Individual va guruhiy konsultatsiya


Pertseptiv trening va uning   ijtimoiy psixologik xususiyatlari



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/221
Sana02.01.2022
Hajmi3,27 Mb.
#307242
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   221
Bog'liq
Индивидуал Мажмуа 2021-2022

Pertseptiv trening va uning   ijtimoiy psixologik xususiyatlari 
1. Pertseptiv treningning shaxs uchun ahamiyati 
Yo’qorida  ta'kidlanganidek  pertseptiv  trening  ham  ijtimoiy  psixologik  treningning  bir  shaqli  bo’lib,  u  ham  eng 
avvalo  shaxsni  o’z-o’zini  to’g’ri  anglash  va  tushunish  orkali  boshqalarni  to’g’rirok  baxolashga  va  ular  bilan  mos 
munosabatlar urnatishga urgatadi. Ushbu trening turining asl moxiyati shundan iboratki, unda ishtirok etuvchi shaxs 
avvalo o’zidagi ayrim xissiyotlarni uygotish orkali o’z qilmishlarini xolisona baxolash va shu orkali o’zgalar ichki 
olamida  ruy  beradigan  xissiy-kechinmalarni  anglash  imkoniyatiga  ega  bo’ladi,  natijada  o’z-o’zini 
mukammallashtirish dasturini  
ishlab chikadi. Pertseptiv trening jarayonida ishtirok etuvchilar o’zlari o’zgalar ko’z ungida qanday baxolanishlarini, 
o’zgalar  mavqeida  turib,  o’zlariga  to’g’ri  baxr  berish  (refleksiya)  va  o’z  xulqiga  o’zgalardan  beriladigan 
munosabatni xis Qilishga  muvaffak bo’ladilar. Ilmiy adabiyotlarda pertseptiv trening ba'zan sen-zitiv trening ham 
deb  ataladi.  Zero,  "senzitiv"  so’zining  ma'nosi  sezgirlikdir.  Ya'ni  senzitiv  trening  mashg’ulotlarida  odamning 
shaxslararo munosabatlarda namoyon bo’ladigan xissiyotlarga sezgirligi oshadi, ular-ni odilona va oqilona baxolash 
sobiliyatlari  ortadi.  Bu  usul  asrimizning  50-yillarida  yo’zaga  kelgan  bo’lib,  u  asosan  pedagoglar,  rejissyorlar, 
psixotera-pevtlar,  psixologlar  tomonidan  turli  mexnat  jamoalari  rahbarlarini  o’qitish  va  ulardagi  kommunikativ 
qobiliyatlarni  ustirishda  qo’llanilgan.  Mashg’ulotlarda  ishtirokchilar  "o’zgalar  oyok  kiyimida  yurish"  vaziyatiga 
solinib,  shu  orkali  ularda  birovlar  bilan  muloqotga  kirishganda  extiyot  bo’lish  xissi  va  empatiya  tarbiyalangan. 
Usulning muhim  xususiyati shundaki, T-guruxni tashkil etishda va shaxsiy faoliyatni yunaltirishda qatnashchi-larga 
maksimal darajada erkinlik beriladi. Bunda ishlatiladigan eng o’ziga xoslik shuki, o’yin ishtirokchilariga oldindan 
nima  bo’lishi  haqida    deyarli  xech  qanday  ma'lumot  berilmaydi.  O’yin  qatnashchilari  guyoki  kommu-nikativ 


 
14 
vakuum holatiga tushiriladi va bunda ularning o’zlari muloqot faoliyatini tashkil etishlariga to’g’ri keladi. Shuning 
uchun  ham  bu  jarayonning  samarasiga  "sinashlar"  va  "xatoliklar"  vositasida  erishiladi.  Shunday  qilib,  pertseptiv 
treningda  ishtirokchilar  faoliyatida  aqliy  (intellektual)  jarayonlardan  ko’ra  xissiyotlar,  emotsiyalar  muhim  rol 
o’ynaydi. 
2. Pertseptiv va senzitiv treninglarni tashkil etish shartlari 
Mashg’ulotlar  boshlanishidan  avval  ishtirokchilarga  liderlik  motivatsiya,  shaxslararo  muloqot,  guruxiy  jarayonlar, 
shaxs  tiplari  haqida    ma'ro’zalar  uqiladi,  amaliy  mashg’ulotlar  oldidan  har  bir  ishtirokchiga  yozma  matnlar  berib 
chiqiladi,  ularda  ham  ma'ro’zalarda  ko’tarilgan  muammolarga  oid amapiy xulosalar  va tavsiyalar  mavjud bo’ladi. 
Bo’larning  barchasi  aslida  umumiy  "fon"  rolini  o’ynaydi  va  qatnashchilarni  o’yinga  ruxiy  jixatdan  tayyorlaydi. 
Chunki  o’yin  davrida  ko’p  narsalar  yana  o’zgarib  borishi  mumkin.  Trening  mashg’ulotlarida  o’rtacha  6-15  kishi 
qatnashadi  va  ular  2  sutkadan  tortib  to  4  xaftagacha  davom  etishi  mumkin.  Guruxda  turli  yosh  va  kasb  vaqillari 
bo’lishi  mumkin,  imkoni  boricha  ularni  shunday  tanlash  kerakki,  natijada  ular  bir-birlarini  tanimasliklari  kerak. 
Odatda  pertseptiv  trening  mashg’ulotlari  biroz  gayri-tabiiy  haroitlarda,  ya'ni  kundalik  ish  haroitlarida,  masalan, 
maxsus  trenirovka  markazlarida,  mexmonxonalarda,  shahar  tashkarisida,  saylgoxlarda  o’tkaziladi.  Lekin  oxirgi 
yillarda ko’p joylarda tashkil qilinayotgan ana shunday treninglarda kasbi bir yoki bir-biriga yakin kishilar gurux;ida 
ham  o’tkazilmokda  va  u  ijobiy  natija  beryapti.  Odatda  mashg’ulotlar  "sessiyalar",  deb  ataladi  va  ularga  ijtimoiy 
psixolog  yoki  amalietchi  psixolog  rahbarlik  qiladi,  lekin  uning  roli  o’ziga  xos  xususiyatga  ega  bo’ladi.  Ya'ni  u 
ma'ro’zalar  o’qishdan  tashkari,  o’zaro  muloqotlar  jarayonida  "katalizator"  sifatida  guruxiy  jarayonlarni 
faollashtirishga'" bevosita aralashishi va muloqotga tabiiy ishtiroychi sifatida kushilib turishi mumkin. Treningning 
asosiy  talablaridan  biri  sho’qi,  unda  kundalik  xayotda  odatlanib  qolingan  muloqot  tizimlari,  shaxsning  xayotdagi 
mavqei yoki obrusiga e'tibor berishlar mavjud bo’lmaydi. Chunki ishtirokchilar erkin muloqot jarayonida o’zlarini 
boshqalar tomonidan Qanday idrok qilinayotganliklarini anglashlari va shu orkali o’zlarini idrok qilishga muyassar 
bo’lishlari kerak va bu narsa ko’pincha o’yindan keyingi munozaralarda kurib chiqiladi.Pertseptiv treningning uch 
asosiy boskichimavjud: 
1.  Kirihish  boskichi.  Bunda  gurux  a'zolari  o’rtasida  o’zaro  iliq  munosabatlar  urnatilishi,  ularda  eski 
ustanovkalar  va  qarashlardan  kutulish  imkoniyati  mavjud  bo’lishi  lozim.  Shuning  uchun  bo’lsa  kerak  bu  boskich 
"mo’zning erishi" ham deb ataladi. 
2. O’zgarish boskichi. Bunda yangicha sifatlar va munosabatlar shaqllanishi  
boshlanadi va gurux a'zolari bir-birlari bilan yaxshi munosabatlar urnatganlari sababli bir-birlaridan tortinmaydigan 
bo’ladilar. 
3.  Mustaxkamlanish  bosqichi,  obrazli  aytilsa,  bu  bosqich  "muzning  yana  qaytadan  qotishi"  ham  deyiladi. 
Bunda gurux tan olgan va  maqullagan, shaxs uchun  manfaatli sifatlar  mustaxdamlanadi  va  yangicha  munosabatlar 
tizimi shaqllanadi. g`osil bo’lgan tizim o’zok muddatli xotirada saqlanadi. 
Pertseptiv treningning ishtirokchilari barcha boskichlardan utishlari shart va ularda qaysi  boskich-ning kay darajada 
o’zok  kechishi  guruh  a'zolarining  shaxsiy  xoxishlari,  hayotiy  tajribalari  va  istaqlariga  boglik  Masalan,  ko’pincha 
birinchi  boskich  qisqa  muddatda  ruy  beradi  va  a'zolar  munozaralar  yoki  o’yinlar  vosita-sida  turli  vaziyatlarga 
o’zlarini kuyish orkali yangi qarashlarni shaqllantirishga ko’p vaqt sarf qiladilar. Pertseptiv trening o’yinlaridan biri 
- "Ko'r-ko’rona ishonch" G`"slepoe doverie"G` deb atalib, unga ko’ra, ishtirokchilar ikki guruxga bo’linadilar.  
       Birinchi  gurux  a'zolarining  ko’zlari  boglanadi  va  ularni  bittama-bitta  ikkinchi  gurux  a'zolari  etaklab,  yo’l 
ko’rsatib  boradilar,  o’yin  10  minutgacha  davom  etadi  va  bu  davrda  ishtirokchilar  gaplashmaydilar.  10  minut  dan 
so’ng rollar al-mashinadi, endi boshlovchi "ko’zi ojiz" rolida bo’ladi. Odatda birinchi boskichda ko’zi boglangan o’z 
boshidan  ogir  kismatni  kechirgani  uchun  ham  sherigini  etaqlashda  ko’prok  extiyotkor  bo’lib,  kiynamay  etaqlay 
boshlaydi.  Kechirilgan  xissiyotlar  o’yin  tugagach,  keng  muxokama  qilinadi.  Bu  o’yinning  ijtimoiy  moxiyati 
shundaki, u orkali boshlik va buysunuvchi, nochor va baxtli odamlar toifalarining ruxiy kechinmalari taxlil qilinadi 
hamda xayotda tushkunlik yoki tajribasizlik tufayli nochor insonlarga qanday muomalada bo’lish keraqligi haqida  
xulosalar  chiqariladi.  «Ko’pincha  shunday  o’yinlarda  ayrim  shaxslar  sira  gu-ruxga  kushila  olmaydilar,  bu  xdm 
ularning  jamiyatdagi  mavqelari  va  odamlarga  munosabatlarini  yakqol  namoyon  qiladi.  Masalan,  ana  shunday 
o’yinlarning birida bir rahbar xodim "Men xech kimga kushila olmayapman, meni gurux kabo’l qilmayapti-ku?" - 
deb  e'tirof  etgan.  Shui  da  gurux  a'zolari:  "To’g’ri,  Siz  o’zingizni  guyoki  oramizdagi  aygokchiday  tutayapsiz, 
o’zingizni  katta  olmay,  hamma  qatori tuting"  -  deb unga  tanbex berishgan. Demak usha  boshlik  ishda  ham  yangi 
xodimlar  yoki  yangi  shaxslar  bilan  tez  "til  topishib"  keta  olmaydi,  unda  "subordinatsiya"  kasali  bor.  O’yin 
mobaynida usha shaxsdagi ana shu illat to’zatilgan. 
Demak,  senzitiv  yoki  pertseptiv  trening  jarayonida  gurux  a'zolari  o’rtasida  doimiy  "teskari  alokaning" 
bo’lishi katta ahamiyatga ega. Chunki ishtirokchilar doimo turli vaziyatlarda o’zining va o’zgalarning xulq-atvorini 
ko’zatishi konuniyatiga ega bo’ladi va bunda shaxsning o’ziga xos sifatlari tarbiyalanadi. 
Umuman,  senzitiv  treningning  ijtimoiy  ahamiyati  shundaki,  u,  birinchidan,  o’z-o’zini  va  o’zgalarni  tushunish 
jarayonini tezlashtiradi va bunda shaxslararo idrok stereotiplari taxlil qilinadi; ikkinchidan, guruxiy jarayonlarning 
o’ziga  xos  qirralarini  xis  qilish,  odatdagi  kundalik  muloqotda  voz  kechish  mushkul  bo’lgan  "ego-ximoya" 
shablonlaridan kutulish im'koniyatini beradi; uchinchidan, birovlarning dard-xasratlarini xis qilish, o’zlarini eshitish 
qobiliyatini  ustiradi;  turtinchidan,  turli  vaziyatlarda  to’g’ri  va  aniq  savollar  berish,  zarur  bo’lsa,  ularga  o’zi  ham 
javob  berish  malakalari  xrsil  bo’ladi;  beshinchidan,  o’zgalarni  va  o’zini  tankid  qilish,  muloqotning  verbal  va 
noverbal usullaridan samarali foydalanish va ularni o’zlashtirish sodir bo’ladi.Bu usulni nazariy va amaliy jixatdan 
o’rganib  chikkan  AQSh  olimi  G.  Smit  uning  quyidagi  turlarini  farqlagan  edi:  1.  Ko’zatuvchanlikka  asoslangan 


 
15 
senzitivlilik  Bunda  asosii  narsa,  shaxsning  ko’zatuvchanlik  qobiliyatiga  asoslangan  xolda  nafaqat  o’zining,  balki 
boshqalarning  ham  har  bir  harakati,  nutqi,  tana  harakatlari,  mimikalari  va  boshqa  jixatlarini  tashki  to  moi  dan 
bevosita  idrok  Qilish  va  ko’zatuv  tajribasiga  tayangan  xolda  o’z  harakatlarini  to’zatish  imkoniyatini  beruvchi 
fazilatlarga  ega  bo’lishdir.  Ya'ni  insondagi  bu  sifatlar  -  ko’zatuvchanlik  qobiliyati  shunday  faol  jarayonki,  unda 
faqat  kurish  organlari  orkali  qayd  qilingan  tashki  ob'ektlargina  inobatga  olinmay,  balki  bunda  shaxs  kurishni 
xoxlagan  jixdtlar  ham  ongda  qayd  etiladi.  Masalan,  o’zi  yoktirgan  odamda  bevosita  qayd  etilmagan  sifatlar  ham 
e'tirof etilishi mumkin. Ayniqsa, o’z-o’zini ko’zatishga asoslangan introspektiv usul ham bunda katta rol o’ynaydi. 
2.  Nazariy  senzitivlik  Bu  -  shaxsning  o’zidagi  g’oya-lar,  nazariy  qarashlarni  o’zgalarning  xissiyotlari,  fikrlari  va 
harakatlarini  harxlash  va  baxolash  uchun  ishlatish  qobiliyatidir.  Masalan,  shaxs  tiplari  haqida  gi  nazariy  bilimlar 
bizga  o’zgalarni  osonrok  bilishga  yor-dam  beradi.  3.  Nomotetik  senzitivlik  Atamaning  ma'nosi  grekcha  "konuniy 
urnatilgan" so’zidan  kelib chikadi,  ya'ni  u  yoki bu shaxsning o’zini  va  o’zgalarni bilish va  ularning xulqiga  baxo 
berish uchun usha shaxs mansub bo’lgan ijtimoiy gurux vaqilining tipik fazilatlaridan foydalanish, unga xos bo’lgan 
obraz hamda tushunchalarni ishlatish qobiliyati - nomotetik senzitivlikdir. Demak bunda shaxs o’zini va o’zgalarni 
aniqrok  baxrlash  uchun  usha  ijtimoiy  gurux  vaqilining  "umumlashtirilgan  obrazidan"  foydalanadi.  4.  Idiografik 
senzitivlik  -  "o’ziga  xos"  so’zidan  olingan  bo’lib,  nomotetikdan  farqli  ularok  u  har  bir  shaxsni  o’ziga  xos  idrok 
qilish  va  shunday  imkoniyatdan  foydalanish  qobiliyatidir.  Bu  qobiliyat  "qaytarilmas,  o’ziga  xos  shaxs" 
tushunchalaridan  kelib  chikadi.  Senzitivlikning  barcha  yo’qorida  keltirilgan  turlari,  tabiiyki,  aloxida-aloxida 
qo’llanmaydi, amaliyotda esa o’yinlarni tashkil etishda ularning barchasidan oqilona foydalanishgina samara beradi. 
Shuning uchun ham ular haqida gi bilimlarga ega bo’lish, birinchi navbatda, bosh-lovchi psixologlar uchun zarurdir. 
    Shunday  qilib,  agar  ma'ro’zalar  tinglash  jarayonida  shaxs  boshqalarning  umuman  olganda  o’zlarini  qanday 
tutishlari haqida  tasavvurga ega bo’lsa, T-guruxlarda uyushtiriladigan mashg’ulotlarda u o’zining jamiyatda tutgan 
urnini  anglash,  boshqalar  tomonidan  qanday  idrok  qilinayotganligini  xis  qilish,  o’zgalarning  unga  ta'siri  qanday 
bo’layotganligini  sezish  imkoniyatiga  ega  bo’ladi  va  shu  orkali  boshqalarga  nisbatan  munosabat  tizimini 
mukammallashtiradi. Sinektika bu urinda inson tasavvurlarini yanada rivojlantirish usuli sifatida turli mutaxassislar 
tuplangan haroitda biror ijodiy muammoni echishda shaxs qarashlarini kayta tag`lil qilish usuli sifatida qo’shimcha 
yordam beradi. Masalan, bu urinda "Robinzon" o’yining o’ziga xos variantini taqlif qilish mumkin. Aytaylik gurux 
insonsiz orolga tushib qolgan, maqsad, katta kayik yasash va orolni tark etish. Gurux a'zolari barcha yo’llar haqida  
fikrlashib,  va  nixoyat,  12  oy  ichida  shu  oroldan  chikib  ketish  dasgurini  ishlab  chikadilar.  sbikrlar,  taqliflar 
bajaruvchilar  haqidagi  fantastik  obrazlar  va  yaxlit  tizim  guruxda  ko’plab  shaxs-lararo  muammolarni  yo’l-yo’lakay 
xal qilishni talab qiladi, natijada odamlar bir-birlarini yanada yakindan bilib oladilar. 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish