Hisoblashga misol. IP-telefoniya (VoIP) trafigi, bir necha trafik turlaridan tashkil topgan:
-IP-telefoniya protokolining RTP nutqli trafigi;
-H.248, MGCP, SIP, H.323, ISUP, TCAP protokollarini quvvatlovchi signal trafigi;
-CDR billing-trafigi;
-NMS (Network Management System) trafigi.
IP-telefoniyaning bitta abonenti uchun, nutqli trafik polosasini aniqlaymiz. IP-telefoniyada nutqni paketlarga o‘zgartirish uchun har xil ko‘rinishdagi kodeklar ishlatiladi. UfTTda ITU tomonidan standartlashtirilgan kodeklarning bitta turi G.711 ishlatiladi. G.711 kodekchiqishidagi maksimal tezlik 64 Kbit/s ga teng. Solishtirish uchun G.729, G.723 kodeklarni tanlaymiz. G.729 kodek chiqishida maksimal tezlik 8 Kbit/s ga teng. G.723 kodek chiqishida maksimal tezlik 6.3 Kbit/s ga teng.
Bitta abonentga talab qilinayotgan polosa (Kbit/s da) quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
RTP –protokoli sarlavxasi 58 baytni tashkil etadi.U quyidagilardan tashkil topgan: MAC sarlavxasi –18 bayt, IP protokoli sarlavxasi –20 bayt, UDP sarlavxasi -8 bayt, RTP sarlavxasi -12 bayt.
RTP protokoli (RTCP protokoli) uchun boshqarish axboroti RTP oqimi o‘lchamidan 5% ni tashkil etadi.
G.711, G.729, G.723. kodeklari uchun kadr davomiyligigabog‘liq holda bitta IP paketdagi nutqli axborot o‘lchamlarini aniqlaymiz vabitta abonent uchun nutqli trafik polosasinihisoblaymiz. Bitta abonentga talab qilinayotgan polosa (Kbit/s da) (7.1)formula bo‘yicha hisoblanadi.
Yuqorida keltirilgan hisoblash ma’lumotlari 5.2 – jadvalda keltirilgan. Talab qilinayotgan kanal kengligining kodek turiga bog‘liqligi
5.2 – jadval Kodek Kadr 1 abonentga talab Talab qilinayotgan MOS bahosi turi davomiyligi qilinayotgan kanal kengligi
(ms) polosa (Kbit/s) (Kbit/s) G.711
G.729
G.723
DSL liniyasi bo‘yicha ovozli aloqani tashkil qilishda kodeklar vazifasini tashkil etish
Bu topshiriqda - IAD132 ga ulangan abonentlar uchun kanalning talab qilinayotgan kengligini minimizatsiyalash maqsadi qo‘yilgan. 5.2 – jadvaldan ko‘rinib turibdiki, eng qoniqtiradigani, IAD ga ulangan barcha 32 TA uchun G.723 kodekni ishlatgan variant hisoblanadi. Ammo topshiriqqa asosan, korxonada 1 faksimil aloqa apparati va korxona boshlig‘iga qarashli 1 TA bor, u uchun nutqni uzatishda yuqoriroq sifat talab qilinadi. Nutqni paketli uzatish tarmog‘ida faks, T.120 standartga rioya qilish uchun faqat G.711 kodekini ishlatishi mumkin. Nutqni uzatish sifatini oshirish uchun, IAD da korxona boshlig‘ining TA ulangan port ham G.711 kodekka sozlanadi.
Bu shartlarni hisobga olib, kodeklar vazifasining 4 varianti taklif etiladi. 1- variant.Sifat bo‘yicha eng yaxshi:
TA1 (boshliqning TA) kodek G.711; TA2-TA31 kodek G.711; TA32 Faks kodek G.711. Hamma kodeklar 30 ms kadr davomiyligiga sozlangan:
Talab qilinayotgan kanal kengligi 32 *83 = 2656 Kbit/s.
Do'stlaringiz bilan baham: |