Undov nazariyasi.
Bu nazariya
tilning paydo bo`lish masalasini boshqacha talqin etadi. Ushbu nazariya tarafdorlari
tildagi barcha so`zlar kishilarning his -tuyg`ulari, qahr-g`azablari, hayajonlari ta‟sirida
ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz baqirishlari natijasida paydo bo`lgan, deb da‟vo qiladilar.
Bunday so`zlarga
oh (ohlamoq), uff (uflamoq), voy (voyvoylamoq), dod (dodlamoq)
kabilarni misol keltiradilar va tildagi boshqa so`zlar esa ana shu kabi so`zlarning
kombinatsiyalaridan kelib chiqqan, deb hisoblaydilar. XVIII asrda yashagan fransuz
olimi Jan Jak Russo ham shu nazariya tarafdorlaridan biri bo`lgan.
Madomiki, tildagi barcha so`zlar haqiqatan ham shu nazariya tarafdorlari
aytganidek yaratilgan bo`lsa, tildagi emotsiyalardan yiroq ming – minglab
predmetlarning nomi qanday paydo bo`lgan? Tabiiyki, undov nazariyasi tarafdorlari bu
kabi savollarga javob berishga ojiz. Undov nazariyasi tilning ijtimoiy xarakterini
Do'stlaringiz bilan baham: |