Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Oositda ribosoma to’planishining intensivlashuvi



Download 2,45 Mb.
bet42/138
Sana02.02.2023
Hajmi2,45 Mb.
#906724
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Oositda ribosoma to’planishining intensivlashuvi. Ba’zi hayvonlar oositida qisqa vaqtda ribosoma geni (r-gen) ortishi hisobidan ribosomalar soni ortadi. Bu hodisa amplifikasiya yoki genlar ekstrakopirovkasi deyiladi. Dumsiz amfibiyalar va hasharotlarda r-gen soni ortadi. Meyoz davrida 1000-1500 ta qo’shimcha yadrochalar hosil bo’lib, ular yangi ribosomalarni sintezlaydi. Oogenez oxirida bu jarayon to’xtaydi. Yadrochalar hosil bo’lishining faolligi katta o’sishning boshida kuzatiladi. Baqalarda r-genlar soni 25 000 dan ortiq bo’ladi. Shunday qilib, o’sishi davrida har xil RNKsintezlanadi va to’planadi. Bular jinsiy hujayraning keyingi taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega.
Vitellogenez. Sariqlik moddasinmg bir qismi oositda sintezlangan moddalardan hosil bo’ladi. Bunday sariqlik moddasini "autosintetik" yoki endogen sariqlik deb ataladi. Sariqlik moddasining boshqa qismi oositga tashqaridan (geterosintetik yoki ekzogen sariqlik) kiradi. Endogen sariqlik Golji apparatida, endoplazmatik to’rda smtezlangan oqsildan hosil bo’ladi. Ba’zi tuban hayvonlarda sariqlik moddasi endogen yo’l bilan hosil bo’ladi. Mitoxondriya ham sariqlik moddasi hosil bo’lishida ishtirok etishi aniqlangan. Ma’lumotlarga qaraganda, baqalarda mitoxondriya sariqlik moddasi hosil bo’lishida ishtirok etadi.
Ko’pchilik oositlar sariqlik moddasi hosil qilish inikoniyatiga ega emas. Bundan tashqari, r-genlar amplifikasiyasi ham yetarli darajada sodir bo’lmaydi. Shuning uchun evolyusiya jarayonda sariqlik moddasining oositga tashqaridan kelishining har xil mexanizmlari va yo’llari paydo bo’lgan. Oositga oziq moddalar kirishining fagositar, nutrimentar (gonadada joylashgan trofosit hujayralar yordamida) va ekstragonada (oositga boshqa organlardan oziq moddaning follikula hujayralari orqali kirishi) yo’llari mavjud. Agar gonada bo’lmasa, (bulutlar, kovakichlilar, kipriklichuvalchanglar) oosit organizmning turli qismida (diffuz oogenez) rivojlanadi va faol harakatlanib, boshqa hujayralardan fagositoz yo’li bilan oziq sifatida foydalanadi. Bulutlarda shunday holat kuzatilgan. Kovakichlilarda i-hujayralardan hosil bo’lgan oogoniylar guruh-guruh bo’lib joylashadi va ulardan bittasi oositga aylanadi va boshqalarni qamrab olib, hazm qiladi. Keyin bir necha oosit qo’shilib ketadi, bitta yadro qoladi, boshqa yadrolar degenerasiyaga uchraydi. Bunday oziqlanish nutrimentar oziqlanish bo’lib, bu usul har xil chuvalchanglar, bo’g’imoyoqlilarda uchraydi.

Download 2,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish