! Noaniq artikllar a va an rather ravishidan oldin ham keyin ham ishlatilishi mumkin.
Rather a cold day-Biroz sovuq kun . a rather cold day-Biroz sovuq kun
10. His –hayajon gaplarda what? so’roq olmoshidan keyin sanaladigan otlar birlikda kelsa, ular oldidan noaniq artikllar ishlatiladi.
What a good book!-Qanday yaxshi kitob! What a large room!-Qanday katta xona!
What? So’roq olmoshidan keyin sanaladigan otlar ko’plikda kelsa yoki sanalmaydigan otlar kelsa ular oldidan hech qanday artikl ishlatilmaydi.
What good books !-Qanday yaxshi kitoblar! What large rooms!-Qanday katta xonalar!
What cold weather!-Qanday sovuq havo! What nonsense!-Qanday bema’nigarchilik!
11. Noaniq artikl a va an – har qanday degan ma’noda ishlatilishi ham mumkin. Bu holatda noaniq artikllar “every” va”any” olmoshlariga sinonim bo’ladi.
A child can understand this. - Buni har qanday bola ham tushuna oladi.
A room has 4 corners. - Har qanday xonaning 4 ta burchagi bo’ladi.
A drowning man catches a hay. – Cho’kayotgan odam har bir hasga tirmashadi.
12. Kasalliklar xalq tilida aytilganda ular nomi oldidan noaniq artikllar a va an ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |