Embrion va muhitning biotiк omillari
Har qanday organizmning rivojlanishi biotic omillar ta’sirida bo’ladi. Ko’pchilik organizmlar rivojlanishi sterellanmagan (tuproq, suv, quruqlik) sharoitda, ya’ni hayvonlar o’simliklar va mikroorganizmlar ta’sirida o’tadi. Ular embrionga bevosita ta’sir etadi va embrion yashayotgan muhitning haroratini, tuz va gazlar tarkibini o’zgartirishi mumkin. Embrion uchun tabiiy muhit hosil bo’ladi va ko’plab organic moddalar shu muhitda yashayotgan organizmlarmahsulati hisoblanadi va embrion rivijlanishiga ma’lum darajada ta’sir etadi.
Ko’pchilik mollyuskalar, chuivalchanglar, baliqlar, amibiyalar va bioshqa hayvonlar tuxumini suvga qo’yadi. Bunday suvda ko’plab bakteriyalar, zambrug’lar yashaydi. Ba’zi hasharotlar infeksion muhitda, hatto o’lgan o’simlik va hayvonlarning gavdasiga rivojlanadi. Hayvonlar embrioni va o’simliklar o’rtasidagi munosabat quyidagicha bo’ladi. Bu yo’nalish fitonsitlar aniqlanishi bilan yo’lga qo’yildi (B.P.Tokin 1928-1930). O’simliklar ishlab chiqargan fitonsidlar (atmosferaga, tuproqqa, suvga) mikro- va makroorganizmlarni o’ldirishi yoki ko’payishni sekinlashtrishi mumkin. Fitonsitlar grekcha fito- o’simlik, sid- o’ldiraman degan ma’noni anglatadi.
Fitonsidlar o’simliklar imunitetining asosiy omili hisoblanadi. Fitonsidlar uchuvchi organic modda bo’lib, tuxum po’stidan kira oladi. Jumladan , piyozning fitonfidlari uzoq masofadan mollyuskalar embrionini o’ldira oladi. Physa fontinalis degan mollyuska embrionining rivojlanishini suv yoki suv bo’yida o’sadigan o’simliklar fitonsidi sekinlashtiradi yoki o’ldiradi. Rana temporaria degan baqa tuxumlarining bor qismini petri kosachada akvorium suviga, ikkinchi qismioni shunday suvga ossilyariya suv o’ti solib qo’yiladi . 5 kundan keyin akvarium suvidagi tuxumdan lchinka chiqa boshlaydi, suv o’ti solingan suvdagi embrion hali gastrulyasiya va neyrulla bosqichida bo’ladi, o’ninchi kunga kelib ular o’ladi. Ba’zi o’simliklar fitonsidi mollyuskalar rivojlanishini tezlashtiradi.F.A.Gurevich (1949) fikricha, ba’zi mollyuskalar ayrim o’simlik bargi yoki poyasida tuixum qo’yadi. Ba’zi mollyuskalar o’simliklarda ayrim holatlarda kam miqdorda tuxum qo’yadi. Ba’zi hasharotlarning hayoti bevosita o’simliklar bilan bog’liq. O’simliklarning har xil organlarida turli xil tirik organizmlar bo’rtmalar hosil qiladi. Dub o’simligining bargidan ajraladigan fitonsid ko’plab hayvonlar hujayrasining protoplazmasini zararlaydi. Kanalar va ba’zi pashshalar embrioni ayrim yuksak o’simliklar fitonsidiga sezgir bo’lib,tuban o’simlklar, bakteriyalar va zambrug’lar antibiotiklarga chuidamli bo’ladi. Evolyusiya jarayonida bu hayvonlar embrioni va tuban o’simliklarning toksin moddalari aloqada bo’lib, ularda moslanish paydo bo’lgan.
XX asrning 60-70- yillarda olib borilgan tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, ba’zi hayvonlarning embrionnal rivojlanishi mikroorganizmlar bilan simbioz holda o’tadi.K.D.Spindler va V.A.Myuller (1972) aniqlashicha, Hidractinia echinata ning planula lichinkasining metamorfozi uchun bakteriyalar ishtiroki shart ekan. Tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, ba’zi kovakichlilar, paypaslagichlilar, ninatanlilar lichinjkasining metamorfozi, substratgayopishihsi mikroorganizmlar ishtirokida sodir bo’ladi. Ssifistomalar jinsiz ko’payishida simbiotik mikroorganizmlar katta ahamiyatga ega. Cassiopea andromeda meduzasi simbiotik mikroorganizmlardan ajralsa, strobilyasiya jarayoni to’xtaydi. Agar medusa yana mikroorganizm bilan simbioz holda yashay boshlasa, strobilyasiya jarayoni qaytadan tiklanadi. Kurtaklanish yo’li bilan ko’payishda simbiont ishtiroki shart emas. Shunday qilib, kelajakda hayvonlar embrional rvojlanishi va mikroorganizmlar o’rtasidagi munosabat yanada kengroq o’rganilishi va bu munosabatni ifodalaydigan nazariyalar yaratilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |