Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi



Download 2,45 Mb.
bet20/138
Sana02.02.2023
Hajmi2,45 Mb.
#906724
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Nematodlarning juda ko’pchiligi ayrim jinsli bo’lib, ularda jinsiy dimorfizm hodisasi yaxshi rivojlangan. Erkaklarning bo’yi kaltaroq, dumi gajaksimon qayirilgan, ingichkaroq bo’ladi.Erkaklik jinsiy organlari bir juft uzun ipsimon urug’don, urug’ yo’li, urug’ pufagi, mukulli urug’ sochuvchi kanal, spikula va yordamchi organlar (rulek, bursa) dan iborat. Spikula xitindan tuzilgan bo’lib, ko’pincha bir juft bo’ladi. Urg’ochisi bilan qo’shilganda, spikula orqali spermatozoid urg’ochisi qiniga o’tadi. Rulek spikula harakatini boshqaradi. Bursa urg’ochisini ushlab turish vazifasini bajaradi. Ba’zi turlarida bursa bo’lmasligi ham mumkin. Nematodlarda spermatozoid aniyobasimon tuzilishga ega bo’lib, boshqa hamma hayvonlaming spermatozoididan farq qiladi. Bularning spermatozoidi erkin amyobasimon harakatlana oladi.
Urug’chilik jinsiy organlari bir juft uzun ipsimon tuxumdon, tuxum yo’llari, bachadon va qindan iborat. Bachadon devori ko’plab muskulli va bezli hujayralardan iborat. Tuxum hujayraning urug’lanishi va tuxum po’stning shakllanishi bachadonda amalga oshadi.
Skrebnilar ayrim jinsli, samkalarining juft tuxumdoni ligament ichida joylashgan, Undan tuxum yo’li boshlanadi. Rivojlanishning boshlang’ich boshqalarida tuxumdon ligament ichida, yoki tana bolshlig’ida erkin yuradigan tuxum hujayralariga bo’linib ketadi. Tuxum chiqaruvchi kanal o’ziga xos tuzilishdagi kompleksdan iborat bo’lib, onalik qo’ng’irog’i (devori muskuldan tuzilgan bo’lib, ligamentdan yoki tana bo’shligidan boshlanadi), tuxum yo’li, bachadon va qindan iborat. Aniqlanishicha, onatik qolnglirogli yetilgan tuxumlarni ajratib, tuxum yo’liga oltkazadi. yetilmagan tuxumlar maxsus ventral teshik orqali ligamentga, yoki tana bo’shlig’iga qaytarib yuboriladi. Qin gavdaning oxiridan tashqariga ochiladi.
Erkaklik jinsiy organlari urug’don, urug’ yo’li sement bezi, jinsiy bursa va qo’shilish organdan iborat. Urug’doni sharsimon shaklda bo’lib, ikkita bo’ladi. Ular oldin-keyin bo’lib, ligamentning ichida joylashgan. Potologik jarayonlar paytida urug’don bitta bo’lishi ham mumkin. Urug’don alontosefal lichinkalik davrida, oraliq xo’jayin organizmida shakllana boshlaydi. Urug’dondan urug’ yo’li boshlanib, penisga yetmasdan kengayib, unig’ xalasini hosil qiladi. Urug’don atrofida sement bezi degan bez bo’ladi. Uning shakli noksimion, naysimon. yoki kurtaksimon bo’ladi, soni 3,4,6,8, ta bo’rishi mumkin va bu son avlodning belgisi hisoblanadi. Sement bezining ,naxsus kanali orqali penisga kelib quyiladi. Bu bez yopishqoq sekret ishlab chiqaradi, bu sekret jinsiy qo’shilishdan keyin, urg’ochi jinsiy teshigini og’zini bekitib tashlaydi. Van Kliv (1949) sement bezini uchta turini farqlaydi: 1. Sinsitial sement bezi ko’p yadroli bo’ladi. 2. Ko’p sement bezi har biri bezda bitta yadra boladi va har biri aloxida kanalga ega. 3. Ko’p sement bezi har bir bez kapsulaga o’ralgan va yadro elemendari bo’ladi. Yopishqoq sekret ishlab chiqaradi. Eng sodda tuzilishga ega bo’lgani sinsitial sement bezi bo’lib,undan boshqa tipdagi bezlar taraqqiy etadi.
Qo’shilish organi - penis muskuldan iborat bo’lib, bursa atrofida joylashgan. Bunsa muskuldan iborat. Bursa qo’shilish davrida samkani ushlab turish vazifasini bajaradi. Shu payt penis orqali urug’ urg’ochi jinsiy yo’llariga o’tadi va sement bezidan ham sekret ishlab chiqarilib, penis orqali urg’ochiga o’tadi va urg’ochi jinsiy teshigini bekitib, urug’ning qaytib chiqishiga yo’1 qo’ymaydi.

Download 2,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish