Induksion tizim asboblari


Induksion tizim asboblari



Download 77,04 Kb.
bet2/4
Sana23.06.2022
Hajmi77,04 Kb.
#695515
1   2   3   4
Bog'liq
INDUKSION TIZIM ASBOBLARI

Induksion tizim asboblari


Induksion tizimdagi asboblardan faqat o‘zgaruvchan tok zanjirlaridagina foydalaniladi. Ular elektr energiya hisoblagichi sifatida keng tarqalgan.













SO tipidagi bir fazali induksion hisoblagichlar elektr energiyasig‘ni o‘lchashda keng foydalaniladi.
Bu hisoblagichlar 127 V hamda 220 V kuchlanishli, 50 Gs chastotali tarmoq uchun 5-10 A li tokka mo‘ljallangan bo‘ladi.
Bir fazali induksion hisoblagichning o‘lchash mexanizmi (Rasm-72) ikkita elek

tromagnitdan iborat

bo‘lib, ular aylanuvchi yupqa alyuminiy disk (3) ning chekkasiga joylashtirilgan. Disk o‘lchash mexa-nizmining qo‘zg‘aluvchi qismidir. Diskning ostiga joylashtirilgan elektromagnit (1) da izolyasiyalangan mis simdan kam o‘ramli qilib yasalgan chulg‘am bo‘ladi va u o‘z o‘zagini ikkala uchi bilan disk tomonga qarab turadi. Bu elektromagnitning chulg‘ami tok iste’molchisi bilan ketma-ket ulanadi va tok chulg‘ami vazifasini bajaradi. Diskdan yuqorida joylashgan (2)ning chulg‘ami
izolyasilangan mis simdan (8-12 ming) ko‘p o‘ramli qilib yasaladi. Bu chulg‘am tok iste’molchisi bilan parallel ulanadi va kuchlanish chulg‘ami vazifasini bajaradi

.

CHulg‘am magnitaprovod (2) ning o‘rtadagi qismiga o‘raladi.
Elektromagnit chulg‘alaridan o‘zgaruvchan tok o‘tgan paytda magnit o‘tkazgichlarda sinusoidal qonunga muvofiq o‘zgarib turuvchi o‘zgaruvchan magnit oqimi hosil bo‘ladi. Elektromagnit (1)ning chulg‘amidagi magnit oqimi diskdan ikki marta (-F1;+F1) singib o‘tadi. Elektromagnit (2) ning magnit oqimi (Fish) o‘zakdan chiqib, diskdan singib o‘tadi.
Alyuminiy diskdan F1; Fish va -F1 magnit oqimlari singib o‘tadi. F1 va - F2 magnit oqimlari faza bo‘yicha bir-biridan 180, Fishmagnit oqimi esa ularga nisbatan 90 - burchakka siljigan bo‘ladi. Bu holatda yuguruvchi magnit maydon hosil bo‘ladi va bu yuguruvchi magnit maydon diskda uyurma moment aylantiruvchi momentga tenglashguncha ortib boraveradi, ya’ni
Mayl Mt yoki K1RK2n;
Agar tok zanjiri (t) vaqt ichida R quvvat iste’mol qilsa, sarflangan energiya quvvat bilan vaqtning ko‘paytmasiga teng bo‘ladi.
WP·tC·n·tC·N
bunda Nnt - diskning aylanishlar soni;S - hisoblagichning haqiqiy doimiysi deb ataladi.Hisoblagichning haqiqiy doimiysi S ning miqdori hisoblagich diski bir marta to‘limq aylanganda elektr iste’molchisi olgan energiyaga tengdir.Asbob shitida hisoblash mexanizmining uzatish soni ko‘rsatilgan bo‘ladi, u tokning muayyan ish birligida diskning necha marta aylanishini ko‘rsatadi, masalan, 1kVtsoat5000 diskning aylanishlar soni. Uzatish soniga ko‘ra hisoblagichning ominal doimiysi S0 aniqlanadi.




Diskning harakati chervyak vint orqali hisoblash mexanizmiga uzatiladi, hisoblash mexanizmi 0 dan 9 gacha raqamlab yozilgan bir qator shisternachalardan iborat bo‘ladi. Barcha raqamlar birgalikda hisoblagich tarmoqqa ulanib turgan vaqt
ichida sarflangan energiyaning kVtsoat larda ifodalangan miqdorini ko‘rsatuvchi sonini beradi.
Elektr energiyasining o‘lchov birligi XBT da 1J1Vt1sek olingan, lekin amalda ko‘pincha 1kVtsoat3,6106 joul ishlatiladi.
Reaktiv energiyani maxsus reaktiv energiyani o‘lchashga mo‘ljallangan reaktiv energiya hisoblagichlaridan foydalaniladi.
Reaktiv energiyani o‘lchov birligi 1kVarsoat ishlatiladi.
Tayanch so‘zlar: o‘lchash obyekti, o‘lchash usuli, o‘lchash vositasi, o‘lchov, o‘lchash asbobi.

Download 77,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish