Jazoirda dastlab Istambuldan tayinlangan biylarbiyi – beklarbegi hukmronlik qildi (bular asosan kelib chiqishi yevropalik bo‘lgan musulmonlardir: slavyan yoki grek Xayriddin Barbarosa 1518-1548-yillarda, kalabriyalik Uloj Ali 1568-1571-yillarda, venesiyalik Hasan 1577-1580 va 1582-1588-yillarda, korsikalik Hasan Korso, venger Ja’far va boshqalar mamlakatni idora qilgan edi). Ammo 1659-yildan to 1671-yilga qadar real hokimiyatni «o‘choq» (yenicharlar korpusi) tomonidan saylab qo‘yiladigan, sulton tomonidan jo‘natiladigan poshshoga o‘z xohish-irodasini zo‘rlab tiqishtiradigan «og‘a» amalga oshirdi. Uning o‘rniga esa mamlakatda nufuzi katta bo‘lgan raislar (dengiz qaroqchiligi kemalari kapitanlari) o‘z «doyi»larini saylay boyladilar (turkchadan tarjimasi «amaki» yoki «tog‘a»). 1711-yilda doyi Bobo Ali so‘nggi poshshoni mamlakatdan chiqarib yubordi va sultonga o‘lpon to‘lamasdan qo‘ydi. Jazoirda ana shu jo‘shqin va bo‘ysunmas erkin odamlarni «Anatoliyalik ho‘kizlar» deb atashgan, ularning o‘zlari esa o‘zlarini «yo‘ldoshlar» (o‘rtoqlar) deb atardi, ham jasurligi va jangariligi bilan, ham shafqatsizligi va isyonkorligi bilan dong taratgan edi. 1671-1818-yillarda Jazoirni idora qilgan 30 nafar doilardan 14 nafari ularning salaflari o‘ldirib tashlanishi asnosida ro‘y bergan to‘ntarish jarayonida hokimiyat tepasiga kelgan edi.
Tunisda esa hokimiyat uchun kurash mamlakat 1574-yilda imperiyaga qo‘shib olingan paytdanoq boshlanib ketgan edi. Turklar, qulo‘g‘li (arab-turk nasabi aralash shaxslar) va Yaqin Sharq arablaridan bo‘lmish yenicharlar qo‘shini darhol Istanbuldan kelgan «bulukboshi» (buyuk poshsho)ni bartaraf etish va uning 400 yuzliklaridan biriga qo‘mondonlik qiluvchilardan biri bo‘lmish, tez orada doi deb ataladigan harbiy bilan almashtirishga kirishib ketdilar. Ularning hukmronligi davrida «qabtan» qaroqchilik flotiga qo‘mondonlik qilar, biy esa soliqlar yig‘ish va qabilalar ishlarini yuritardi, bu esa poshshoga unchalik ham ko‘p vakolat qoldirilmasligiga, hokimiyati xo‘jako‘rsinga bo‘lib qolishiga olib kelgandi. Ammo ko‘p o‘tmay Murod biy (islom dinini qabul qilgan korsikalik) poshsho unvonini olishga va amalda 1612-1702-yillarda mamlakatni boshqargan Murodiylar sulolasiga asos solishga erisha oldi. 1705-yilda esa birmuncha davom etgan hokimiyat anarxiyasidan keyin sipohiy otliq askarlar boshlig‘i (og‘asi) Husayn hokimiyatni egallab oldi, o‘zini biy deb e’lon qildi va bu bilan Tunisda doilar mavjud bo‘lishiga ham chek qo‘ydi. Amalda esa u Tunisda 1957-yilga qadar mavjud bo‘lgan merosiy biylar monarxiyasi sulolasiga asos solgan edi.
Usmonli imperiyasidan mustaqilligini saqlab qolishga muyassar bo‘lgan va XVI-XVII asrlarda O‘rtaer dengizida hukmronlik uchun ispan-usmonli kurashi murakkab sharoitda istiqlolni saqlab qolishga erishgan
Do'stlaringiz bilan baham: |