Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Embrion jinsiga gormonal ta’sir etish



Download 2,45 Mb.
bet48/138
Sana02.02.2023
Hajmi2,45 Mb.
#906724
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Embrion jinsiga gormonal ta’sir etish. Jinsiy bezlar yoki boshqa organlarning mahsulotlari embrion jinsining paydo bo’lishiga ta’sir etadi. Bunday sa’biy ta’sir tufayli "frimantizm" degan organda paydo bo’ladi.

Bunda embrionlar o’rtasida umumiy qon aylanish sistemasi hosil bo’ladi. Bimday embrionlar taraqqiyoti davomida erkak embrion zarar ko’rmaydi, ammo urg’ochi embrion frimanlinaga (psevdogermafroditizm) aylanadi. Bunday holat odamda uchramaydi. U qoramol. Qo’y, ichki, cho’chqa va boshqa hayvonlarda kuzatilgan. Bunday noto’g’ri rivojlanish urg’ochi embrionning jinsiy beziga erkaklik jinsiy bezining ta’sviri tufayli sodir bo’ladi. Baliqlar taraqqiyotining dastlabki bocqichlarida erkaklarini estrogen gormoni bilan oziqlantirilsa, urg’ochi individga aylanishi mumkinligi isbotlangan. Urg’ochi individlarni androgen gonnon bilan oziqlantirilsa, erkak individga aylanishi mumkin. Sut emizuvchilarga jinsiy gormonlarni infeksiya qilinganda ikkilamchi jinsiy belgilar o’zgarishiga, gonadalarning jarohatlanishiga olib kelishi mumkinligi isbotlandi. Ammo bunday yo’l bilan gonada boshqa jinsiy bezga aylanmaydi. Volf va Myurler kanallari shakllanishining genlar bilan bir qatorda jinsiy bezlarning gormonlari ham boshqaradi. Tovushqonlar embrioniga ularning hayotchanligini buzmasdan ta’sir etish orqali yuqoridagi fikrlar isbotlandi, Hayvonni oxta (kastrasiya) qilish chorvachilikda keng foydalaniladigan usul hisoblanadi. Bu usul erkak mollarni so’qimga boqish uchun qo’llaniladi. Agar erkak embrion 19 kundan oldin axtalansa, myuller kanali saqlanib qoladi, lekin tashqi jinsiy belgilari urg’ochi individga o’xshamaydi. Xuddi shu tajribani 24 kundan keyin o’tkazilsa, erkak embrion taraqqiyoti normal o’tadi. 19-24 kunda bu tajriba o’tkazilsa, turli shakldagi germafroditizm paydo bo’lishi mumkin. Urg’ochi individga ko’p miqdorda androgen gormoni berilsa, ularda erkaklik jinsiy belgilari paydo bo’lishi kuzatilgan, Kalamushlarning erkak embrioniga antiandrogen (siroteran) berilganda ular gavdasinnig tashqi tomonida urg’ochi individning tashqi jinsiy belgilariga o’xshash bo’lgan belgilar paydo bo’lishi tajribalarda isbotlangan.


Sun’iy urug’lantirish

Urug’lanish jarayonini eksperimental o’rganish sun’iy urug’llatirish usullarini ishlab chiqishga olib keldi. Urug’lanishda jinsiy hujayralar tashqi muhitda yoki ona organizmida tabiiy ravishda qo’shiladi. Urug’llanishda esa spermalar urg’ochilik jinsiy yo’llariga inson tomonidan yuboriladi. Demak, urug’lanish bilan unig’lantirishni bir-biridan farqlash kerak.


Sun’iy urug’latish dastlab XVII asrda sovuqqonli hayvonlarda-baqa, qurbaqa, keyin esa issiqqonli hayvonlarda sinab ko’rilgan.
Bu usuldan chorvachilikda keng foydalaniladi. Eng yaxshi zotli erkak hayvonlarning spermasi olinib, suniy suyuqliklarda saqlanib, yuzlab, minglab urg’ochi hayvonlar urug’lantiriladi. Bu usulni chorvachilikda qo’llashni birinchi bo’lib Mrivanov ishlab chiqqan.
Sun’iy urug’lanish tufayli ko’plab bola olish ur’lochi hayvon fiziologik holatining yomonlashishiga, zotning buzilishiga olib keldi. Shuning uchun ham keyingi paytlarda bu usuldan foydalanish chegaralanilmoqda.
N.F.Chervinskiy ontogenez qonuniyatlarining chorvachilikdagi
ahamiyatini aniqlagan. U taraqqiyotning normal va noto’g’ri rivojlanishini o’rganishning ahamiyatini ko’rsatib bergan edi.
Chervinskiy embrionalizm va infantalizm ro’y berishining sabablarini aniqlagan. Embrionalizm deb organizmning embrional taraqqiyoti davrida o’zgarish sodir bo’lishini, ya’ni o’sishning sekinlashuvi, ba’zi organlarning (qo’1, oyoq) yaxshi taraqqiy etmasligi tushuniladi. Infantalizmda embrion taraqqiyoti davrida o’zgarishlar sodir bo’lmaydi, ammo postembrional taraqqiyot davrida har xil o’zgarishlar paydo bo’ladi. Embrionalizm ona organizmining homiladorlik paytidagi ovqatlanishiga bog’liq.
Chorvachilikda embrionning paydo bo’lish vaqtini aniqlash, homilador hayvonlarga beriladigan ovqatnnig tarkibi va muddatlarini bilish muhim ahamiyatga ega. Kuchli ovqat gavda qismlarining yaxshi rivojlanishiga yordam bersa, yomon ovqat embrioiming o’sishini sekinlashtiradi.
Ovqatning sifat va miqdorini yaxshilash uchun gormonlar, vitaminlar va boshqa biologik faol moddalardan foydalanish orqali embrion rivojlanishni samarali boshqarish mimkin. Qo’ylar ustida olib borilgan tajribalar shuni ko’rsatdiki, ularnnig homiladorligi 90 kunga borganda ovqatining sifatini yaxshilash zarur. Agar embrion bittadan ko’p bo’lsa, bu ishni oldinroq boshlash lozim.
Embrion rivojlanishi uchun harorat muhim ahamiyatga ega. Baqasimon baliqlar rivojlanayotgan suvning harorati 7-260 S, oq baqa va belugada 7-17O S, cho’rtan baliqda 6-21O S, ba’zi amfibiyalarda 8,6-36°S bo’lishi kerak.
Sudralib yuruvchilar tuxumining rivojlanishi uchun 22-35°S harorat bo’lishi kerak. Ignatanlilar tuximini normal rivojlanishi uchim 30°S harorat zarur. Agar harorat 6-10° S gacha pasayib ketsa, embrion halok bo’ladi. Toshbaqa tuxumining taraqqiyoti uchun harorat kechasi 18-200S, kitnduzi 27-30°S bo’lishi kerak. Timsohlar tuxumnining rivojlanishi uchun 32°S eng qulay bo’lib, 26°S dan past va 38°S dan yuqori haroratda tuxumlar halokatga uchraydi.
Qushlar embrioni haroratning keskin o’zgaruvchanligiga chidamaydi. lekin ba’zi qushlar taraqqiyoti past va yuqori harakatda ham o’taveradi. Jumladan, go’ng qarg’a 24-34° S, ikki 37,5-38,5° S da rivojlanadi. Imperator pingvini 60-70OS sovuqda tuxum qo’yib jo’ja ochadi.
Qushlar rivojlanishning boshlanishida diapauza sodir bo’ladi, ya’ni blastodermik pufakcha davrida rivojlanish sekinlashadi. Bu jarayon muhim ahamiyatga ega bo’lib, qushlar hamma tuxumini qo’yib bo’lgandari keyin uning ustiga o’tiradi, ya’ni bosadi. Yangi qo’yilgan tuxum unig’langan bo’lsa, u blastodermik pufakcha davrigacha rivojlangan bo’ladi. Rivojlanish davom etishi uchun tashqariga qo’yilgan tuxumga ooa gavdasinnig issiqligi zarur.

Shuning uchun tashqariga qo’yilgan tuxumning ustiga qush o’tirmaguncha rivojlanish nihoyatda sekinlashgan bo’ladi. Bu jarayon diapauza deyiladi.





Download 2,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish