Nomaxsus immunitet. Tabiiy (tug’ma, genetik) immunitet hayvonning ma’lum turiga bog’liq. U evolyusiya davomida paydo bo’lib, biologik belgilar singari nasldan naslga o’tadi. Bunda bir turdagi hayvonlar ikkinchi bir turdagi hayvonlarning yuqumli kasalliklariga chidamli bo’lishadi. Masalan, otlarda yirik shohli hayvonlar o’lati, cho’chqa o’latiga tabiiy, tug’ma turiga xos immuniteti bo’lganligi sababli ular bilan kasallanmaydilar. Yirik shohli hayvon esa cho’chqa o’lati, manqa, otlarning yuqumli anemiyasi va h.k.lar bilan kasallanmaydi. Demak, moyil bo’lmagan organizmda bu kasallik qo’zg’atuvchilarining yashashi, rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yo’q. Tabiiy tug’ma immunitetni konstitutsiyali immunitet ham deyiladi (U.Bayd, 1969, P.N.Burgasov, S.N. Ruyansev,1985 va boshqa).
Tabiiy tug’ma absolyut immunitet absolyut va nisbiy bo’lishi mumkin. Absolyut immunitetda ma’lum bir turdagi hayvonda hech qaysi sharoitda zararli materialning hech qanday dozalarida kasallik paydo bo’lmaydi. Otlarda yirik shohli hayvonlar o’latiga absalyut immunitet bo’lgani uchun, ular hech qanday sharoitda u bilan kasal bo’lmaydilar.
Nisbiy turga xos immunitetda tashqi muhit sharoitining o’zgarishi yoki qo’zg’atuvchi dozasining yuqori bo’lishi bilan paydo bo’lgan immunitet uzilishi mumkin.
Masalan kabutar tabiiy sharoitlarda kuydirgiga chidamlidir, lekin uni oldindan alkogol bilan zaharlansa, u kuydirgi bilan kasallanadi.
Organizmning nomaxsus rezistetlik faktorlari.
Odam va hayvon organizmi patogen mikrobning kirishiga to’sqinlik qiladigan, o’ldiradigan yoki organizmdan tezlik bilan chiqarib yuboradigan bir qancha tabiiy himoya qilish anatomik va fiziologik faktorlarga – xususiyatlarga ega. Ular teri, shilimshiq pardalar, limfa bezlari, jigar, taloq, plasenta, qon tomirlar, ichak va oshqozon shirasi (HCL), lizosim moddasi, o’t, fagositoz va gumoral faktorlar organizmni mikrobdan himoya qiluvchi to’siq sifatida xizmat qiladi.
Teri va shilimshiq pardalar-mikrobni organizmga kirishiga to’sqinlik qiluvchi tabiiy to’siqdir. Teri va shilimshiq pardalar lizosim moddasini ajratadi, natijada uning yuzasidagi mikroblar ancha kamayib ketadi. Teri toza bo’lsa uning bakterisid ta’siri yuqori bo’ladi. Ko’z shilimshiq pardasi tashqi muhit bilan aloqada bo’ladi, ko’z yoshi suyuqligidagi lizosim moddasi u orqali organizmga mikrobning kirishiga qarshilik qiladi. Ko’pincha hayvonlarning og’iz bo’shlig’ida shikastlanishlar bo’ladi.
Unda ko’pgina mikroorganizmlar mavjud bo’lsada kasallik paydo bo’lmaydi, chunki so’lak tarkibida mikrobning rivojlanishiga yo’l qo’ymay digan moddalar bor. Masalan itlar jarohatlarini yalab turishadi.
Agar mikrob organizmga shikastlangan teri orqali kirsa, uning yo’lida boshqa to’siq- limfa tugunlari bor. Ular mikrobni ushlab, yo’q qiladi. Bu kurashda limfa tuguni o’zgaradi: kattalashib og’riqli bo’ladi. Hayvonni yorib ko’rganda limfa tugunni kesilgan joyida ko’pgina qon quyilishlar bo’ladi.
Mikroblarga qarshi kurashda jigarning ahamiyati juda ham katta. Bu kurashda juda ko’p miqdorda jigar hujayralari bo’lib, ularning o’rnini biriktiruvchi to’qima qoplaydi va jigarning himoyalovchi xususiyatini pasaytiradi. Tabiiy to’siqqa bir kamerali oshqozon ham kiradi. Uninig shirasida xlorid kislotasi bo’lib, kislotali muhit hosil bo’ladi (TH-2,5) va ko’pgina mikroblarni o’ldiradi. Nomaxsus immunitetda gumoral faktorlar ning o’rni juda ham katta. Qon zardobida mikroblarni o’ldira oladigan moddalar bo’ladi. Bular ichida komplement muhim ahamiyatga ega bo’lib, uning miqdori dengiz cho’chqalari qon zardobida ko’p bo’ladi. Komplement qizdirilsa parchalanadi. zardob 560 C haroratda 20-30 minut qizdirilsa, u xususiyatini yo’qotadi. Qon zardobida oqsil ham bo’lib u nomaxsus himoyaning kuchli faktori hisoblanadi. Ular ko’pchilik mikroorganizmlarni o’ldiradilar. Eritrositlardan -eritrin, leykositlardan leykin moddalari ajratilgan. Ular organizmning tabiiy rezistentiligini oshiradi. Shunindek, sog’lom hayvonlar qoni zardobidagi antitelolar, lizosim va boshqa faktorlar ning ham ahamiyati katta. Uvuz sutida ham ko’pgina himoyalovchi moddalar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |