Impulslar texnikasi
Impulslar texnikasi
- elektr impulslarni hosil qilish (generatsiyalash), kuchaytirish, oʻzgartirish
va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan texnika sohasi. Bunday impulslar
relaksatsiyalovchi generatorlar (multivibratorlar, blokinggeneratorlar va b.) yoki boshqa
generatorlar yordamida hosil qilinadi. Impuls rejimda ishlaydigan (elektr signallar uzlukli
beriladigan) im-pulsli lampa va yarimoʻpgkazgichli asboblar elektr impulslar manbai va
kuchaytirgichlari boʻlib xizmat qiladi. Elektr impulslarning turli elektr zanjirlar, qurilmalar va
obʼyektlarga taʼsiridan vujudga keladigan jarayonlar ham I. t.da tadqiq qilinadi.
I. t.da elektr impulslarining turli shakllaridan foydalaniladi. Elektr impulsi — tok yoki
kuchlanish impulsi qisqa vaqt (x) ichida taʼsir etadi va aniq T vaqt (takrorlanish davri)
oraligʻida takrorlanadi.
I. t.da qoʻllaniladigan impulslarning davomiyligi x = 0,1 s dan 1 nano s gacha (1ns = 10~9 s),
takrorlanish davri esa T= 10 — 106 x. Impulslar quvvati oʻnlab mln. vatt gacha boradi.
Impulslar ikkiga boʻlinadi: videoimpulslar va radioimpulslar. Video-impulslar — kuchlanish va
tokning qisqa vaqt ichida noldan maksimumga va maksimumdan nolga tushishi.
Radioimpulslar qisqa vaqt ichidagi yuqori chastotali garmonik tebranishlar ketma-ketligidan
iborat. Impulslar amplitudasini yoki qutbliligini oʻzgartirishda impulsli transformatordan iborat
boʻlgan transformator zanjiri qoʻllaniladi. Impulsning davomiyligini kamaytirishda induktivlik
gʻaltagi, elektr kondensatorlar va rezistorlardan iborat differensiyalovchi zanjirlardan;
oshirishda esa tarkibida kondensator va rezistorli integratsiyalovchi zanjirlardan
foydalaniladi.
Impulsli rejim televideniyeda keng qoʻllaniladi: tasvir va sinxronlash signallari impulsli
signallar hisoblanadi. Radioimpulslar yordamida masofani oʻlchash usullari ishlab chiqilgan;
natijada radiolokatsiya va radionavigatsiya ancha taraqqiy etdi. Uzokdan turib
radioboshqarishda impulsli rejimdan foydalanish ancha samarali hisoblanadi. Yer sunʼiy
yuldoshlarinm, kosmik kemalar va b.ni Yerdan turib boshqarish mumkin. Axborot-oʻlchash
texnikasida ham impulsli usullarning ahamiyati katta. Zamonaviy elektron hisoblash
mashinalarining ishi I. t. usullari va vositalariga asoslanadi. I. t. usullari, ayniqsa radioulchash
kurilmalarida juda qoʻl keladi.
Elektrotexnikaning yuqori (102 V dan 107 V gacha) kuchlanish va kuchli (102o dan 107 a
gacha) tok impulslarini hosil qilish, oʻlchash va ulardan foydalanish bilan shugʻullanadigan
sohasi yuqori kuchlanishli I.t.deb ataladi. Bunday impulslar davomiyligi 10~ dan 1SN0 s
gacha. Ulardan elektrotexnika apparatlarini sinashda, yashin qaytarish qurilmalarini
modellashda, eksperimental fizikada foydalaniladi. Kuchli tok impulslari termoyadro
kurilmalarida, zaryadli zarralar tezlatkichlarida, aerodinamik va termoyadro tadqiqotlarida,
elektrotexnika kurilmalari va kommutatsiya apparatlarini sinash va b. sohalarda koʻllaniladi.
Bunday impulslar elektr generatorlar, akkumulyatorlar, kondensator batareyalari va b.
yordamida hosil kilinadi.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
No iwiki
template.gif
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Impulsla
r_texnikasi&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
Manbalar
Soʻnggi tahrir 8 oy avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
title=Impulslar_texnikasi&oldid=
2304027
" dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |