmoqlar va komplekslar oldida turgan vazifalarni o’z vaqtida
amalga oshirish uchun iqtisodiy bilimlar bilan qurollanmoq, ularni chuqur
egallamoq kerak. Bunday bilimlarni bizga iqtisodiy fanlar tizimi o’rgatadi (1-
chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |