Jinsiy organlarning tuzilishi
Jinsiy hujayra va jinsiy gormon ishlab chiqaruvchi bezlar, jinsiy bezlar yoki gonadalar deb ataladi. Gonada grekcha "gonao" – tug’uvchi, tug’diruvchi, degan ma’noni bildiradi.
Bulutlarning ko’pchiligi germafrodit bo’lib, ba’zi turlari ayrim jinslidir. Bulutlarning ayrim jinslilarining biri faqat tuxtim xujayra, boshqasi faqat spermatozoid hosil qiladi. Bulutlaning jinsiy bezlari bo’lmaydi. Ularda jinsiy hujayralar mezogliyadagi arxeositlardan hosil bo’ladi. Spermatozoid suvga chiqib, qo’shni koloniyadagi tuxum hujayraga kiradi va urug’lanish sodir bo’ladi.
Kovakichlarniag ham ko’pchilik turlari germafrodit bo’lib, cho’ntaksimon jinsiy bezlari entodermada, ba’zi turlarida ektoderma va mezogliya o’rtasida joylashgan.
Kiprikli chuvalchanglarning erkaklik jinsiy organlari ko’plab urug’donlardan iborat bo’lib, ulardan urug’ olib chiquvchi kanallar boshlanadi. Bu kanallar yig’ilib, ikkita urug’ kanalini hosil qiladi. Urug’ kanalining kengaygan joyi, urug’ saqlovchi xalta deyilib, uning oxiri jinsiy qo’shilish organ bilan birlashgan.
Urg’ochilik jinsiy organlari bir juft tuxumdondan iborat. Tuxumdonlardan bir juft tuxum yo’li boshlanib, ular birlashadi va jinsiy qo’shilish organning yonidan tashqariga ochiladi. Juft tuxum yo’li kanaliga ko’pIab sariqlik bezidan sariq hujayra quyiladi va zaxira moddaga boy bo’ladi.
Trematodlaming jinsiy organlari, juda murakkab tuzilgan. Tashqi jinsiy teshik, organizmning har xil qismida joylashgan. Erkaklik va urugochilik jinsiy teshigi birashib, umumiy jinsiy kloakani hosil qiladi. Ba’zilarida 2 ta so’rgich o’rtasida 2 ta jinsiy teshik yomna-yon joylashgan bo’lishi mumkin (21-rasm).
Erkaklik jinsiy bezlari 2 ta, 1 ta, ba’zan ko’p urug’donlardan iborat, Uning bar biridan urug’ yo’llari boshlanib, ular qo’shilib, yagona urug’ yo’lini hosil qiladi. Urug’ yo’li o’z yo’lida bir necha urug’ xaltasini hosil qiladi. urug’ yo’li urug’ saqlovchi xalta bilan tugaydi. Urug’ xaltasidan qo’shilish organ sinish boshlanadi. Sinish muskulli jinsiy xalta, bursada joylashgan. Bursada bir hujayrali prostata bezlari ham joylashgan.
Urug’don oval, aylana shaklda bo’ladi. Uning yo’lida kiprikli epiteliy Hujayralari, tashqarisida muskullar joylasligan.
Jinsiy bursada urug’ saqlovchi xalta, prostata bezi, urug’ xalta, sirnis joylashgan. Ba’zi (urlarida jinsiy bursa yo’q. Umuman, bursa jinsiy qo’shilish vaqtida urg’ochi individni ushlab turish vazifasini bajaradi.
Urugchilik jinsiy organlari, nisbatan murakkab tuzilgan bo’lib, ootipga tuxumdon, laurerov kanali, melis tanachasi. sariqlik bezi, urug’ qabul qiluvchi xalta, bachadon (qin) ochiladi. Tuxumdon asosan bitta bo’lib, oval, aylana shaklda bo’ladi. Tuxum yo’li qisqa va voronkasimon bo’lib, qisqaruvchi muskurdan iborat. Bu muskullarning qisqarishi tufayli, tuxum ootipga chiqadi.Tuxum yo’li kiprikli epiteliy hujayralari bilan qoplangan.
Melis tanachasi juda ko’plab bir hujayrali bezlardan iborat bo’lib, uning yo’li ham ootipga quyiladi.
Laurerov kanali Ham ootipga quyiladi.Bu kanalning vazifasi Haqida2 xil fikr bor: 1. Bu kanal qin vazifasini bajaradi. Chunki bachadon urug’langan tuxum bilan to’lib, qo’shilishga va spermatozoidning urug’ xaltasiga o’tishiga yo’l qo’ymaydi. 2. Bu kanal ortiqcha sariqlik moddasini tashqariga chiqaradi. Chunki ortiqcha sariqlik, tuxum hosil bo’lishiga halaqit beradi.
Unig’ qabul qiluvchi xalta, jinsiy qo’shilgan paytda almashtirib olingan spermatozoidni o’zida saqlaydi.
Sariqlik bezi ichak atrofida joylashadi va ko’plab alohida folekkulalardan iborat. Sariqlik bezi juft, toq bo’lishi mumkin. Sariq bezining yo’li bilan sariqlik ootipga chiqadi-Undan tuxum po’st hosil bo’ladi va bir qismi tuxum uchun ozuqa hisoblanadi.
Bachadon uzun naysimon kanaldan iborat bo’lib, ootipdan boshlanadi va tashqi jinsiy teshik bilan tugaydi. Ootipdan boshlangan bachadon bir qancha burilishlar hosil qiladi va shunday qilib uzayadi. Ba’zi turlarida bachadon butunlay bo’lmaydi-Unda ootip metratermga, ya’ni bachadonning oxiriga tutashadi. U muskul bilan qoplangan bo’ladi.
Trematodlarning bachadoni ikkita vazifani bajaradi: 1. Urug’langan tuxumni saqlaydi va yetilganlarini tashqariga chiqaradi. Shunday qilib, bachadon vazifasini bajaradi. 2. Yosh individlarda spermani qabul qilish va urug’ qabul qiluvchi xaltaga o’tkazisli, ya’ni qin vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |