Embrional regulyasiya
Embrion regulyasiya deyilganda butun embrion yoki uning ma’lum qismining taraqqiyoti tabiiy yoki su’niy buzilishdan keyin qayta tiklanishi tushiniladi.
Embrionning regulyasion imkoniyatlarini o’rganish uchun quydagi usullardan foydalanilgan: 1) embrion materilalining bir qismini olib tashlash; 2) qo’shimcha material kiritish; 3) embrion qismlarini aralashtirib tashlash yoki sentrofuga yordamida aralashtirish. Bu jarayonlar tuxum, zigota, maydalanish, gastrulasiya va organogenez bosqichlarini amalga oshiradi.
Maydalanishgacha tuxum hujayrasining sitoplazmasinimg bir qismi pipetka yoki sentrafuga yordamida olib tashlanadi. Aniqlanishicha, ko’pchilik holatlarda tuxum hujayra sitoplazmasining 1/3 qismi olinsa ham, normal taraqqiyot davom etadi, ba’zan kichikroq embrion hosil b’lishi munkin. Bunday ma’lumotlar kovakchilar, kam tukli halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, assidiyalar, ninatanlilar ustida o’tkazilgan tajribalar natijasida olingan. Ikki va undan ortiq tuxum hujayrani qo’shish natijasida ham normal embrion hosil bo’ladi.
Dengiz tipralikani gonadasidan chiqqan tuxum hujatra ingichka idishga oslinsa, ba’zi tuxumlar bir-bir bilan qo’shiladi. Agar ular su’niy urug’lantirsa, normal lichika rivojlanadi, ammmo hajmi va hujayralari ikki marta katta bo’ladi. Shunday qilib, ikkta ooplazma qo’shilasa ,bitta organizim hosil bo’ladi.
Tuxum hujayrani sentrofugalash ham qiziqarli ma’lumotlar beradi. Aniqlanishicha , chuvalchanglar, mollyuskalar, deniz tiptalikani tuxumini kuchli sentrofugalash birinchi maydalanish egatchasini va rivojalanish yo’nalishini o’zgartia olmaydi. Normal lichinka moddalarning normal taqsimlanganligini ko’rish munkin. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, sitoplazmadagi moddalar rivojlanish yo’nalishini belgilay olmaydi. Rivojlanish yo’nalishini tuxumdagi energelik va fizologik xususiyatlarga bog’liq. Bu tajribalardan hulosa shuki, ooplazmalik segreasiya determinasiyanimg assosiy sababi emas, uning buzilishi tufayli embrional regulyasiya yuz beradi.
Maydalanish bosqichida ko’plab tajribalar o’tkazilgan. Deyarli hamma hayvonlarda birinchi maydalanishdan keyain blasromerlarni bir-biridan ajratsa, ularning har biridan normal embrion rivojlanadi. Buni monozigotali egizaklar deyiladi. Dengiz tipralikanida 8ta blastomer hosil bo’lganda vegetatuv qutubdagi blastomerlarda regulyasiya sodir bo’ladi, animal qutubdagi blastomerlarning rivojlanishi uchun ularni litiy tuzining eritmasiga solish kerak.
Maydalanish davrida regulyasiya sodir bo’lishi minogalar, baliqlar, amfibiyalar, yuksak umurtqalilarda uchraydi. Unga blastomerni izolyasiyalash va mono zigotali egizaklar, qo’sh aloqli mayiblarga oid tajribalar miol bo’ladi.
To’rt hijayrali sichqon embrionning blastomerlarini bir- biridan ajratilsa, uchta blasista va bitta trofoblaslik haltacha hosil bo’lgan. Nematoidlarda ham shunday holatni kuzatish munkin. Bu tajribalardan hulosa shuki, har bir alohida blastomerning morfogenez potensiyasi normal rivojlanishga nisbatan yuqori bo’ladi. Potenisiya deyilganda embrion qismlarining maksimal imkoniyati tetganicha ro’yobga chiqarish tushiniladi. Normal rivojlanishda bu imkoniyatlarning bittasi ro’yobga chiqadi, boshqalari esa tajribalar yo’li bilan o’rganilishi munkin. Keng potensiya totipotentlik ham deb ataladi.
Blastomerlarning keng potensiyasi ularni ko’chirib o’tkazish va o’nini almashtirish orqali o’rganilish munkin. Dengiz tipralikaning blastomerlarini ajratib, tartibsiz aralashtirilgan. Natijada normal lichinka hosil bo’lgan, ammo boshqa yo’nalish bilan paydo bo’lgan. Masalan , ichaklar invaginasiya yo’li bilan emas, shizosel, ya’ni zich hujayraning tarqalishi yo’li bilan paydo bo’lgan. Bu regulyasiya jarayoning muhum xususiyati hisoblanadi.
Sut emizuvchilar blastomeri ko’chirib o’tkazilsa, ular o’tkazilgan joyga mos ravishda rivojlanadi. Trofoblastlar ko’chirib o’tkazilganda shunday holat kuzatigan. Bunda blastomer taqdiri boshqa blastomer taqdiri boshqa blastomerlar bilan aloqasiga bog’liq bo’ladi.
Agar embrion tana bo’shlig’iga joylatirilsa, undan yirik o’stma ( embrio karsimon0 hosil bo’ladi. Agar bu o’sma hujayrasi blastosista davrida o’tkazilsa, embrionning normal rivojlanishi kuzatiladi.
Determinasiya rivojlaninshning oxirgi bosqichi bo’lmasa, embrional egulyasuya rivojlanishning bir- biriga qarama-qarshi, ammo embriobn rivojlanishning bir butunligini ta’minlashda o’zaro bo’g’liqdir.
Determinasiya bir butun organizimdan uning qismlariga boradigan jarayon hisoblanadi. Chunki embrion rivojlanishining dastlabki davruda hali hujayra taqdiri aniqlanmagan bo’ladi. Keyinchalik embrion qismlari determinasiyalanadi. Odatda determinasiya differensiasiya bilan almashinadi va embrion qismlari ixtisoslashib, ular o’rtasida aloqa paydo bo’ladi. Agar jinsiy voyaga yetgan organizim lichinkadan oddiyroq tuzigan bo’lsa, bu qonunyatdan mustasno bo’ladi.
Taraqqiyotning regultator xususiyati adaptif imkoniyatlarga ega bo’lib, agar bir bosqich pasaysa yoki tushib qolsa ham, normal rivojlanish davom etishi munkin. Noqulay sharoitda o’zgaruvchanlik imkoniyati evolyusion qayta qurish uchun manba bo’lishi munkin. Bu ma’lumotlr umutqalilar tuxumining regulyasion tipiga xos bo’lib, ularda umurtqasiz hayvonlarga nisbatan embrional regulyasiya kuchliro bo’ladi.
I.I Shalgauzen individlar rivojlanish davrida organizimning bir butubnligi haqida. I.I Shmalgauzen birinchi bo’lib ontogenez va filogenez davrida organizimning bir butunligi muommosini o’rganadi. Bungacha integrasiya muommosi bilan fizologlar shug’illanishgan, embriologlar eas diffferensiasiya muommosini o’rganganlar. Organizim bir butunlik tushinchasiga I.I Shmalgauzen ilmiy jixatidan ta;ri bergan. Organizim rivojlanishining hamma bosqichlarida bir butun sistemadan iborat bo’ladi.
Organizmning progressiv murakkablashuvi butun organizimning differensiasiyasi va qismlarining ixtisoslashishi hisoblanadi. Har bir qism o’zining mustaqil vazifalariga ega bo’ladi.. Organlarning har qanday ixtisoslashishi organizimning boshqa qismlari bilan bog’liq. I.I Shmalgauzen fikricha, organ qancha ko’p ixtisoslashgan bo’lsa, shuncha ko’p organlar bilan bog’liq bo’ladi. “ Har bir organning maxsus funksiyasi bor . Ammo bu vazifa, bir tomondan, butun organizimga bo’ysinsdi, ikkinchi tomondan, bu vazifa or ganni tashkil etadigan to’qima va hujayralar orqali boshqariladi. Har qanday yuqori sistema quyu sisrama ishini boshqaradi va koordinasiyalaydi. Ana shunda regulyasiya sikli namayon bo’ladi. Bu sikl bir –biridan izolyasiyalanmagan, balki chiqish va kirish kanalllari bilan bog’langan Shuning bilan birgalikda yuqori sistema funksiyasi quyi sistema ishining yig’ndisi emas, balki integrasiyasidan iboratdir “ degan edi. “… Induvidal rivojlanishni harakatlanturuvchi kuch rmbrion differensiyalanganda paydo bo’lib, o’zaro ta’sir tufayli bu differensiasiya natija beradi. O’zaro ta’sir yangi diffferesiasiyaga olib keladi. Organizimnning chidamliligi uning tuzilishining mustahkamligi bilan emas, qisimlari o’zaro aloqasining murakkabligi va regulyasiyasi bilan ifodalanadi. Ana shularga asoslanib, organizim hamma bosqichlarida bir butun sistema sifatida o’sadi “.
I.I Shmalgauzen fikricha, induktor shartli tushuncha b’lib, u o’zgarib turadi. Shunday qilib, determinasiya va differensiasiya tahlili embriologiyaning boshqa qonunyatlariga mos keladi va embrionnni o’rganishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |