Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Orqa miya va periferik nerv sistemasining rivojlanishi



Download 2,45 Mb.
bet75/138
Sana02.02.2023
Hajmi2,45 Mb.
#906724
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Orqa miya va periferik nerv sistemasining rivojlanishi. Orqa miyaning rivojlanishi davrida uning devorining hujayralari ikki yo’nalishda differen siyalashadi; biridan neyrologiya ( miya nerv hujayralarni oziqlanturuvchi), ikkinchisidan nerv hujayralari hosil bo’ladi. Neyrologiya nerv hujayralarning atrofida joylashadi
Neyroblastdan hosil bo’ladigan hujayralarning tanasi orqa miyaning kulrang (ichki) moddasini, Nerv tolalari esa uning oq ( tashqi) moddasini hosil qiladi.
Rivojlanayotgan bosh miya nervlarni uch guruhga bo’lish munkin:
1.Sezuvchi nervlar,ulardan uch shoxli nervning hidlash, eshitish va ko’rish tarmoqlari hosil bo’ladi.
2.Harakatlantiruvchi nervlar, bularga ko’zni harakatlantiruvchi muskul va nerv taktil nerv misol bo’ladi.
3. Aralash nervlar, bularga bosh miyaning harakatlanturuvchi nerv tolalari va sezuvchi nervning tugunlari paydo bo’ladi.
Ko’zning rivojlanishi. Hayvonlar ko’zining rivojlanishini amfibiyalarda misolda o’rganilgan. Embrion rivojlanish davrida ko’z dastlab oraliq miya devorining qatlamlanish tufayli ko’z pufagi sifatida paydo bo’ladi. V.I. Balinsmkiy (1958) fikricha, baqada ko’z pufagi oldingi miyaning 10- 50% tashkil etadi Suyakli baliqlar, repiteliyalar va qushlarning embrion rivojlanish davrida ko’z hajmi amfibiyalar ko’ziga nisbatan yirikroq bo’ladi, sut emizuvchilarda esa unchalik katta bo’lmaydi. Ko’z pufagi rivojlanishi bilan bosh miya ko’z poyachasi birlashib turadi (84 rasm).
Ko’z pufagining kattalashuvi bilan unda murakkab morfologik o’zgarishlar sodir bo’ladi. Uning tashqi yuzasi qatrilib, ikki qavatli ko’z bokalini hosil qiladi. Ichki qavati to’r qavatga, tashqisi pigmentli qavatga aylanadi. Ko’z olmasining bo’shlig’I shishasimon tana bilan to’lib, kozning orqa kamerasini hosil qiladi. Ammo shishasimon tanachaning hosil bo’lishida mezoderma hujayralari am qatnashadi.
Ko’z teshigi dastlab katta bo’lib, keyinchalik kichiklashib boradi. Bu kichiklashuv chetlarda ko’proq, o’rtasida kamroq sodir bo’ladi.
Ichki qavatning orqa qismi to’r pardaning ko’rish qismiga, oldingi qismi kiprikli vakamalak qismiga aylanadi. Kiprikli tanadan kiprikli muskul hosil bo’lib, undan gavhar birlashadi. Kamalak qismidan kamalak qavat, to’r pardaning hujayralaridan ko’rish nervlari, mezodermadan qon tomirla hosil bo’ladi.
Ko’ zning normal ko’rishi uchun uning yordamch qisimlari ko’z soqqasinin harakatlanturuvchi muskullar, ko’z yoshi bezi, qovoq kipriklarning hosil bo’lishi va funksiyasi muhum ahamyatga ega.
Ko’zning tashqi qavati mezenximadan hosil bo’lgan Mezenximaning I chki qavati hujayralaridan pgmentli epiteliyni o’rab turgan qon tomirlari hosil bo’ladi. Keyinchalik undan tomirlar qavati rivojlanadi. Mezenximaning tashqi hujayralaridan oq (sklera) qavat hosil bo’ladi. Bu qavat ko’zni himoya va ko’z muskullarini biriktirish vazifasini bajaradi.
G.Shpeman (1901) va O.Mangold (1931) tajribalaridan ma’lum bo’lishicha, teri va shox pardaning ma’lum qismining o’zgarishiga gavxar va ko’z soqqasining ta’siri bor. Agar ko’z olmasini shox parda hosil bo’lguncha olib tashlansa, rivojlanmaydi. Shunga ko’ra, shox modda ko’z rivojlanishining hamma bosqichlarida zarur. Agar amfibiya lichinkasini yoki voyaga yetgan formasining ko’zini olib tashlansa, shox modda tezda yaltiroqligini yo’qotib, teri tarkibiga aylanadi.

Download 2,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish