64
ketib sezish uquviga egaligi bilan inson ustuvorlik qiladi. Hayvonlarning amaliy tafakkuri ularni yaqqol
vaziyatdan bevosita ta’sirotga bо‘ysunishni taqozo etadi. Shax -sni mavhum fikrlashga nisbatan qobiliyati
muayyan vaziyatga bevosi-ta bog‘liqlikdan uni xalos etadi. Inson bevosita muhim ta’siriga javob berish
bilan qanoatlanib qolmasdan, balki uni kutayotgan ta’-sirini ham bartaraf etish qurbiga egadir. Inson
psixikasi bilan hayvon psixikasi о‘rtasidagi birinchi farq shaxsning о‘zi anglagan qadriyatga binoan ongli
xatti-harakat qilish qobiliyati mavjudli-gidir.
Shaxsning hayvondan ikkinchi farqi uning mehnat qurollarini yaratish va saqlashga /ayoqatli
ekanligi bо‘lib, oldindan tuzilgan reja bо‘yicha ularni yasaydi va ulardan muayyan maqsadni amalga
oshirishda foydalanadi hamda keyinchalik qо‘llash niyatida asrab olib qо‘yadi. Ulardan odamlar
hamkorlikda foydalanadi, hamkorlik faoliyatida esa qurollar yaratiladi, о‘zaro tajriba almashadi,
bilimlarni bosh-qalarg‘a uzatishadi, umumiy saviyaga vorislik tufayli yuksaladi.
Inson psixikasining hayvondan yana bir farqli tomoni shunda -ki, uning ijtimoiy tajribaning
boshqalarga uzluksiz ravishda uza-tishida aks etadi. Tajribalarni instinktiv xatti -harakatlar gar-zida
о‘zlashtirish hodisasi ham insonga, ham hayvonga xos odatdir, lekin shaxsiy tajribaga kо‘ra ijtimoiy
tajribaning ustuvorligi odamning ongli mavjudodga aylanishining asosiy manbai hisobla -nadi. Shaxsni
ijtimoiy munosabat, ijtimoiy tajriba shakllanti -radi, moddiy va ma’naviy qurollarni egallash natijasida
unda yuk-sak insoniy funksiyalar (ixtiyoriy xotira, ixtiyoriy diqqat, mavhum tafakkur) vujud ga keladi va
rivojlana boradi. Subyekt tomo -nidan kishilik dunyosida yaratilgan madaniy merosni о‘zlashtirili -shi,
ayrim о‘zgartirishlar kiritilishi uning kamolotida sifat ji -xatidan yuksak bosqichni yuzaga keltiradi.
Yuksak funksiyalar, nutqiy faoliyatning takomillashuvi, mehnatning hayotiy ehtiyojga ayla -nishi, ertangi
hayot tо‘g‘risida mulohazalar tug‘ilishi ongning rivoj -lanishi uchun muhim imkoniyatlar yaratadi. Shu
bois inson bilan hayvon о‘rtasidagi tafovut tajribaning vorislik funksiyasi kasb etishi bilan yakunlanadi.
Jismoniy va akliy faoliyat kundalik za -ruratga aylanishi sababli ong bevosita nazorat funksiyasini baja -ra
boshlaydi, shuningdek, jamiyat, jamoa, tabiat tо‘g‘risidagi tasav -vurlarini tushunishi, anglash ham uning
tasarrufiga aylanadi.
Borliq voqeliklarini bir tekis in’ikos ettirish vositasi si -fatida insonda his-tuyg‘ular rivojlana
boshlaydi. Inson bilan hayvonot olami orasidagi yana bir tafovut his -tuyg‘ular orqali na-moyon bо‘ladi.
Lekin atrof-muhitdagi о‘zgarishlarga nisbatan befarq-lik har ikkala toifadagi mavjudodlarda hukm
surmaydi, biroqtash-qi ta’sirlar ijobiy yoki salbiy hissiy qо‘zg‘atishni vujudga kelti -radi. Emotsional
holatlar
hayvonlarda
ustuvor
rol
о‘ynaydi,
о‘zla-riningularga
munosabatlarini
bildiradi.
Biroqhayvonlardan farq-li о‘laroqodam о‘zining yuksak his-tuyg‘ulari (axloqiy, aqliy, nafo -sat, praksik
— lazzatlanish) bilan jamiyatga va tabiatga nisbatan munosabatini bildiradi, jumladan, quvonch, g‘am -
g‘ussa, mehr-muhab-bat, achinish, hamdardlik, zavklanish, faxrlanish, iftixor va bosh-qalar. Tabiat
manzaralari, mehnat mahsuli, turmush lahzalari, ezgu -lik, armon insonni faolikka undaydi, har bir
soniyadan maqsadga muvofiqfoydalanish xohishlari motiv vazifasini bajarishga о‘tadi. Yuksak his -
tuyg‘ular inson xulq-atvorining regulyatoriga aylanadi. Undagi vijdon, uyat, mas’ullik esa qadriyat
tariqasida xizmat qiladi. His-tuyg‘ularni boshqarish, nazorat qilish onglilikni taqozo etadi, kо‘zlangan
maqsadni amalga oshirishni ta’minlashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: