Marokash Arab dunyosida alohida o‘rin tutar edi. Jazoir turklarining Marokash ishlariga aralashishga bir qancha urinishlari natijasiz bo‘lib chiqdi. Ammo bu narsa, Islom dini asoschisi Muhammad (s.a.v) payg‘ambarga qarindoshlikka da’vogarlik qilgan Saudiya (1554-yildan hukmron) va Alaviya (1679-yildan) sulolalari shariflari bu mamlakatda hukmronlik qilgani tufayli Yevropada ba’zida «Shariflar imperiyasi» deb ham atalgan Marokashda hokimiyat alohida mustahkamlik va pishiqlik kasb etganidan dalolat beravermaydi.
Marokash sulton Sayyid Muhammad Ismoil Ibrohim yoki Mulay Ismoil hukmronligi davrida (1672-1727-yillar) o‘z qudratining yuksak nuqtasiga erishdi. Mulay Ismoil deyarli afsonaviy shaxsiyat bo‘lgan. 26 yoshida taxtga o‘tirgan Sayyid Muhammad Ismoil 81 yoshiga qadar 56-yil hukmronlik qilgan, salmoqli jismoniy kuchi, otashin temperamenti va bitmas-tuganmas quvvati bilan alohida ajralib turar, 60 yoshida ham tulporga bir irg‘ishda minar va 700 nafar o‘g‘il va «son-sanoqsiz» qizlaridan iborat bo‘lgan o‘z avlodlaridan faxrlanar, shuningdek, novcha va barvasta hukmdor edi. Shubha yo‘qki, garchi ehtiyotkorroq mualliflar haramdagi ayollar adadi 500 ga yaqin deb hisoblashsa-da, sulton haramida yashovchi ayollar 8 mingdan ko‘p edi deb ta’kidlagan yevropalik mualliflar hikoyalaridagi kabi mubolag‘aga ham yo‘l qo‘yilgan rost. Shak-shubhasiz, o‘z poytaxti Muqannas shahrini barpo etayotganda Mulay Ismoil hech nimani va hech kimni ayab o‘tirmagani, sifatsiz g‘isht bilan qurilish boshlig‘i kallasiga urib yorgani yoki ishda dangasalik qilgan ishchilarni o‘z qo‘llari bilan o‘ldirgani haqidagi ma’lumotlar esa ishonarlidir. Shuningdek hashamat va qavmparastlikka nafrati, shuningdek, isrofgarchilikni yomon ko‘rgani ham ma’lumdirki, bu narsa uning barcha xarajatlar ustidan shaxsan nazorat qilib turgani, omborlardan har qanday qurol-aslaha va hatto boshqa mayda-chuydalar tarqatilishi va berilishida ham ko‘z-quloq bo‘lib bo‘lgani ma’lum. Bundan tashqari, sulton Mulay Ibrohim o‘z tulporlari tuyoqlarini o‘zi taqalagan, kerak bo‘lib qolganda esa, qo‘liga cho‘qmor olib mehnat qilishdan tortinmagan, masalan, garchi shaharni barpo etishda qariyb 50-60 ming kishi, jumlalan, 2 ming nafar asir xristianlar ishtirok etgan bo‘lsa-da, Muqannas shahri bunyod etilishida shaxsan qatnashgan edi.
Mulay Ismoil Tanjarni bosib olgan, bundan oldin esa Al-Oroyish va al-Ma’mura shaharlarini ishg‘ol qilgan inglizlarni mamlakatdan haydab chiqardi. U o‘z yakkaboshchiligi shafe’ligi va homiyligi ostida mamlakatni birlashtirgan holda feodal separatizm va qabilalar anarxiyasini bostirib tashladi. Biroq uning o‘limidan so‘ng bularning hammasi bir zumda yo‘qoldi, negaki ularning zamirida real iqtisodiy va ijtimoiy zaminga ega emasdi. IX asrdan boshlangan tinimsiz urushlar, tabiiy ofatlar, ochlik va kasalliklar mamlakatni holdan toydirib sillasini quritgan edi. XVI asr boshlarida qariyb 5 million kishi bo‘lgan Marokash aholisi XIX asr boshlariga kelib 3 million kishigacha kamayib ketdi. Yem-xashak yo‘g‘ligidan chorva tuyoqlari nobud bo‘lib ketardi, bu esa ko‘chmanchilarni yashab turish manbalari va vositalaridan mahrum etardi, boz ustiga, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari ham qisqarib ketgan edi (birgina 1727-1822-yillarda eroziya 4 million gektar yer tuprog‘ini nobud qilgan, uning unumdor qatlamini yomg‘irlar yuvib dengizga oqizib ketgan edi). Savdo va hunarmandlik cho‘kdi, hali qadim zamonlarda mamlakat shuhratiga shuhrat qo‘shgan oltin va kumush konlari ham tugab bitgan edi.
Tanazzulning moddiy omillari qatoriga har doim ham inqirozdan xalos bo‘lishga imkon beravermagan ijtimoiy va tarixiy an’analar ham kelib qo‘shilgan edi. Shahar hayoti azal-azaldan taraqqiy etganiga qaramasdan, shaharlarning ahamiyati pasayib ketdi. 1808-yilda shaharlarda aholining atigi 7-8 %igina yashar, binobarin, ulardan eng yirigi bo‘lmish Foss shahrida aksariyati yaqin-yillarda shakllangan 100 mingdan oshmaydigan aholi istiqomat qilar edi. Shahar hayotining eng qadimiy markazlari bo‘lmish «hazariyya»lar (azaliy madaniyat an’analariga ega vaa andalusiyalik muhojirlar ulushi salmoqli bo‘lgan aholi maskanlari) tanazzul holatida edi va ularda atigi bir necha ming aholi umrguzaronlik aylardi, xolos.
Boshqa arab mamlakatlariga qaraganda Marokash ijtimoiy-siyosiy hayotida qabilalarning mustaqil roli hali ham salmoqli edi. Sultonlar asosan XII-XIII asrlarda Tunis va Jazoirdan ko‘chib kelgan va harbiy xizmati evaziga yer olgan (sultonlar tomonidan qatag‘on etilgan barbar qabilalariniki) «jaysh» (jangchi) toifasiga mansub arab qabilalariga suyanar edi. Mamlakat esa amalda sulton tomonidan nazorat qilinuvchi (ma’lum darajada) «balad al-maxzan» (xazina yoki hukumat mamlakati)ga va hech kimga itoat qilmaydigan isyonkor «balad as-sibaa» (qoplonlar yoki arslonlar mamlakati) bo‘lingan edi. Ko‘p jihatdan esa ana shu viloyatlarning chegaralari, bir tomondan, asosan arablar joylashgan (XVIII-XIX asrlar chegarasida aholining 15%i) Atlantika sohilbo‘yi tekisliklari va markazning daryo vohalari, ikkinchi tomondan esa, o‘rta va Yuqori Atlas tog’larining, shuningdek, janubdagi cho‘llarning yakkash barbarlar yashaydigan tumanlari o‘rtasida bo‘lgan edi.
Aholining 85 %ini tashkil etuvchi barbarlar lisoniy va etnik jihatdan bir butun yagona xalq emasdi. Barbarlarning qabilalari uch guruh tilida (zanotiylar – shimolda, tamazijlar – markazda, tashalhiylar – janubda) so‘zlashar, ko‘chmanchilar va o‘troqlar, tog’liklar va dashtliklar, siyosiy jihatdan esa itoatkorlar va isyonchilarga bo‘linar edi. Barcha qabilalar bir-biri bilan ko‘proq, arablar bilan kamroq raqobat qilardi, chunki ular asosan sulton tarafida bo‘lishgan va ko‘p sonli barbarlardan qo‘rqishgan. Barbarlar ko‘proq darajada sulton bilan, bir-birlari bilan, arablar bilan ham raqobat qilar edi. Ammo, tabiiyki, arab qabilalari orasida ham sultonning sodiq tarafdorlari, shuningdek, raqiblari ham mavjud edi. Hamma narsa sultonning siyosatiga, shuningdek, XI asrdan boshlab Marokash musulmonlarining G‘ayridinlarga (Ispaniya va Portugaliya, Angliya va Genuya) qarshi kurashida bosh rolni yo‘nab kelgan murabodiylarning harbiy-diniy birodarligi pozisiyasiga bog‘liq edi.
Amalda kelib chiqishidan qat’i nazar mamlakatning barcha musulmonlari tomonidan tan olinadigan sultonlar hokimiyati eng avvalo din yo‘lidagi fanatik kurashchi sifatidagi obro‘-e’tiboriga (odatda sulton jihodning tashkilotchisi va rahnamosi bo‘lgan), shuningdek, o‘z shajarasini Muhammad payg‘ambarga borib taqashiga mustahkam tayangan edi. Shuning uchun ham Marokash sultonlarining asosiy tanyachi «jaysh» toifasiga mansub arab qabilari harbiy xizmatchilari, bundan tashqari, musulmon ruhoniylari va murabodiy bo‘lib kelgan edi. Ana shulardan birontasi bilan mojaro ro‘y berishi mamlakatni uzoq davom etadigan fuqarolar urushi girdobiga tortib ketardi, binobarin, ana shu mojarolardan biri 1822-yilda sulton Mulay Sulaymon tor-mor etilishi va taxtdan voz kechishiga olib kelgan, fransuz tarixchilari guvohlik berishicha, mamlakat tarqoqligiga chek qo‘yish va ham murabodiylarni, ham isyonkor qabilalarni jilovlashga urinib ko‘rgan «savodxon, olijanob va ashaddiy musulmon» edi.
XVIII-XIX asrlar chegarasida Marokash ijtimoiy tuzilishi va turmushida butun al-Mag‘rib jamiyatiga azal-azaldan xos bo‘lgan ko‘p jihatlar eng ko‘proq darajada saqlanib qolgan edi, bular: rasman davlatning absolyut hokimiyati mavjud bo‘lgan holda qabilalarning amalda mustaqilligi va egamenligi, qaramlik va itoatkorlikning jamoaviy shakllari solishtirma nisbati kattaligi, patriarxal-jamoat va klan-urug’ aloqalarining ijtimoiy munosabatlarning qolgan boshqa xil shakllaridan ustunlik qilishi, nafaqat ma’naviy hayotda, qolaversa, balki ijtimoiy va siyosiy sohalarda islom dini yetakchi roli, qabilalar uchun an’anaviy bo‘lgan egalitarizm, feodal irerarxizm va quldorlikning bir mahalda birga mavjud bo‘lib turishi. Quldorlik Marokashda naishki xo‘jalik va siyosiy (asirga olingan yevropaliklarni tovon to‘lab sotib olayotganda), balki, shuningdek harbiy ahamiyatga ham ega edi: hali Mavlono Ismoil Sahroyi kabirga yurishlar chog’ida asirlikka olingan qoratanli qullardan («obidlar»dan) 150 ming kishidan iborat alohida maxsus gvardiya tuzgan, garchand 1808-yilga kelib «obidlar» 18 ming kishidangina iborat bo‘lib qolgan bo‘lsa hamki, ular keyinchalik urushlarda ham xuddi saroy hayotidagi kabi salmoqli rol o‘ynagan edi.
XVIII asrdayoq arablarning usmonlilar zulm va istibdodidan xalos bo‘lishga eng keng ko‘lamli urunishi 1768-1774-yillardagi Rossiya-Usmonli imperiyalari urushiga vobasta bo‘lgan edi. Ana shu urush boshlanishi bilan Misr hokimi Alibiy al-Kabir 1769-yilda usmonlilardan mustaqillik e’lon qildi va Usmonli imperiyasiga qarshi kurash uchun Falastin shimolidagi Safad viloyati hokimi Shayx Zahir al-Umar bilan ittifoq tuzdi. o‘zi qays qabilasiga mansub bo‘lgan Zahir al-Umar Livan amirlari bilan aloqada bo‘lib kelgan va qo‘shni yerlar hisobiga har doim o‘z mulkini kengaytirib ihotalab kelardi. 1750-yilda unchalik katta bo‘lmagan Akko’ bandargohini egallab olgan Zahir al-Umar uni o‘z poytaxtiga, biryo‘la hunarmandchiliklar va dengiz orqali savdo-sotiq markaziga aylantirdi. Akko’ning qadimiy qal’asini bosib olish mushkul bo‘lgan bo‘ysunmas istehkomga aylantirib tashlagan Zahir al-Umar 60-70 ming kishilik armiya va flot tuzib, o‘z poytaxtini mudofaa qilishga katta mablag‘lar sarfladi.
1771-yilda graf A.G.Orlov (1770-yilda Chasma yaqinida usmonlilar ustidan G‘alaba qozongan) Alibiy ruslar bilan harakat birligiga erishdi va Shayx Zahir al-Umar yordamida Falastin va Suriyada usmonlilarga qarshi keng ko‘lamda hujum boshladi, Damashq va Saydoni zabt etdi, Yaffani qamal qilib turdi. Kutilmaganda mamluklarni Damashqdan olib ketib qolgan va Alibiyga qarshi kurash boshlab yuborgan Misr qo‘shinlariga qo‘mondonlik qilgan Abu Zahabning sotqinligi va xiyonat vaziyatni keskin o‘zgartirib yubordi. Boz ustiga usmonlilar tarafiga o‘tgan Livan amir Yusuf Shahob Saydo shahrini qamalga oldi2. Alibiy va Zahirning iltimosi bilan Suriya sohillariga rus eskdrpasi yetib keldi, ana shu eskadra Saydo qamalini bekor qilishga yordam berdi va 1772-yil mayida Bayrut shahrini ishg‘ol qilib zabt etdi.3 Ayni mahalda graf A.G.Orlov Alibiy katta miqdordlagi qurol-aslaha va o‘q-dori jo‘natdi. 1773-yil bahorida Alibiy al-Kabir isyonchi mamluklarga qarshi jangga kirdi, mag‘lubiyatga uchradi, qattiq yaralandi va tez orada hayotdan ko‘z yumdi.
Usmonlilar sulh nihoyasiga yetganidan so‘ng 1773-yil iyunida rus eskadrasi tag‘in Suriya dengiz sohillarida paydo bo‘lib qoldi. Amir Yusuf Shahob usmonlilar bilan ittifoqni uzib qo‘ydi va ruslar va Shayx Zahir al-Umar bilan birgalikda hujumga o‘tdi. Uch oy qamal qilinganidan keyin ruslar tag‘in Bayrutni ishg‘ol etdilar. 1773-yilda Amir Yusuf Shahob qirolicha Yekaterina II ga Rossiya tabaaligiga qabul qilish va Livan ustidan Rossiya imperiyasi protektorati o‘rnatish to‘g‘risidagi o‘tinchnoma bilan murojaat qildi. Pirovard natijada esa ana shu iltimosnoma e’tiborsiz qoldirilgan va 1774-yil iyulda usmonlilar bilan Kuchuk Qaynarja (Kichik Qaynarcha) sulhi tuzilishi oqibatida rus eskadrasi Surini tark etgan edi. Ruslar chiqib ketishidan foydalanib qolgan usmonlilar barcha kuchlarini Shayx Zahir al-Umarga qarshi kurashga tashladi, u o‘z poytaxtiga qamalga olindi va 1775-yilda halok bo‘ldi. Akka esa o‘z shafqatsizligi bois «Jazzor» (Qassob) laqabini olgan usmonli satrapi Ahmad poshsho qarorgohiga aylanib qoldi.
Shayx Zahir al-Uman harakatini bostirib tashlagani uchun Ahmad Saydoda poshsho etib tayinlangan, keyin esa Tarablus (Livan shimolida) va Damashq poshsholiklarini ham olgan edi. Amalda esa u Akko’dan turib butun Suriyani boshqara boshladi. Asli Bosniyadan bo‘lmish Ahmad poshsho usmonli amaldori bo‘lib, aholisi taqdiriga tamomila befarq bo‘lgani holda har qanday viloyatda yirtqichlik va olchoqlik qilishga shay turguvchilardan biri edi, xolos.
Livandan olinadigan o‘lponning Ahmad poshsho tomonidan keskin oshirilishi 1780-yilda dehqonlar va mahalliy a’yonlar bir qismining stixiyali qo‘zg‘alonini keltirib chiqardi. Unga amir Yusuf Shahobning qarindoshlari boshchilik qilgan, ammo amirning o‘zi tag‘in usmonlilar birga bo‘lib qolgan va qo‘zg‘alonni bostirib tashlashda ishtirok etgan edi. Ahmad al-Jazzor qoshida sidqidildan xizmat qilayotganini namoyish etmoqchi bo‘lgan Yusuf Shahobi asir tushgan insining tilini og‘zidan sug‘rib oldi, boshqasining esa ko‘zini o‘yib tashladi va o‘z qo‘li bilan tag‘in bir qarindoshi hayotiga chek qo‘ydi. Ammo Livanda kurash baribir to‘xtamadi, Falastinda badaviylar va Saydoda dehqonlar qo‘zg‘alonlari unga esh bo‘lib qo‘shildi, binobarin, Ahmad al-Jazzor ham ularni o‘zi uchun odatiy bo‘lib qolgan shafqatsizlik va ayovsizlik bilan bostirib tashladi. Ahmad al-Jazzor uchun eng jiddiy qo‘zg‘alon 1789-yildagi harakat bo‘lib, ana shu harakat asnosida qo‘zg‘alonchilar Bayrut, Saydo, Surni ishg‘ol qildilar va Akko’ga baqamti kelib qoldilar. Qo‘zg‘alon sardorlarini pul bilan sotib olishga erishgan Jazzor, tabiiyki, bostirib tashlashni ham uddaladi. Ammo 1790-yilda yangi bir qo‘zg‘alon boshlanib ketdi, ana shu qo‘zg‘alon jarayonida Ahmad al-Jazzor o‘ziga qarshi uzoq vaqtdan beri fitnachilik qilib kelayotgan amir Yusuf Shahobni o‘z qarindoshlari qo‘li bilan taxtdan ag‘darib tashlashga erishdi. Yusuf Shahobning jiyani, unga qarshi kurashgan Bashir, keyinchalik 1840-yilga qadar hukmronlik Buyuk Bashir II amir bo‘ldi (rasman 1788-yildan, amalda esa 1797-yildan boshlab). Ahmad al-Jazzorning mavqei esa Jazzorga aholisi o‘lpon to‘lashni rad etgan Damashqdagi qo‘zg‘alon oqibatida birmuncha zaiflashib qoldi. Mojarolarni bosdi-bosdi qilish uchun sulton Damashqqa yangi poshshoni tayinladi. Ammo Ahmad al-Jazzor Falastin va Livan ustidan o‘z nazoratini saqlab qolaverdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |