Unda huquqiy muammolarning yechimi dast-avval mashhur faqihlarning fikr-xulosalarini bayon qilish va unga boshqa fiqh olimlarining eʼtirozlari va qoʻshilishlarini izhor qilish yoʻli bilan berilgan. Xuddi shunday umumeʼtirof etgan obroʻli faqihlar nuqtai nazaridan kelib chiq-qan holda muayyan huquqiy muammoning eng maʼqul yechimini tanlab olish mumkin boʻlgan. Shu yoʻl bilan "Hidoya"da shariat qoidalarining aynan oʻzigina emas, balki ularning mukammal asos va dalillari ham asl ravishda berilgan. "Hidoya" bir necha asr davomida koʻp musulmon mamlakatlarida huquqshunoslik boʻyicha asosiy manba hisoblangan. "Hidoya" sudlov boʻyicha qoʻllanma sifatida Oʻzbekistonda 20-asrning 20-yillarigacha — qozilar sudi bekor qilinib, shoʻrolar sud tizimi joriy qilinguncha amalda boʻldi. U baʼzi musulmon mamlakatlari oliy oʻquv yurtlarida oʻqitiladi. "Hidoya" bir necha tilga tarjima qilingan. "Hidoya"ning 1-jildi oʻzbek tilida Toshkentda 2001-yilda chop etildi.
Burxoniddin Marg’inoniyning ilmiy merosi o`z ahamiyatinn yo`qotmagan. Jahondagi ko`p oliy o`quv yurtlarida musulmon huquqshunosligi fanlari Burxoniddin Marg’inoniyning fiqh ta`limoti asosida o`rganiladi. O`zbekiston mustaqillikka erishgandan so`ng uning ilmiy merosini har tomonlama chuqur o`rganish, asarlarini chop etish ishlariga katta eʼtibor berila boshlandi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tashabbusi bilan Burxoniddin Marg’inoniy vafotining 800 yilligi (1997), tavalludining 910 yilligi (hijriy sana bo`yicha) (2000) keng nishonlandi. Shu munosabat bilan Marg`ilon sh. markazida B. M. yodgorlik majmui bunyod etilib, shu yerda uning ramziy maqbarasi o`rnatildi.