Immunitet haqida tushuncha
Reja
Immunitet tushunchasi.
Immunitetning umumiy turlari
Tabiiy Immunitet va uning turlari.
Suniy Immunitet va uning turlari.
Immunitet nazariyalari.
Immunitet (lot. immunitas — biron narsadan xalos, ozod ʻlish, qutulish) — tirik mavjudotlarning oʻz butunligi va biologik noyobligini buzuvchi "yot" omillardan himoyalani-shi, qarshilik koʻrsatishi, rezistentligi. "Yot" omillarga bakteriya va ularning toksinlari, viruslar, zamburugʻlar, sodda jonivorlar, gelmintlar, koʻchirib oʻtkazilgan aʼzo va toʻqimalar, organizmning oʻzgargan oʻz xujayralari (mas, oʻsmasimon hujayralar) va b. kiradi. Bu omillar organizm uchun irsiy begona boʻlgan kimyoviy agentlar — antigenlar tutadi.
Organizmni infeksion agentlar va b. yot moddalardan himoya qilish omillari tabiati boʻyicha uchga boʻlinadi:
1.Filogenetik I. — anatomik va fiziologik belgilar bilan taʼminlanib, nasldannaslga oʻtadigan nomax-sus himoya omillari yoki organizmning nomaxsus rezistentligi. Bu omillar patogen agentlar bilan birinchi boʻlib aloqa qiladi,. shuning uchun ularning faoliyati hisobiga odam organizmining koʻpgina yuqumli kasallik qoʻzgʻatuvchilariga chidamliligi taʼminlanadi.
2. Tugʻma I. (turga xos, tabiiy) — bir biologik turning maʼlum bir patogen agentga nisbatan chidamligi bulib, nasldannaslga oʻtadi. Mac, it, qoramol, tovuklarning oʻlat kasalligi qoʻzgʻatuvchilari odamlarga yuqmaydi, oʻz navbatida odamlardagi zaxm, qizamiq, virusli gepatit, OITS qoʻzgʻatuvchilari hayvonlarda kasallik qoʻzgʻatmaydi. Turga xos I. uzoq yillar davomida evolyusiya natijasida makroorganizm bilan patogen mikroorganizmlarning oʻzaro munosabati oqibatida vujudga kelgan.
3. Orttirilgan I. —hayot davomida organizm immun sistemasining yot antigenlar bilan taʼsirlashuvi hisobiga yuzaga keladigan himoya boʻlib, nasldan naslga oʻtmaydi. Orttirilgan I. tabiiy va sunʼiy boʻladi. Tabiiy I. oʻz navbatida yana ikkiga boʻlinadi: 1) tabiiy faol I. — yuqumli kasallikdan sogʻaygandan soʻng yuzaga keladi; 2) tabiiy sust I. — onadan bolaga yoʻldosh va sut orqali oʻtadi. Sunʼiy I. ham ikki xil boʻladi: 1) sunʼiy faol I. vaksinalar bilan emlaganda hosil boʻladi; 2) sunʼiy sust I. — zardob, qon, immunoglobulin va plazmalar yuborilgandan sung yuzaga keladi. Orttirilgan I. mikrobga qarshi (antibakterial I.) va uning toksinlariga qarshi (antitoksik I.) vujudga keladi. Antibakterial I. oʻz navbatida steril va nosteril turlarga bulinadi. Steril I. da kasallikdan soʻng patogen mikrob organizmda saqlanib qolmaydi (koʻpgina yuqumli kasalliklarga xos). Nosteril I. da kasallik qoʻzgʻatuvchisi organizmda saqlanib qolishi mumkin (maye., sil, ich terlama, shol, gepatit kabi kasalliklarda), lekin odamda kasallik belgilari ku-zatilmaydi, ammo I. maʼlum bir sabablarga koʻra susaysa, kasallik qaytalanishi (retsidiv) mumkin.
Adaptiv I. bir organizm limfoid hujayralarini ikkinchi organizmga koʻchirib oʻtkazilganda, ularning faolligi hisobiga yuzaga keladi. Mas., oq qon kasalligida oʻzgargan qon hujayralari oʻldirilib, donor sogʻlom odamdan koʻmik koʻchirib oʻtkaziladi. Toʻqima va aʼzolarni donordan retsipiyentga koʻchirib oʻtkazishda rivojlanadigan qimoya transplantatsion I. deb ataladi. Bu himoya koʻchirib oʻtkazilgan toʻqima va aʼzolarning bitib ketmasligiga va ularning nekrozga uchrashiga sabab boʻladi.
Muayyan toʻqima va aʼzoda maʼlum bir omilga qarshi rivojlangan himoya mahalliy I. deb ataladi. Bu himoya sirtqi immun sistema aʼzolarining faolligi hisobiga yuzaga keladi.
Organizmda uni kasallik qoʻzgʻatuvchi har xil mikroorganizmlar va boshqa "yot" omillardan himoya qiluvchi tabiiy vositalar mavjud (organizmning nomaxsus rezistentligi): teri va shilliq qavatlarning mexanik toʻsiqlik vazifasi, limfa tugunlaridagi yalligʻlanish, organizm suyuqliklarining (soʻlak, koʻz yoshi, meʼda-ichak, nafas va siydiktanosil yoʻllarining shilliq moddalari, limfa, qon zardobi tarkibidagi lizotsim, interferon, komplement, properdin kabi omillar) bakteritsid va normal mikrofloraning antagonistik taʼsiri, fagotsitoz qiluvchi hujayralar va tabiiy kil-lerlar faolligi, organizmning fizi-ologik reaksiyalari va b. Nomaxsus chi-damlilik qudratli himoya omili boʻlib, makroorganizmning ichki muhiti barqarorligi (gomeostazi) ni doimiy ravishda taʼminlab turadi. Organizm limfoid toʻqimalarining "oʻzinikini begonadan" ajrata olish qobiliyati umurtqali organizmlarda immun omillar sistemasi sifatida shakllangan. Organizmda, irsiy jihatdan begona boʻlgan antigenlarga qarshi immun javob qonlimfoid aʼzolarda (immun sistema) maxsus antitelolar va limfotsitlar yordamida amalga oshiriladi.[1]
Nosteril turida kasallik qoʻzgʻatuvchisi organizmda saqlanib qolishi mumkin (masalan, sil, ich terlama, shol, gepatit kabi kasalliklarda), lekin odamda kasallik belgilari kuzatilmaydi, ammo immunitet maʼlum bir sabablarga koʻra susaysa, kasallik qaytalanshi (retsidiv) mumkin.
Adaptiv immunitet bir organizm limfoid hujayralarini ikkinchi organizmga koʻchirib oʻtkazilganda, ularning faolligi hisobiga yuzaga keladi. Masalan, oq qon kasalligida oʻzgargan qon hujayralari oʻldirilib, donor sogʻlom odamdan koʻmik koʻchirib oʻtkaziladi.
Toʻqima va aʼzolarni donordan retsipiyentga koʻchirib oʻtkazishda rivojlanadigan himoya transplantatsion immunitet deb ataladi. Bu himoya koʻchirib oʻtkazilgan toʻqima va aʼzolarning bitib ketmasligiga va ularning nekrozga uchrashiga sabab boʻladi.
Muayyan toʻqima va aʼzoda maʼlum bir omilga qarshi rivojlangan himoya mahalliy I. deb ataladi. Bu himoya sirtqi immun tizim aʼzolarining faolligi hisobiga yuzaga keladi.
Organizmda uni kasallik qoʻzgʻatuvchi har xil Mikroorganizmlar va boshqa “yot” omillardan himoya qiluvchi tabiiy vositalar mavjud (organizmning nomaxsus rezistentligi): teri va shilliq qavatlarning mexanik toʻsiqlik vazifasi, limfa tugunlaridagi yalligʻlanish, organizm suyuqliklarining (soʻlak, koʻz yoshi, meʼda-ichak, nafas va siydik-tanosil yoʻllarining shilliq moddalari, limfa, qon zardobi tarkibidagi lizotsim, interferon, komplement, properdin kabi omillar) bakteritsid va normal mikrofloraning antagonistik taʼsiri, fagotsitoz qiluvchi hujayralar va tabiiy killerlar faolligi, organizmning fiziologik reaksiyalari va boshqa(lar) Nomaxsus chidamlilik qudratli himoya omili boʻlib, makroorganizning ichki muhiti barqarorligi (gomeostazi) ni doimiy ravishda taʼminlab turadi.
Oxirgi yillarda immunologiya fani alohida fan sifatida juda rivojlanib bormokda. Tibbiyot oliy ukuv yurtlarida (Moskva, Minsk, Novosibirsk va x.) immunologiya kafedrasi mavjuddir. Aloxida fan sifatida o‘qitilmokda. Immunitet so‘zi lotincha bo‘lib, immunities - biror narsadan xalos bo‘lmoqlikni anglatadi.
Immunologiya fanining rivojlanishi asosan yuqumli kasalliklarni o‘rganish, ularga qarshi kurashish va diagnoz kuyish asosida rivojlanib kelgan. SHuning uchun xam insoniyat tarixida birinchi bulib chin chechak kasalligiga karishi empashni 1796 yilda Eduard Jenner taklif etdi. U birinchi bulib, sigir chechagi bilan emlanganda organizm xakikiy chik chechak kuzgatuvchisiga beriluvchan bulmasligini isbotladi. Bu kashfiyotdan sung, 100 yildan keyin buyuk fransuz olimi Lu Paster immunologiya fanini fan kurinishiga kutardi va organizmni kasalliklarga berilmaslik xususiyatini urganib, uni ilmiy talkin kilib berdi va yukumli kasalliklarga vaksina tayyorlab ularga karshi kulladi. (1822-95 y. tovuk xolerasi, kuydirgi, kutirish). Lui Paster o‘z ilmiy ishlari bilan «Immunologiya» fani ga asos soldi. Keyinchalik rus olimi I.I.Mechnikov immunitetni xujayra teoriyasini yaratdi. Bu teoriya I.I.Mechnikov tomonidan kashf qilingan fagotsitoz xujayralarni asosiy xususiyatiga asoslangan bulib, I.I.Mechnikov fikricha organizmga tushgan patogen agentlar fagotsitoz xujayralar tomonidan topilib, organizmdan eliminatsiya kilinadi deb tushuntirdi. (1890-1998). SHu yillarda nemis olimi Paul Erlix uzining immunitetni gumaral toeriyasini yaratdi. P.Erlix uz shogirtlari tomonidan difteriya anatoksini bilan kuyonlar emlanganda, ularni konida shu anatoksinni va ekzotoksinni neytralovchi antitellalar xosil bulishini aniklashdi va bu antitellalarni (AT) in vitro usulida aniklash mumkinligini isbotlashdi. Mana shu tadkikotlar asosiyda P.Erlix uzining gumaral teoriyasini yaratdi. SHu yillarda bu teoriyalar tarafdorlari urtasida ayovsiz ilmiy tortishuvlar ruy berdi. Lekin gumaral teoriya, immunitetni xujayra teoriyasiga nisbatan ancha engil kabul kilindi, chunki patogen agentlarga karshi xosil bulgan, AT in vitro anik aniklandi. Ularni tetri kursatildi va shu asosda yukumli kasalliklarga serologik diagnoz kuyishlar ishlab chikildi. Xujayra teoriyasi esa yaxshi rivojlanmadi, chunki fagotsit xujayralari, mikrorganizmlardan tappsari maxsus bulmagan zarralarni xam xazim kilishi (kumir kukuni, buyoklar va x.), immunitetni xujayra teoriyasini maxsusligiga soya soldi. Bu esa bu teoriyani rivojlanishini tuxtab kolishiga olib keldi. Lekin shunga karamasdan xar ikkala olim xam I.I.Mechnikov va Paul Erlixlar uzlarini immunitetni xujayra gumoral teoriyalari uchun Nobel mukofotlari lauriyatlari bulishdi.
Oxirgi yillarda immunitetning ta’rifi xam eski ta’rifidan fark kildi. Akademik R.V.Petrov ta’rifiga kura «Immunitet - genetik
begonalik belgisini tashib yuruvchi yod xujayra va zarralarga karshi organizmning kurashish xususiyati tushuniladi».
Organizmыing ximoyalanish faktorlari.
1. Organizmning maxsus bulmagan ximoyalanishi.
2.0rganizmnig maxsus ximoyalanishi (immunitet) Organizmning maxsus bulmagan ximoyalanishi
Organizmnig maxsus bulmagan. ximoyalanishiga tugma yoki konstitutsional faktorlar (evolyusion, eng kadimiy) juda kup kirrali, ularni ta’sir mexanizmlari turli kurinishda, lekin ularni bitta xususiyat maxsus bulmagan ta’siri mexanizmi birlashtiradi. Organizmga kirmokchi bulgan patogen agent yuliga ikkita, mexanik va ximiyaviy faktor karshilik kiladi.
Mexanik karshilikka (anatomik) teri va shilliq qavatlarni to‘siqlik (barer) xususiyati kiradi. Bu yuqumli kasalliklar yulidagi birinchi tusik xisoblanadi. Bu tusiklar sekretlari mikrorganizmlarni usishini tuxtatib kuyishi yoki uldirishi mumkin. Agar patogen mikrorganizmlar birinchi barerdan ugsalar, ikkinchi maxsus bulmagan tusikga gumaral xujayra faktorlariga duch keladi. I. Mexanik barerlarga kiradi:
Teri tashki tomondan organizmni urab turadi. Soglom teri organizmni patogenagentlardan ximoya kiladi, terini ph ni paasyishi xam patogen bakteriyalarga salbiy ta’sir etadi. Bundan tashkari ter, yog bezlarini maxsulotlari xam bakteriotsit ta’siriga ega.
SHillik kavatlar organizmning xamma organlari, ogiz bushligi, oshkozon ichak sistemasi, yukori nafas yullari, kuz jinsiy organlar shillik kavatlari kalin kup kavatli epiteliya xujayralari bilan koplangan, lekin oshkozon, xavo yullari, bachadon va uning trubalari bir kavatli epiteliya xujayrasi bilan koplangan. Epiteliya xujayralari mexanik ravishda patogen bakteriyalarni organizmdan chikarishda katnashadi (yukori nafas yullaridagi xilpillovchi epiteltiyalar). P. Gumaral va xujayra faktorlari.
Organizmning birinchi ximoya chegarasini engib utgan patogen bakteriyalar organizmning ikkinchi ximoya chizigiga duchor bulishadi. Bu faktorlarni kupchilik formasi indutsiabel bulib shillik kavatlarda aktiv bulmagan xolda uchraydi.
Bu moddalarni aktivlashuvi, mediaterlar yordamida amalga oshiriladi. Bu faktorlarning eng asosiysi komplement va polimorf yadroli lekotsitlardir. Bularni ta’sirini boshka biologik aktiv moddalar tuldiradi. Tukimalarni ximoya funksiyalarini asosini «yaliglanish» reaksiyasi tashki l etadi.
YAlliglanish reaksiyasi deb organizmning ximoya-adaptiv reaksiyalar egindisi bulib, organizm tukimalarini jaroxatlanishi okibatida kelib chikadi. Bu rekatsiya okibatida organizm tulik uzini jaroxatini tiklashi yoki defektli bulib kolishi mumkin. YAlliglanish utkir surunkali bulishi mumkin. Utkir yalliglanishda kizarish, shish, ogrik, temperaturani kutarilishi kuzatiladi.
YAlliglanish rekatsiyasida kuplab mediaterlar ishpab chikariladi.
Maxsus bulmagan ximoyalanishda xujayra faktorlari.
Organizmning maxsus bulmagan rezistentligiga-fagotsitlar kiradi. Fagotsitlar - begona patogen organizmlar uzlariga biriktirib, yutib va xazim kilish xususiyatiga ega bulgan xujayralar xisoblanadi. Fagotsit xujayralarini organizmning ximoyalanishida katnashishini birinchi bulib 1883 yilda I.I.Mechnikov kashf kilgan. Fagotsit xujayralariga lekopoetik kator xujayralari (neyperofillar, 'eozinfillar, bazofillar) va makrofagal - manotsitar xujayra sistemasi (monotsitlar, tukima makrofaglarlari) kiradi. B1finchi gurux fagotsitlar polimorf yadroli, sitoplazmasida granullasi bor, boshkacha kilib aytganda polimorf yadroli leykotsitlar yoki granullatsitlar.
Mononuklyar fagotsitlar organizmni ximoyalanishida tur li kurinishlarda katnashadi.
Organizmning patogen agentlardan (mikrob, virus, sodda jonivorlardan) ximoya kiladi.
Organizmdagi fagotsit xujayralari axlatchi (musorщik) vazifasini bajargani uchun jaroxatlangan, uldirilgan xujayralarni va ba’zi neorganik birikmalardan organizmni tozalaydi.
Fagotsit xujayralari, limfotsitlar bilan xujayralararo kooperatsiyalarda katnashib, maxsus immun javobni kelib chikishida katnashadi.
Fagotsit xujayralari boshka xujayralarni boshkarishda katnashuvchi muxim bulgan biologik aktiv mediatirlar va aktiv modsalar ishlab chikaradi. (IL-1, interferon).
Begona xujayralarni uldirish bilan usma xujayralarga karish kurashadi.
Fagotsit xujayralarga kiskacha xarakteristika.
Mononukyar fogotsitlar:
Neyperofillar - suyak kumigida xosil bulib, shakllanib kon okimiga chikadi. Bu xujayralar kon tomirlarini endotelyasi orkali kon okimida tukimalarga yalliglanishi uchogiga migratsiya bulish xususiyatiga ega. Patogen bakteriyani xemotaksis, uni yutishi, parchalashi mumkin. Bu fagotsit xujayralari tomonidan mikrobotsit xususiyatiga ega bulgan 02 ga ta’lukli va Og ta’lukli bulmagan faktorni sekretsiya kiladi. Konda 42-72% uchraydi.
Eozinofillar-xosil bulipshyi neyperofillarga uxshash. Ta’sir mexanizmi asosan 02 ga ta’lukli, ta’lukli bulmagan faktorni sekretsiya kiladi. Gelment va sodda jonivorlarga karshi kurashadi. Konda 5% uchraydi.
Monotsitlar-suyak kumigida • xosil bulib, shakllanib promonotsit kurinishida kon okimiga tushudi. Neyrofillarga uxshab ta’sir kursatadi. Konda 2-10% uchraydi.
Tukima makrofaglari-monotsitlardan shakllanib xosil buladi. Endoteliyaga adgeziya bulishi kon tomiridan chikishi kuzatiladi. Patogen bakteriyalarga xemotoksisi, yutishi, xazim kilishi, degranulatsiyaga uchratishi mumkin. Bundan tashkari O2 ta’lukli va Og ta’lukli bulmagan bakteriotsit faktor, komplementni komponentini va pla minogen aktivatorlari, mediatorlar sintez kiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |