3. Jurnalistika haqida nimani bilasiz?
Jurnalistika - ijtimoiy faoliyat turi. Bu faoliyat egalari (jurnalistlar) ijtimoiy dolzarb
axborotlarni toʻplash, tahlil qilish va ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio,
televideniye, axborot agentliklari va b.) orqali tarqatish bilan
shugʻullanadi.Jurnalistika ommaviy targʻibot va tashviqot shakllaridan biri.
Jurnalistikaning xususiyati, maqsadi jamiyatning ijtimoiy tabiatiga bogʻliq.
Jurnalistika atamasi dastlab jurnallar majmuiga, keyinchalik barcha davriy
nashrlarga nisbatan qoʻllanilgan. Endilikda jurnalistika iborasi jurnalistika faoliyati
mahsulini, shu bilan bogʻliq kasblar majmuini, shuningdek, shu sohaga oid
taʼlimni va fan tarmogʻini ham anglatadi.Jurnalistika faoliyati tarkibiga matbuot,
radio, televideniye, axborot agentliklari, hujjatli kino va b. kiradi.Jurnalistika
tizimidagi axborot vositalari ommaning kundalik dolzarb ijtimoiy va maxsus
axborotga boʻlgan ehtiyojini krshshrishda asosan publitsistikata tayanadi,
shuningdek, muhim ijtimoiy masalalarni talqin qiluvchi ilmiy, badiiy va b.
asarlardan ham foydalanadi.Jurnalistika tizimidagi axborot vositalari oʻz
faoliyatida maʼlum davriylikka va tezkorlikka amal qiladi.Axborotni toʻplash,
taxlil qilish va tarqatishga yoʻnaltirilgan ijtimoiy faoliyatning dastlabki kurtaklari
qadim-qadimda paydo boʻlgan. Odamlarni ijtimoiy turmushda sodir boʻlayotgan
voqealardan xabardor qilish, ularga axborot vositasida maʼlum gʻoyaviy-ruhiy
taʼsir oʻtkazish turli shakl va usullarda namoyon boʻlgan. Ogʻzaki axborot notiqlar,
jarchilar tomonidan yetkazilgan. Yozma maʼlumotlar esa, maye, Qadimgi Misrda
papiruslarga bitilib, tarqatilgan. Qadgi Rimda eʼlonlardan, qoʻlyozmalardan
foydalanilgan.Hozizrgi davr jurnalistikasi dastlab XVIIasr boshidagi ilk davriy
bosma nashrlar qiyofasida yuzaga kelgan. XIX asrning 2-yarmi va XX asrda
fotografiya hamda kinematografiyannng kashf qilinishi tufayli foto va
kinojurnalistika tashkil topdi. XX asrning 20-y.laridan eʼtiboran radiotexnika
yutuklari asosida radiojurnalistika taraqqiy qila boshladi, 40-y.larda esa
telejurnalistika maydonga keldi.Ommaviy axborot paydo bulishi va rivojlanishi
bilan umumiy saviyasi va kasbiy mahorati yuksak jurnalistlarga ehtiyoj kuchaya
bordi. Ana shu ehtiyoj taqozosi turli mamlakatlarda maxsus J. taʼlimini yuzaga
keltirdi.Jurnalistikaning siyosiy yoʻnalishi jihatidan birbiridan farq qiluvchi bir
nechta turi tarkib topdi, faoliyatning ijtimoiy hayotdagi oʻrni va vazifasiga doyr
turlicha qarashlar yuzaga keldi. Chunonchi, kommunistik Jurnalistika faoliyatiga
Do'stlaringiz bilan baham: |