2. Uzluksiz uzatishning xal qiluvchi teskari aloqa (XQTA) va blokirovkaga ega tizimning blok sxemasini tuzamiz.
Teskari aloqali tizimlarda joʻnatiluvchi axborotlarga diskret kanalning xolatini hisobga olgan holda qoʻshimcha axborot qoʻshiladi. Kanal xolati yomonlashgan sari kiritiladigan ortiqcha axborot ortib boradi va aksincha, kanal yaxshilansa u kamaytiriladi.
Teskari aloqaning vazifasiga koʻra tizimlar uchta turga farqlanadi: xal qiluvchi teskari aloqali, axborotli teskari aloqali va aralash teskari aloqali
Hal qiluvchi teskari aloqali tizimlarda (1-rasm) qabul qiluvchi kodli kombinatsiyani qabul qiladi va xatolik bor yoʻqligini taxlil qiladi va axborotni foydalanuvchiga berish xaqida yoki uni oʻchirib tashlash toʻgʻrisida yakuniy yechim qabul qiladi. Bu kodli kombinatsiyani qayta yuborish toʻgʻrisida teskari kanal orqali xabar (qayta soʻrov) joʻnatiladi. Shu sababli xal qiluvchi teskari aloqali tizimlar koʻpincha qayta soʻrovchi tizimlar yoki xato axborotlarni avtomatik soʻrash tizimlari deb nomlanadi.
1-rasm. Hal qiluvchi teskari aloqali ma’lumot uzatish tizimining tuzilish sxemasi
Birinchi turdagi tizimlar xotirasiz tizimlar deb nom oldi, ikkinchi turdagilari esa xotirali tizimlar.
Teskari aloqa tizimlari tizimning turli qismlarini qamrab olishi mumkin (2-rasm):
Aloqa kanali, bunda teskari aloqa kanal orqali qabul qilingan signal haqida ma’lumot yuboriladi, biror hulosa qabul qilinguncha.
Diskret kanal, bu teskari aloqa kanali orqali kodli kombinatsiyalar taxlili asosida birinchi xal qiluvchi sxema qabul qilgan xulosa, yechim joʻnatiladi;
Ma’lumot uzatish kanali, kodli kombinatsiyalar taxlili asosida ikkinchi xal qiluvchi sxema qabul qilgan xulosa, yechim joʻnatiladi.
2 -rasm. Ma’lumot uzatish tizimlarida teskari aloqa
Birinchi xolatda aloqa kanalini nazorat qilish uchun sifat detektori turidagi qurilma qoʻllaniladi, u qabul qilinuvchi signal parametrlarini (amplituda, chastota, vaqt) va xalaqit darajasini taxlil qiladi. Bunda joʻnatiluvchi signal parametrlarini oʻzgartirish uchun biror bir buyruqlar qoʻllanilishi mumkin: masalan, quvvatni, tempni, spektral tarkibni, ortiqcha kodni oʻzgartiruvchi buyruqlar. Joʻnatuvchi tomonda signal manbalariga taʻsir koʻrsatuvchi aloxida qismlar mavjud boʻlishi kerak: quvvat regulyatorlari, korrektorlar, kod oʻzgartirgichlari, teskar aloqa kanali orqali tushuvchi boshqaruvchi signallar.
Ikkinchi xolatda analizator sifatida odatda amlituda boshqaruvchi yoki demodulyatsiyadan keyin signal buzilishini toʻgʻrilovchi sifat detektorlari qoʻllaniladi.
Uchinchi xolatda analizatorning oʻzi kanal detektori boʻlib xizmat qiladi, u qabul qilingan kodli kombinatsiyalarda xatolik mavjudligi yoki yoʻqligi haqida xulosa qabul qiladi. Yuqorilardan kelib chiqadiki, teskari aloqali tizimlar moslashuvchan tizimlar hisoblanadi, yaʻni aloqa davrida yuzaga kelgan biror bir xolat boʻyicha avtomatik ravishda xulosa qabul qilinadi.
Teskari aloqali tizimlarda xatolik mavjud mavjud boʻlganda, masalan xal qiluvchi teskari aloqali tizimlarda aniqlilikning spesifik yoʻqolishi yuzaga keladi, yaʻni ortiqcha kodli kombinatsiyalar qoʻshish yoki olib tashlash natijasida. Qabul qiluvchi qabul qilingan kodli kombinatsiyaning toʻgʻriligi yoki xatoligi toʻgʻrisida xulosa signalini joʻnatadi, bu teskari aloqa kanalida qayta soʻrov signali koʻrinishida tasvirlanadi.
Bu xolatda joʻnatuvchi tomon oldingi kodli kombinatsiyani kayta yuboradi, qabul qiluvchi esa uni keyingi kombinatsiya deb tushunadi. Qabul qiluvchiga bitta kodli kombinatsiyani ikki marta beriladi. Axborotli teskari aloqa tizimlarda ham teskari aloqa kanalida xatolikni hisoblash aniqligi yoʻqolishi mumkin. Bu tizimlarda ham yuqorida aytib oʻtilganidek oʻhshash xolat yuzaga keladi.
Teskari aloqa kanallari odatda vaqt yoki chatota boʻyicha ajratilgan foydali axborot yuboruvchi teskari yoʻnalashdagi aloqa kanallaridan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |